O‘zbek qissalari poetikasi


-YILLAR O‘ZBEK QISSACHILIGI



Download 4,85 Mb.
bet8/54
Sana03.06.2022
Hajmi4,85 Mb.
#633643
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
Bog'liq
d6aa521ca26ac2dd372cf773ccec8658 O‘ZBEK QISSALARI POETIKASI (1)

7. 80-YILLAR O‘ZBEK QISSACHILIGI

O‘zbek adabiyotida 80-yillarda yaratilgan qissalar ijtimoiy voqealar asosiga qurilgan bo‘lib, ularda ma’lum tarixiy davr badiiy in’ikos ettirilgan. Bu asarlar sirasiga iste’dodli yozuvchi G’affor Hotamovning «Qaytish», «Quduq tepasidagi oy», «Azal va abad» qissalarini kiritish mumkin. Yozuvchi qalamiga mansub qissalar 80-yillar adabiy hayotida sezilarli voqea bo‘ldi, tanqidchilikda, adabiy jamoatchilikda fikr-mulohazalar uyg’otdi, ularning ayrimlari to‘g’risida matbuotda “Bir asar haqida ikki fikr» rukni ostida maqolalar e’lon qilindi. G’affor Hotamov qissalarida ijtimoiy hayot, jamiyat turmushida ildiz otgan illatlar fosh etilgan. «Quduq tepasidagi oy» qissasi ham yozuvchining o‘ziga xos uslubi, ayniqsa, badiiy-ruhiy tahlil kuchliligi bilan ajralib turadi.


