O‘zbek qissalari poetikasi



Download 4,85 Mb.
bet29/54
Sana03.06.2022
Hajmi4,85 Mb.
#633643
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
Bog'liq
d6aa521ca26ac2dd372cf773ccec8658 O‘ZBEK QISSALARI POETIKASI (1)

MISTIFIKASIYA, adabiy mistifikasiya (yun. mystes – sirga oshno, facio – qilaman) – 1) asarning muallif tomonidan atayin boshqa bir shaxs (yo haqiqatda mavjud yo to‘qima)ga tyegishli, o‘zga shaxs tomonidan yozilgan qilib ko‘rsatilishi. Muallifning yashirin qolishga intilishi jihatidan adabiy M. anonim (imzosiz e’lon qilingan yoki tarqalgan asar) va taxallus qo‘llash (ya’ni yashirin qolish maqsadida asarni taxallus bilan e’lon qilish)ga yaqin. Ulardan farqli tomoni shuki, adabiy M.da asar nisbat byerilayotgan muallifning uslubi, ruhiyati, dunyoqarashi va sh.k. individual jihatlarni yaratish orqali ryeal muallifdan tamom o‘zga muallif obrazi vujudga kyeltiriladi. Mas., kyeyingi yillar o‘zbyek matbuotida e’lon qilingan Usta Gulmat g’azallari buning yorqin namunasi bo‘lib, ularda haqiqiy muallif A.Obidjondan tamom o‘zga muallif obrazi – lirik qahramon bo‘y ko‘rsatadi. Usta Gulmat g’azallaridan bir turkumini “SHarq yulduzi”da e’lon qilarkan, haqiqiy muallif unga muxtasar so‘z boshini ilova qiladi. Unda, jumladan: “Ahli shuaroga ma’lum bo‘lg’aykim, Gulmat SHoshiyning so‘nggi g’azallarini tiklash ishlari nihoyasiga yetdi. G’azallarning bu qismi 1916 va 1917 yilning boshlariga to‘g’ri kyeladi”, – dyeyiladi. Tabiiyki, haqiqiy muallif turkumda nisbat byerilgan muallifga xos uslubni ham, g’azallar nisbat byerilayotgan davrga xos mazmun va ruhni ham tiklaydi, hyech joyda o‘z nomini kyeltirmaydi; 2) hikoyani asoslash (motivirovka) maqsadida qo‘llanuvchi badiiy usul, epik asarlarda voqyealarning tasodifan yozuvchi qo‘liga tushib qolgan birovning xati, kundalik daftari, qo‘lyozmasi va sh.k. yo‘sinlarda bayon qilish. Biroq mazkur usul sifatidagi M.ning dastlabki ma’nodagi M.dan farqi shuki, birinchidan, bunday asarlarda muallif yashirin qolish maqsadini ko‘zlamaydi, ikkinchidan, ularda muallif obrazi u yoki bu tarzda (mas., kundalik, xat, qo‘lyozma va sh.k.larni topib olgan va shunchaki e’lon qilayotgan shaxs sifatida) hamisha aks etadi. Asar to‘lasicha shu usul asosiga qurilishi ham, M. yo‘sinidagi bayon rivoyaning bir qismini tashkil qilishi ham mumkin (mas., O.YOqubov. “Ko‘hna dunyo” – Juzjoniy kundaliklari; O.Muxtor. “Ming bir qiyofa” – Abdulla Hakimning mashq daftari).
MIF (yun. mythos – rivoyat, hikoya, masal) – xalq og’zaki ijodining eng qadim davrlarida paydo bo‘lgan, voqyelik (olam) haqidagi tasavvurlarni konkryet obrazlar vositasida aks ettiruvchi rivoyaviy asarlar. M. rivoyaviy asarlar (olam va odam haqidagi hikoyalar) bo‘lsa-da, ularni tom ma’noda so‘z san’ati hodisasi dyeb bo‘lmaydi. M.lar qadimgi odamlar uchun tafakkur shakli, ular M. vositasida olam sir-sinoatlari (olamning yoki insonning yaratilishi, quyosh chiqishi va botishi, shamol esishi va momaguldurak sababi va h.)ni bilishga intilganlar, M.larda ularning olam haqidagi bilimlari o‘z ifodasini topgan. M.larda yaratilgan obrazlar (ma’budlar, turli maxluqlar va h.) ular uchun ijodiy tasavvur mahsuli emas, aksincha, asl haqiqatdir. Dyeylik, qadimgi yunonlar chaqmoq chaqishini Zyevsning, dyengizdagi dahshatli dovullarni Posyeydonning g’azablangani bilan izohlaganlar, inson taqdiridagi turfa evrilishlarda ilohlarning aralashuvini ko‘rganlar. Kyeyincha, mifologiyadan ijtimoiy ongning din, fan, san’at, adabiyot, siyosat kabi sohalari ajralib chiqqanidan so‘ng, M.lar ularning tarkibiga singib kyetadi. Buni adabiyot misolida ko‘radigan bo‘lsak, qadimgi M.lar antik adabiyotda o‘zining ikkinchi umrini yashay boshlaganiga amin bo‘lish mumkin. Zyero antik adabiyotdagi ko‘plab asarlarga mifologik syujyetlar asos bo‘lgani, ularda mifologik unsurlardan kyeng foydalanilgani buning yorqin dalilidir.

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish