4. Alloma Abu Nasr Forobiyning bu boradagi buyuk xizmatlari.
Forobiy. Buyuk faylasuf - olim, o‘rta asr Sharq musiqa naeariyasining asoschilaridan biri - Abu Nasr Muhammad Forobiy 873 yilda Sirdaryo yoqasidagi Forob shahrida tug‘ilib, 950 yilda vafot etgan. U O‘rta Osiyo turkiy qabilalaridan chiqqan bo‘lib, dastlabki ma’lumotni o‘z ona shahrida oladi. Durustgina bilim egasi bo‘lgan Forobiy Bag‘dod, Damashq shahar- lariga, so‘ngra Misrga boradn va u yerlarda o‘z ma’lumotini oshiradi.
(Qozi Ahmad bin Xolliqon, “Tarixi vafoyoti-a’yon” ("Mashhur kishilar hayoti tarixi’"), 1881 yilda Misrda toshbosmada nashr etilgan, 306-bst.).
Forobiy ajoyib musiqachi va musiqa naeariyachisi ham edi. U o‘z davrida mavjud hamma musiqa cholg‘ularida chalardi. Ayniqsa kuylarni nay va tanbur cholg‘ularida katta mahorat bilan ijro etardi. Ba’zi manbalarda ko‘rsatilishicha, Forobiy qonun cholg‘usini ixtiro etgan, o‘sha davrlarda mashhur bo‘lgan ud sozini takomillashtirishda juda katta ishlar olib bor- gan.
Buyuk olim falsafa, mantiq, matsmatika va boshqa fanlar bo‘yicha teran ilmiy asarlar yaratgan zamonasining yetakchi olimlaridan edi. Bu davrda musiqa ilmi esa - matematika fanlaridan biri hsoblanardi.
Abu Nasr Forobiy o‘zining musiqaga bag‘ishlagan risolalarida Sharq musiqa nazariyasini asoslab bsrdi.
Uning musiqa asarlari:
1. “Kitabul musi qiy al-kabir" (“Musiqaga doir katta kitob”);
2. “Kalom fil-musiqa" (“Musiqa xaqida so‘z”);
3. “Kitabul musiqa” (“Musiqa kitobi");
4. “Kitabun fi-iqsa’- il-ulum” (“Fanlar tasnifiga doir kitob”)ning musiqaga bag‘ishlangan qismi;
5. “Kitabun fi - iqsa’il-iqo’ (“Musiqa ritmlari - iqo’ tasnifi haqida kitob”) va boshqalardir.
Forobiyning musiqa asarlari orasida “Kitabul-musiqiy al-kabir” alohida diqqatga saeovordir. Bu kitob mashhur sharqshunos olim D’Erlanje tomonidan fransuz tiliga tarjima qilinib “Arab musiqasi” turkumida nashr etilgan.
Asar muqaddima va uch bo‘lak kitobdan iborat.
Muqaddima qismida muallif kuy ta’rifi, musiqaning nazariy va amaliy masalalari, kuyning paydo bo‘lishi, musiqa janrlari, cholg‘ular, kuylarning ta’rifi. kuylarning ijrosi, intervallar, tovushqatorlar, konsonanslar va dissonanslar haqida fikr yuritadi.
Al – Forobiy va o‘sha zamondagi boshqa olimlariing ilmiy-nazariy asrlari zamonasi talablariga ko‘ra arab tilida yozilgan bo‘lib, Shark muzikasi nazariyasining tub masalalarini sharhlab beradi. Al-Forobiyning muzika nazariyasiga bag‘ishlangan kitoblari Sharqda bu haqda yozilgan asarlarning eng mukammali va eig mashhurlaridan bo‘lib, o‘zidan so‘nggi davrlarda yashab, ijod etgai muzika olimlari kitoblarining yozilishida asos bo‘lib xizmat qildi.
Adabiyotlar:
1. Rajabov I. Maqom asoslari. (o„quv qoTlanma) T., 1992.
2. Rajabov I. Maqomlar. (ilmiy monografiya) T., 2006.
3. Matyoqubov O. Maqomot. (ilmiy-ommabop monografiya) T., 2004
4. Fitrat A. O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi. (ilmiy-ommabop risola) T., 1993.
5. Ibrohimov O. Maqom va makon. (ilmiy monografiya) T., 1997.
Do'stlaringiz bilan baham: |