Tabiat va inson munosabatlari Shukur Xolmirzayev qissalarida o‘ziga xos bir tarzda aks etgan. Uning qator qissalarida tabiatga bo‘lgan mehru muhabbat uni ardoqlash g’oyasi bilan uyg’unlashib ketadi. Shukur Xolmirzayev Surxon vohasining farzandi bo‘lgani uchun ham qissalarida Surxon vohasining kengliklari va tog’lariga bo‘lgan mehr bor. Adibning “Tuproq ko‘chalar” qissasida bolalikning beg’ubor ko‘chalarida kezib yurgan o‘smirlarning go‘zal ichki dunyosi o‘ziga xos bir yo‘sinda tasvirlangan "Cho‘loq turna" qissasi muallifning tabiatni chuqur bilishidan dalolat beradi. Chuqur bilish esa e’tibor, muhabbat va loqayd bo‘lolmaslik hosilasidir. Qissadagi har bir voqea, tasvir, xatti-harakat yozuvchi qalb prizmasidan o‘tadi. Qissada turnalar hayoti orqali insoniy munosabatlardan bahs ochiladi.
70-yillarda o‘zbek adabiyotida davr qahramonlarini madh etgan qissalar yuzaga keldi. Ularda ishlab chiqarish ilg’orlari obrazi yetakchi o‘ringa chiqdi. Ammo Sh.Xolmirzayev «Yur, tog’larga ketamiz» asarida bunday yo‘ldan bormadi. U hayotdagi hodisalarni qalb ko‘zi bilan idrok etadi, so‘ng tasvirlaydi. Akademik M.Qo‘shjonov tabiat va inson o‘rtasidagi munosabat haqida: "Tabiatning shu xildagi hodisalari o‘z mohiyati bilan obyektiv, inson irodasi bilan bog’liq emas. Inson bu hodisalardan zavqlanadimi yo ularga nisbatan beparvomi – bari bir ular mavjud, tabiatning bir qismi sifatida yashaydi. Biroq masalaning boshqa tomoni bor: inson tabiatning o‘zida shu go‘zal hodisa va voqealarni his qilishga qodir. Uning hissiyot olami orqali tabiat go‘zalligi inson hayotiga kiradi"53, - deb yozadi.
70-80-yillarda Sh.Xolmirzayev, M.M.Do‘st, T.Murod, G’.Hotamov tomonidan yaratilgan qissalarda badiiy g’oya bevosita hayotiy voqea-hodisalar orqali emas, balki qahramonning ichki kurashlari, ruhiy dunyosi tasviri, tafsilotlar orqali ifoda etiladi; voqelikni obyektiv ko‘rsatishdan ko‘ra, uni “men” orqali idrok etish, tahlil qilish tamoyili kuchayganligi kuzatiladi. Bu esa g’oya va obrazning o‘ziga xos garmoniyasini yuzaga keltirgan. «Badiiy asarda g’oya – san’at asarining mazmuniga asos bo‘lgan umumlashtiruvchi, emosional obrazli fikrdir. Oddiy g’oyalardan farqli o‘laroq, badiiy asardagi g’oya «badiiy g’oya» deb ataladi. Badiiy g’oya – obrazli fikrdir»54.
Shukur Xolmirzayev qahramonlari soddaligi, to‘poriligi va ayni paytda samimiyligi bilan ajralib turadi. Adibning mahorati shundaki, u har bir qahramonning ichki dunyosini chuqur tahlil etadi. Shu bois ham u yaratgan qahramonlar kitobxon qalbiga yaqin kishilardir. Muhimi, yozuvchi yaratgan xarakterlar bir-biriga o‘xshamaydi. Uning qahramonlari milliy o‘zligini anglagan, milliy o‘zlik zaminida turib yangicha tafakkur ufqlarini o‘zida aks ettirgan insonlardir.
Yozuvchining «Bukri tol» qissasida aks etgan voqealarda qatag’on qurbonlarining taqdiri badiiy jihatdan to‘laqonli ifodalangan. Shu asnoda asarda yozuvchi o‘z biografiyasiga oid ba’zi nuqtalarni aks ettiradi. Qissa janri biografik elementlarni qamrab olishi Sh.Anderson, L.N.Tolstoy, M.Gorkiy, G’.G’ulom, Oybek, A.Qahhorlar ijodida ham ko‘rinadi55.
Qissa qahramonlari chinakam e’tiqodli insonlardir. Bosh qahramon Ma’murjon ko‘rinishdan sodda, beozor yigit, ammo uning ichki dunyosi g’oyat murakkab. Yozuvchi bu obraz orqali insonning ruhiy holatini teran tadqiq qiladi. Asar g’oyasi asosan Ma’murjon obrazida mujassamlashgan. Ayni paytda asardagi har bir obrazning o‘z o‘rni, “yuki” bor. Yozuvchi "Bukri tol" orqali egilsa ham sinmaydigan, kurashib yashayotgan insonlar timsolini, haqiqat timsolini yaratdi.
Mazkur faslda g’oya va obraz muammolari O‘.Hoshimovning «Dunyoning ishlari», Sh. Bo‘tayevning «Sho‘rodan qolgan odamlar», X. Do‘stmuhammadning «So‘roq», E.A’zamovning «Otoyining tug’ilgan yili», «Bayramdan boshqa kunlar» kabi qissalari misolida ham atroflicha tahlil etilgan.
Adabiyotshunos A.Rasulov Shoyim Bo‘tayevning "Sho‘rodan qolgan odamlar" qissasi "...poetika nuqtai nazaridan yetukligi, kompozision mutanosibligi, matn yashovchanligini ta’minlovchi ichki ziddiyatning izchil maromi bilan alohida”56 ajralib turishini ta’kidlaydi. Qissa qahramonlari – qalban bir-biridan yiroq kishilar. Yozuvchi ularning ayanchli qismatini zimdan kuzatadi. Har bir adib o‘z g’oyasiga mos voqealar va kishilarni tanlaydi. Chunonchi, T.Murodni ko‘proq milliy o‘zlik, uning yashovchanligi qiziqtiradi. U o‘z faoliyati, urinishlari bilan qadim an’analar, urf-odatlarni saqlab kelayotgan polvonlar, momolar, bobolar, chavandozlar obrazini yaratadi. U yaratgan adabiy qahramonlar shiddatli va mard kishilar. Sh.Xolmirzayevni esa ko‘proq tabiat va inson birligi, insonning tabiiy tuyg’ulari o‘ziga jalb etadi. Shuning uchun ham uning qahramonlari ko‘pincha sodda, samimiy, oddiy. E.A’zamov adabiyotga olib kirgan qahramonlar yoshlikning beg’ubor damlarini boshdan kechirayotgan yigit-qizlardir. Sh.Bo‘tayev qissalarining asosiy qahramonlari - sho‘ro tuzumi azobini chekkan jabrdiyda insonlar. Bundan ko‘rinadiki, har bir yozuvchi voqelikdan o‘z g’oyalariga mos, o‘z qalbi sadolarini aks ettiradigan qahramonlarni tanlaydi va tasvirlaydi.
Biz tadqiq etayotgan davr qissalaridagi yangi qahramonlarning ko‘pchiligiga xos xususiyat shuki, ular ijtimoiy hayotdagi nohaqliklarga ko‘p bora duch keladilar, kurashadilar, ko‘pincha esa yengiladilar. Bu yengilish mutlaq moddiy shakllarda emas, ruhiy iztiroblar, muhitga moslasholmaslik shaklida voqelanadi. Ammo bu davrda yaratilgan qissa qahramonlari bir-birini takrorlamaydi. Ularning har biri tevarak-atrofimizdagi jonli odamlar sifatida idrok qilinadi. Kitobxon ularning iztiroblariga, o‘y-xayollariga, intilishlariga beixtiyor bog’lanib qoladi.
Biz shu paytgacha yaratilgan obrazlar xazinasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda realistik, romantik, xayoliy-fantastik, afsonaviy, simvolik, mifologik, hajviy obraz kabi rang-barang ko‘rinishga duch kelamiz.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Sh.Xolmirzayev Shodiqul Hamroyev bilan suhbatda E.A’zamov, M.M.Do‘st, T.Murodning qissalari haqida so‘z yuritib: “... bu uch adibning “adabiyotga bera olgan va keyingi avlodga “meros qilib qoldirgan” nimalari ” – ularning sara asarlari va adabiyotga olib kirgan Qahramonlaridirki, bunga qo‘shimcha qilib Shunday obrazlar yaratishga Jazm – Jasorat qilganlari hamda bu Ijodiy zahmatning zamirida yotgan Adabiy bilimlarini ham aytish mumkin”, - deydi.57
Adabiyotda yangicha badiiy tafakkur ko‘rinishlari yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. Shu o‘rinda o‘zbek qissalarida voqelikning badiiy-psixologik jihatdan tahliliga ijodiy yondashish qamrovi kengaymoqda.
M.Hamidovaning o‘zbek adabiyotida milliy qahramon muammosiga bag’ishlangan kitobida o‘zbek qissachiligida milliy qahramon tushunchasiga batafsil to‘xtab o‘tilgan. “Totalitar tuzum davrida biz o‘rganayotgan yo‘nalishdagi milliy qahramon tushunchasi deyarli taqiqlangan mavzulardan biri sanalar edi. Mustaqillik yillarida bu mavzuga oid ayrim ilmiy, ilmiy-ommabop, badiiy-publisistik asarlar, davra suhbatlari, xotiralar nashr etila boshlandi”58, - deb to‘g’ri ta’kidlangan kitobda.
Ushbu bobda qissada voqelikning badiiy in’ikosi masalasi ham ko‘rib chiqildi. Badiiy voqelik o‘zi nima? degan savol tug’iladi. Hayotiy va ijtimoiy voqelikdan terib, saralab olingan muayyan g’oya va estetik ideal asosida umumlashtirilgan, tipiklashtirilgan va badiiy asar maydonida mavjud bo‘lgan odamlar, voqea-hodisalar va xatti-harakatlar majmui badiiy voqelik deb atalishi mumkin. Ammo badiiy voqelik ijtimoiy va hayotiy voqelikning aynan nusxasi emas. U go‘zallik qonuniyatlari asosida o‘zlashtirilgan voqelik, sifat jihatidan yangi hodisadir.
XX asrning 70-80-yillar qissachiligida modern adabiyotining ta’siri ham katta bo‘ldi. G’arbda bu adabiyot ancha ilgari paydo bo‘lgan. J.Joys, M.Prust, F.Kafka, A.Kamyular bu adabiyotning yorqin namunalarini yaratishgan. Yirik adabiyotshunos O.Sharafiddinov A.Otaboyev bilan suhbatda rus adabiyotida mazkur yo‘nalishdagi asarlar to‘g’risida fikr yuritib shunday deydi: “... mashhur M.Bulgakov “Ityurak” nomli qissasida bir professorning tajribalari tufayli itdan odamga aylanib qolgan shaxsning partiyaga kirishi va katta idoralarda ishlab, itlarga xos harakatlar qilishini juda yorqin ochgan”.59 Bizning adabiyotimizda ham adabiyotdagi yangi yo‘nalishning unsurlari tobora ko‘proq namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, mustaqillik davri adabiyotida bunday asarlar ko‘plab yaratilyapti.
G’oya, ya’ni ijodkor o‘z asari orqali aytishga jazm etgan umumlashma fikr asarda yaratilgan yoki yaratilayotgan badiiy voqelik tabiatiga faol ta’sirini o‘tkazadi. U badiiy g’oyaga muvofiq bo‘lishi lozim. O‘z navbatida, badiiy voqelik boshlang’ich va umuman g’oyaning yangi-yangi qirralarini ochadi. Badiiy voqelik turg’un xarakterga ega. U obyektiv hodisadir. Adabiyotshunos A.Ulug’ov qissa janri xususiyatlari haqida fikr yuritar ekan, “70-80-yillar qissachiligining asosiy tendensiyalaridan yana biri undagi tematikaning rang-barangligidir. Mehnat, shaxs erki, oila, sevgi-muhabbat, burch... mavzuida qator yaxshi asarlar yaratilishi ana shundan dalolat beradi”60, - deb yozadi. G’oya esa o‘zgaruvchan, doimo mukammallikka intiladigan fikriy-emosional tushunchadir. Badiiy g’oya doimiy harakatdagi hodisadir.
60-90-yillar o‘zbek qissachiligida L.Tolstoy, A.Chexov, M.Sholoxov, V.Rasputin, N.Dumbadze, Ch.Aytmatov kabi dunyo miqyosidagi ijodkorlar an’analari ijodiy o‘zlashtirildi va ular bilan bo‘ylasha oladigan asarlar yuzaga keldi. Ijtimoiy, mafkuraviy konfliktlar o‘rnini endilikda ruhiy-psixologik, ichki ziddiyatlar tahlili egalladi. Ona haqidagi azaliy mavzu O‘tkir Hoshimov ijodida tamomila o‘zgacha ruhiy-psixologik talqin topdi. Sho‘ro davrida shakllangan qarashlarning tubdan yemirilishi, jamiyat ichki inqirozi Sh.Bo‘tayev, X.Do‘stmuhammadlar ijodida yangi tipdagi qahramonlar vositasida ochib tashlandi. XX asr so‘nggi choragida yaratilgan qissalarda ayrim ziddiyatlarga boy inson obrazi, jamiyat bilan murosasiz yangi tafakkurning tamoyillari yetakchilik qiladi.

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish