O‘zbek qissalari poetikasi


ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK QISSACHILIGINING USLUBIY MUAMMOLARI



Download 4,85 Mb.
bet9/54
Sana03.06.2022
Hajmi4,85 Mb.
#633643
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
Bog'liq
d6aa521ca26ac2dd372cf773ccec8658 O‘ZBEK QISSALARI POETIKASI (1)

8. ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK QISSACHILIGINING USLUBIY MUAMMOLARI

Qissa milliy kitobxonlikning, adabiy jarayonning qiyofasini ko‘rsatuvchi o‘ta muhim janr. Romanga yetmagan, hikoyaga sig’magan oraliq ijodiy quvvat qissada aks etadi. Hozirgi informasion bosim ostidagi badiiy adabiyot o‘quvchilarining aksariyati vaqt, ma’naviy tayyorgarlik kabi bir necha sabablar bilan roman o‘qishga nochor, shakllangan katta oqimdagi axborotni qabul qilish ko‘nikmasi sabab hikoyadan ko‘prog’iga ehtiyojmand. Aynan qissa chinakam kitobxonlarni saralab, tarbiyalab, romanga tayyorlab beruvchi oraliq janrdir.


2012 yilda umumiy hisobda 30 dan ortiq qissalar e’lon qilindi. Ular, asosan, “Yoshlik”, “Sharq yulduzi” jurnallari, “Extremum press”, “Yangi asr avlodi”, “Sharq” nashriyotlari nashrlaridir. Ularni kuzatish yil davomida qaysi yo‘nalishdagi qissalar yaratildi, qaysi yo‘nalishlar ochiq qoldi, qissalarning badiiylik darajasi qanday, ijodkorning quvvati qay darjada kabi ko‘pgina savollarga javob topish imkonini beradi. Turli nashrlarda maishiy, detektiv, sarguzasht, ilmiy-fantastik, yumoristik, tarixiy-biografik, ijtimoiy-psixologik, hujjatli, sentimental qissalar chop etilgan. Satirik, psixologik, ishqiy qissalar deyarli ko‘zga tashlanmaydi. Satirik, psixologik, ishqiy unsurlar qissalarda malum miqdorda mavjud, ammo muhim xususiyat, asosiy mavzu sifatida ko‘rinmaydi.
Qissa ijodkordagi romanik tafakkurning shakllanishidagi pillapoya. Qissanavislar ertangi romannavislardir. Ushbu mezonlar asosida, qissanavisning ijodiy kuchini asari orqali bizga taqdim etayotgan usulubidan aniqlashga harakat qilamiz.
“Karvon” (G’ulom Karimiy “Arslonxon minorasi” “O‘zbekiston” NMIU) tarixiy-biografik qissasida Mahmud Koshg’ariy hayoti qalamga olinadi. Qissa tarixiylik talablariga to‘la javob beradi. Makon va zamon masalasi tarixiy mantiq asosida hal etilgan. “Devonu lug’otit turk”da mavjud qo‘shiq, maqollardan qahramonlar nutqini, xarakterini yaratishda unumli foydalanilgan. Psixologik tasvirlar tarixiylikni badiiylikka olib o‘tgan. Qahramonlar nutqidagi so‘zga tejamkorlik ifoda maromini yuzaga keltirgan. “Devonu lug’otit turk”dan olingan maqollar mazmuni havola qilingan. Ammo ichso‘z, “ilon yarbuzdan qochadi” jumlasidagi yarbuz so‘zlari izohi ham berilsa ma’qul bo‘lar edi.
Mana shu muallifning “Turon qoploni” tarixiy dramatik qissasida Xorazmshoh nutqida zo‘raki iltifotlar bordek: “Dovyurak sarkardam, Inolchiq, majlis ahliga ayt: tuzimizni oqlay olasenmu? Mo‘g’ul galasini to‘xtatish qo‘lingdan keladurmu?”. Xoinlar Devonbegi, Qamchibek diologida darama ko‘tara olmaydigan bayonchilik mavjud (3-ko‘rinishda). Qahramonlar nutqida – Devonbegi va Qamchibekning maxfiy suhbatida drama rejasini (Chingizxonga xoinona maktub bitish rejasi) berib qo‘yish ijodkorni o‘quvchi, tomoshabin qiziqishlarini tutib turish imkoniyatidan mahrum qiladi.
Muallifning “Sohibqiron va alloma” tarixiy daramatik qissasi iliq ma’rifiy kayfiyat uyg’otadi. Mulohazalar, suhbatlarning qahramonlarga taqsimlanishi, uzviyligi ijodkorning chuqur, izchil bilimga tayanganini ko‘rsatadi. Ammo ba’zi o‘rinlarda kichik saktaliklar seziladi. Amir Temurning bayonchilikka og’gan monologi (237-bet) dramatik vaqtga sig’maydi. Sohibqironning musavvir Zeyliga bildirgan ishonchi sababiga ishora qilinmagan. “Musavvir Zeyli” niqobidagi yashirin xabarchi sohibqiron tomonidan unutiladi, u asarga boshqa kirib kelmaydi. Bu nuqson yaratilayotgan xushyor, oqil, donishmand sohibqiron xarakteriga mos emas.
G’ozi Rahmonning “Shukuhli karvon” (“Yoshlik” 2012/11-12) qissasi vaqt va makon nuqtai nazaridan tarixiylikka xos. Ammo hyech bir ibratga ega emasligi bilan tarixiylikka xos emas. Asar qissa talablariga ham u qadar javob bermaydi. Voqyealarni tutib turuvchi syujet butunligi, maqsad muayyanligi ko‘rinmaydi, shu sababdan asar ora yo‘lda qolib ketgandek taassurot qoldiradi. Bunday yo‘qchilik bilan qissani hikoyaga aylantirishning ham imkoni yo‘q. Sheva so‘zlarni qo‘llashda zo‘riqish bor. Misqol va Toshboy uchrashuvi tasviri itlar tasviri bilan parallel keladi. Bu parallellik, so‘kinch so‘zlarning ochiq ifodasi jirkanish hissini uyg’otadi.
Luqmon Bo‘rixonning 2012 yilda “Olis qo‘rg’on fuqarosi” (Luqmon Bo‘rixon “Tun qa’ridagi shu’la” “Sharq” NMIU), “Bir tomchi yosh” (Yoshlik 2012/3) qissalari chop etildi. “Olis qo‘rg’on fuqarosi” qissasi No‘monning ko‘ngil qo‘rg’onidagi ziddiyatlar haqida so‘zlaydi. Voqyealar xotirlash, aytib berish tarzida harakatlanadi. Bu usul No‘monning yoshlik, o‘smirlik psixologiyasini ochib berishga qaratilgan. Muallif har ikki qissasida ifoda uslubiga tushib olguncha bir necha sahifalarni boy beradi. Shundan so‘ng faqat o‘zigagina xos bo‘lgan uslub ichida erkin va go‘zal harakat qila boshlaydi. Bola yoshiga mos yaratilgan ifoda uslubidagi “Hamma ko‘rgulik kechqurun boshlandi” takrorlari tavtologiyani yuzaga keltirgan. Xatboshilarga joylangan ayrim ifodalar o‘rtasida uzilishlar bor (17-bet). Maktab yoshidagi kechagi kun bolalari ongida qotib qolgan e’tiqodsizlikning psixologik tasvirlari mahorat bilan beriladi. Asardagi bolalarning qo‘y o‘g’rilashi, vaqt yechimi (tunda sodir bo‘lish), qariyaning ehsoni Sh.Xolmirzayevning “O‘zbeklar” hikoyasini yodga soladi. Muallif bu o‘rinda boshqa detallar topgani ma’qul edi.
No‘monning otasi Qulmurod bova xarakteri haqidagi ikki xil mulohaza – behafsalalik va tinib-tinchimaslik bir o‘rinda keladi (27-bet). Qarama-qarshi ifoda o‘quvchini chalg’itadi, shu bilan birga xarakter yetilmaganini bildiradi.
Ba’zi o‘rinlarda uslubiy yanglishishlar bor. Maishiy ifoda kutilmaganda o‘ta badiiy ifodaga og’adi (“hurkaklik kasb etgan” (35-bet), “so‘ngi damlarda negadir yodga olar “Yusuf va Zulayho” dostonini” (49-bet) jumlalarida).
O‘tmish voqyealarni bir xil vaziyatda xotirlash, bayon etish zerikishni beradi. Vaziyat ko‘tarmaydigan so‘zlashuvlar uchraydi.
Mehrigul bilan bog’liq ochiq ifodalar olib tashlansa ham qissa qiymatini yo‘qotmaydi, bizningcha.
“Bir tomchi yosh” qissasida musavvirning ruhiy olami yoritiladi. O‘z o‘rnida qo‘llangan, o‘quvchining ma’lum ruhiy tayyorgarligidan so‘ng aytilgan “Yuzlaringiz juda tiniq ekan, xayolkash qizlarning yuzlari shunday nurlanadi”, “Ko‘zlaringni sevaman, Rajab”, — deya pichirladi yigit qop-qora tun qarab turgan derazaga tikilib” jumlalarida kayfiyat berish borasida muallif ancha balandllikka ko‘tarilgan. Ammo Rajabgulni favqulodda portretda berish orqali e’tiborni tortish balandlik emas, fikrimcha.
Luqmon Bo‘rixondan maromidagi asarlarnigina emas, uslublarni yangilaydigan asarlarni kutyapmiz, axir.
Musavvir mavzusi Eldor Boboyevning “Musavvir” qissasida ham qalamga olinadi (“Sharq yulduzi” 2012/3). Ifoda ravonligiga intilish kuchli. Qissadagi musavvir siri masalasi kuchli psixologik roman kengligini ham beroladi. Tabiiyki, bunday asar yengil ifodaga sig’maydi. Bu yo‘l jahon tajribasida sinalgan. Masalan, S.Moyemning “Oy va sariq chaqa” romani tarjimasi “Jahon adabiyoti” jurnalimizda nashr qilingan. Teran bilim, teran psixologik kuzatishlargina bunga imkon bergan, qissadan jo‘n, ortiqcha bayonchilikni, uslubiy yanglishishlarni siqib chiqargan bo‘lardi.
Istam Hamroyevning “Tazarru” qissasi (“Yoshlik” 2012/5) chavandoz hayotiga bag’ishlangan. Qissada jumlalarning aynan takrori (…bir necha yil huzur-halovatda, g’am-tashvish nimaligini bilmay yashadi”, “…bir necha yil qanday o‘tganini ham bilmadi” ), tasvir, bayondagi uzilishlar, sheva so‘zlar chigalligi, nutqning soxtaligi, tuban so‘zlarni osongina qo‘llash, intim munosabatlarning g’ashlik beruvchi ochiq sahnalari, grammatik nuqsonlar mavjud.
Nabi Jaloliddinning “Majnun” qissasi (“Yoshlik” 2012/4) qiziqish bilan o‘qiladi. Ammo bu qiziqish ikkinchi bor o‘qishda o‘z kuchini yo‘qotadi. Majnun holatining davomli bayonini birgina harakat, birgina so‘z bilan ifodalash imkoni matnda yaratilgan, ammo foydalanilmagan. O‘quvchi chiqarishi kerak bo‘lgan xulosani muallif aytib qo‘yadi: “Kallasi bo‘m-bo‘sh edi, biron jo‘yali o‘y kelmasdi – bu o‘ziga xush yoqardi. Albatta, u xush yoqish yoki yoqmaslik ma’nosini to‘laligicha tushunmasdi”. Ikkinchi jumlani bag’rikenglik bilan o‘quvchiga qoldirish zarur edi.
Ijtimoiy-maishiy qissalar safida “Qishloqdagi buvijonim” (Dinora Rahmonova “Birinchi kitobim” turkumidan), “Oqtepalik o‘g’ri” (Akbar Mirzo “Sharq yulduzi” 2012/2), “So‘ngi chora” (Akbar Mirzo “Yoshlik” 2012/9) asarlarini keltirish mumkin. “Oqtepalik o‘g’ri” qissasida qahramonlar nutqi shakllanmagan o‘rinlar ko‘p. Sakkiz yilini qamoqda o‘tkazgan qahramon havoyi adabiyot muallimidek so‘zlaydi: “Chunki xat sal bo‘lsa-da, umid baxsh etardi. Shu ruhda yozilgan edi”. Siyqa syujet qoldiqlaridan foydalaniladi: so‘ngi vaziyatlarda Yo‘ldosh merganning Esongulga qachonlardir oshiq bo‘lgani ma’lum bo‘ladi. Natijada, bu muhabbat bo‘lsa ham erish tuyuladi. “So‘ngi chora” asarida qahramonlar mantiqsiz gapiradi, xayolni loyqalatadigan ochiq sahnalar bor. Qissa yakunidagi “Biroq… Qiyomat haq gap” jumlasi nima maqsadda keltirilgani anglanmaydi.
Yumoristik yo‘nalishdagi “Jonginam, shartingni ayt” (X.To‘xtaboyev “Yangi asr avlodi”), “Kultepada kechgan hangomalar” (Ismoil Shomurodov “Yoshlik” 2012/1) asarlari e’lon qilingan. “Kultepada kechgan hangomalar” asarida qahramonlar xarakteriga yaqinlashib kelish bor, ammo bironta ham xarakter yo‘q.
Inobat Sulton Begimning “Shavvozlar” sarguzasht qissasi (Inobat Sulton Begim.To‘lqinlar. “Extremum press”) badiiy butunlik emas, ijodiy tayyorgarlik jarayonida yon daftarga yozib boriladigan parchalar holatida qolib ketgan. Ularni saralash, tartibga solish zarur, asarda milt etgan insoniy qadriyat yo‘q.
Detektiv asarlar nashri “Zulmatdagi saltanat” (O‘tkir Abdurahimov. Zulmatdagi saltanat. “Yangi nashr”), “Shaytanatning jin ko‘chalari” (Tohir Malik. Shaytanatning jin ko‘chalari. “Yangi asr avlodi”) qissalari ketma-ketligida davom etadi. Umuman, 2012 yilda sarguzasht, detektiv, ilmiy-fantastik qissalar ko‘plab yaratildi, nashr etildi. “Somon yo‘li elchilari”, “Vasvasa” ilmiy-fantastik qissalari (Tohir Malik. Somon yo‘li elchilari. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti) tilining ishlanganlik darajasi, pafosi, xarakterlarning o‘ziga xosligi bilan yil qissalaridan ancha yuqori turadi. Ilmiy-fantastika ichidagi nozik insoniy psixologizm, psixologik dramatizm uyg’un holatda didaktik vazifani ado etadi. Qissa qismlari nomlanishida ham tajribali ijodkor qo‘l izlari ko‘rinadi. Yer va Unet sayyorasidagi voqyealarning teng ketishi yakunlovchi bir butun xulosaga olib chiqadi. Unetdagi donishmandlar musofirxonasi, taraqqiyot bilan bog’liq ijtimoiy muammolar Yerdagi muammolarni aytish uchun qo‘llangan yaxshi usuldir. Donishmandona mulohazalar Unet misoladi kitobxonga singdiriladi. Fantastik kayfiyat ichidagi o‘quvchi og’rinmasdan tarbiyalanib boradi.
Umuman olganda, ilmiy-fantastik yo‘nalish chuqur psixologik, tarixiy va satirik yo‘nalishlarga o‘quvchini olib o‘tuvchi yo‘nalish. Shunday bo‘lishi kerak. Ammo yil yakunlariga qarasak, mukammal syujet qurilishi, uslubiy yutuqlar Tohir Malikning shu yo‘lda yaratilgan bir necha qissalarida aks etibdi. Belletristikaga mansub detektiv, sarguzasht, ilmiy fantastik yo‘l ommaviy kitobxonlarga mo‘ljallangan. “Somon yo‘li elchilari”, “Vasvasa” kabi qissalarning ommaviy kitobxonlikni tutib turganidan foydalanib, chinakam adabiy qissalarni yaratishga ulgurishimiz zarur.
Sentimental yo‘lda yaratilgan qissalar sanoqli. B.Sarimsoqovning “Unutilgan odam” tugallanmagan qissasi (“Sharq yulduzi” 2012/2), Oydin Nisoning “Hayot daraxti” (“Sharq yulduzi” 2012/3) qissalari chop etilgan. “Hayot daraxti” qissasi hislarni erkinlashtirish, tuyg’ularni tarbiyalash yo‘lidan boradi. Ulg’ayish yo‘qotishlar ekanligi bola sezgilarida aks etadi. O‘smirning ko‘z yosh bilan boyimoqchi bo‘lgan sharpa, to‘pori o‘tkinchi, birinchi bo‘lib gapirishni istaydigan odam, sahrodagi odam bilan uchrashuvlari Kichkina shahzodaning uchrashuvlarini yodga soladi. “Kichkina shahzoda” (Antuan de Sent-Ekzyupere) qissasidan o‘qiymiz:
– Nima qilyapsan? – deb so‘radi Kichkina shahzoda.
– Ichyapman, — dedi piyonista xo‘mrayib.
– Nega?
– Unutmoqchiman.
– Nimani? – deb so‘radi Kichkina shahzoda piyonistaga rahmi kelib.
Shu ishimning uyatligini, — dedi piyonista tan olib va boshini qo‘yi soldi.
– Qaysi ishing? – deb so‘radi Kichkina shahzoda, boyaqishga yordam berishni jon-dilidan istab.
– Ichishim uyat! – dedi piyonista va qaytib og’iz ochmadi.
“Hayot daraxti” qissasida ko‘z yoshi to‘kib boy bo‘lmoqchi bo‘lgan sharpa bilan o‘smirning suhbatidan:
– Aytib-aytib yig’lasam, tezroq boyib ketarkanman.
– Lekin… bunday yashashga uyalmaysanmi?
Sharpa jiddiy tortdi.
– Bunday yashashim uyatligini unutish uchun ham ko‘proq yig’layman, — dedi u va ko‘zlariga yosh quyilib keldi.
O‘smirning daraxt bilan suhbati Shahzodaning guli bilan suhbati tarzida. Qissa “Kichkina shahzoda” pafosi, qolipiga juda yaqin yozilgan bo‘lsa-da, “Kichkina shahzoda”dagi manfaatlarsiz toza tuyg’ularni yodga solishi bilan qadrli.
Zulfira Misbaxning “So‘fito‘rg’ay” hujjatli qissasini (“Yoshlik” 2012/10) yilning eng yaxshi qissalaridan biri deyish mumkin. Milliy adabiyot har qachon o‘zini yangilashga ehtiyoj sezadi. Qissa sof milliy ruhda yozilmagan bo‘lsa ham, inson irodasi va xayo, odobga bo‘lgan ixlosini kamsitmaydi. Milliy qahramonlar masalasiga biroz boshqacharoq yondashishni talab qiladi. Qissa qahramonlari o‘ta erkin yashovchanlikka ega. Asarda onaga bo‘lgan aql zug’umi ostidagi o‘jar muhabbat aks etadi: “Hyech uning mehriga to‘ymadim, aytgan so‘zlari, qilgan ishlari menga g’alati tuyulardi. Bolaligimdan to hozirgi kunimga qadar onam men uchun jumboq bo‘lib qolaverdi. Onam… yosh-yalang to‘planadigan joylarga borardi. Xuddi bola-chaqasi yo‘q, boshi ochiq qizday”. Faqat ko‘cha odami deya tushunayotganingiz ayolning mana bu so‘zlari: “Telba”ni o‘qib, o‘zing ham telba bo‘lib qolma tag’in! Dyuma, Balzak, Mopassanlar bor-ku! Yoshligimda faqat fransuz romanlarini o‘qiganman” bizni ayolni bir xil qotib qolgan rangda ko‘rishdan tortib oladi. Rosti, bolalari bilan kitoblar masalasida shunday gaplasholadigan o‘zbek ayollarini orzu qilaman. “Yo‘g’-e, o‘sha chuchmal asarlarga vaqt sarflash zarilmi? Hiyla, xiyonat, alg’ov-dalg’ovdan boshqa hyech nima yo‘q ularda. Axir men ruhi baland rus adabiyoti bilan ulg’aydim-ku”. Mana shunday javob beradigan maktab bolalarini ham orzu qilishim rost. Masrura buvi rosmana xarakter darajasida yetilgan. Uning nutqidagi “Otxonaga billur qadahlaru xitoy chinnisi mos kelmaydi. Payg’ambarlar oxurda tug’ilgan, shuning uchun bizday odamlarga otxonada yashash ham sharaf”, “Guldan gul tug’iladi”, “Dengizchilarimizning kemasi qumga ko‘milibdi”, “Ikki o‘jar biya urishganda o‘rtada qolgan erka toyga qiyin bo‘ldi”, “Ko‘ngil ko‘zi bilan ko‘rmasang, oddiy ko‘z – butoq teshigi” so‘zlari, voqyealar rivojdagi buvilarga xos vazmin mehrga o‘ralgan harakati o‘quvchini vijdon masalasida doimo u bilan hisoblashishga majbur qiladi. Buvi va nabira o‘rtasida mehri bilan allalab donishmandligi bilan sergak torttiradigan tarbiya o‘rnatilgan, bu ro‘y-rost ifodasini topgan. Buvi, ona, navara qiz oralig’ida juda katta tortilish va itarilish kechadi. Bu sirli qonuniyat onaning: “Irkit o‘rdakcha” ertagidagi o‘rdakday, men senga qarab, hayratlanib turaman. Nima aytishni, nima qilishni bilmayman, sen xuddi “Oqqush” buvingning tuxumidan chiqqandaysan. U meni buvimdan qandaydir qizg’anardi” jumlalari bilan beriladi. Aql zug’umidagi o‘jar muhabbat va tashnalik qahramonning “Agar siz chizgan chiziqlar bo‘yicha tarbiya ko‘rsam, hikoyalar o‘rniga shikoyatlar yozib yurardim. Xudoning rahmi kelib, meni asradi” so‘zlaridan so‘ng “Yuzi kundan kun yorisha bordi” so‘zlarini ergashtirib keladi. Odatda, asardagi farzandning tavallosi butunlay aql ixtiyoridan chiqib, emosionallikka o‘ralardi. Bu qissada aqlning ham nurlanayotganini, muallif xisdan ozod bo‘lish bilangina cheklanmaganligini anglaymiz.
Nosir Zohidning “Qasos” (Nosir Zohid. Yigit yig’lamasin dunyoda. “Sharq” NMIU), Nargiza Anorboyevaning “Gohi shodlik, gohi g’am” (“Yurist-mediya markazi” nashri) qissalari ham o‘tgan yilda e’lon qilingan.



Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish