O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni 1-mavzu: 1-modul. Fanga kirish. Maqomlar tarixidan



Download 9,48 Mb.
bet38/38
Sana07.01.2022
Hajmi9,48 Mb.
#325914
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
1-ma'ruza (2)

Rost maqomi: Tanimaqom, Tarona, Suvora, Naqsh, Talqin, Faryod, Sabo, Ufor.

Buzruk maqomi: Tanimaqomi, Sayri gulshan taronasi, Tarona I, Tarona II, Suvora, Talqin, Nasrulloyi, Ufori.

Navo maqomi: Tani maqomi, Tarona, Suvora, Naqsh, Talqin, Faryod, Oraz, Ufor.

Dugoh maqomi: Tani maqom, Tarona, Suvora, Naqsh, Talqin, Chorgoh, Bayot, Ufor, Gulufor.

Segoh maqomi: Tani maqom, Tarona, Suvora, Muqaddima, Naqsh, Talqin, Nasri Hijoz, Navro‘zi Xoro, Nasri Ajam, Ufori.

Iroq maqomi:

Panjgoh maqomi:

Xorazm maqomlarining Tanimaqomlari taronalari bilan aytilganidan so‘ng, Talqin sho‘balariga o‘tiladi. Ular Talqini Rost, Talqini Buzruk, Talqini Navo, Talqini Segoh deb nomlanadi.

Xorazm maqomlarida o‘n beshta Nasr yo‘llari mavjud bo‘lib, M. Yusupovning «Xorazm maqomlari» kitobiga ulardan faqat sakkiztasi kiritilgan.

Suvora iborasi tojikcha otliq, chavandoz ma’nolarini bildiradi. Suvoralar shakl jihatdan maqom sho‘balari kabi yirikdir va usullari Soqiynoma yoki Ufar doyra usullarida bo‘ladi.

Xorazmda maqomchilik san’atini targ‘ib etishda Muhammad Rahimxon Soniy, Komil Devoniy, Xudoybergan Muhrgan, Matyoqub Pozachi (Xarrat), Matpano Hudoyberganov, Madraim Sheroziy, Xojixon va Nurmuhammad Boltaevlar, Komiljon Otaniyozov, Ro‘zmat Jumaniyozv, Ikrom Ibrohimovlarning xizmatlari juda katta va ahamiyatlidir.

Xorazm maqomlari Muhammad Rahimxon Soniy - Feruz davrida mashhur shoir va musiqashunos Komil Xorazmiy va o‘g‘li Muhammad Rasul Mirzo hamda shogirdlari tomonidan Xorazm olti yarim maqomi «Tanbur chizig‘i»ga notalashtirilganligi haqida aniq ma’lumotlar mavjud.

Xonning o‘zi ham yetuk shoir, sozanda, bastakor, hofiz bo‘lganligi, qadimiy maqom kuylari asosida «Navo», «Segoh», «Dugoh»larga bog‘lab kuylar yaratgani, u yaratgan Feruz I, II, III ijrolari xalq ichida mashhur bo‘lib ketganligi aytib o‘tiladi. Hatto Xorazm maqomlarini xalqning daxlsiz mulki deb e’lon qilib, maqomlarni kamsitgan yoki buzib ijro etganlarni qattiq jazolash haqida farmoni oliy chiqarganligi aniq manbalar asosida ko‘rsatiladi.

Xorazm maqomlarini notalashtirishga qator musiqashunos olimlar qo‘l urishgan. Mulla Bekjon bilan mashhur musiqashunos Matyusuf Devon 1925 yilda Moskvada chop etilgan «Xorazm musiqiy tarixchasi» asarida Xorazm maqomlarining tuzilishi, shakllari, ijro yo‘llari haqida ma’lumotlar berishgan va ayrim nota ko‘rinishlari bilan to‘ldirishgan.

Xorazm maqomlari ijrosida alohida uslub va shakllarga ega bo‘lgan, usul va ritmi jihatidan «Shashmaqom»dan farq qiladigan alohida ijro maktabini kuzatamiz. O‘z davrida Xorazm ijrochilik maktabining buyuk namoyondalari yetishib chiqdilar. Muhammad Yoqub devon, Bobo bulomon, Komil Xorazmiy, Muhammad Yusuf Bayoniy, Qurji ota, Polli do‘zchi, Muhammad Rasul Mirzo, Xudoybergan Muhrkan, Muhammad Yusuf Devon-Chokar, Matpano Xudoyberganov, Madrahim Sheroziy, Xojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov singari ulug‘ san’atkorlar shular jumlasidandir.

Xorazm maqomlarini Matpano ota Xudoyberganov, Madrahim Sheroziy, Xojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov va boshqa ustozlardan o‘rganib notaga olgan, uni avval bir jild, keyin 1980 yilda uch jildlik etib chop qildirgan, yana bir ulkan bastakor Matniyoz Yusupovdir (1925-1992).

Hozirda Suvora yo‘llarining turli namunalari keng tarqalgan. Birinchi asosiy Katta Suvora «Ona Suvora» deyiladi yoki «O‘zbek Suvorasi» deyiladi. Ba’zida «Tojik Suvorasi» deb ataladi. Asosiy suvoralar quyidagilardan iborat:

1. Ona Suvora (katta Suvora).

2. Chapandozi Suvora.

3. Yakparda Suvora.

4. Kajhang Suvora.

5. Qo‘shparda Suvora.

6. Besh parda Suvora.

7. Kalta Suvora.

Savti Suvoralar: Savti Suvora I, II, III, IV, V, VI, VII, VIII, IX, X, XI, XII, XIII, XIV, XV va hokazolarga bo‘linadi.

Maqomdon ustoz Xojixon Boltaev Savti suvoralarni qator variantlarini yaratgan. «Ufori savti suvora» I, II hamda «Gul ufor savti suvora» yo‘llari shular jumlasidandir.

Xulosa qilib aytganda, Xorazm maqomlari ijrochilik nuqtai-nazaridan o‘z mustaqilligini saqlab qoldi. Asrlar davomida ustozdan shogirdga, avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga o‘tib kelayotgan Xorazm maqomlari davrlar o‘tgan sari o‘zining serjilo, serqirra ko‘rinishlari bilan namoyon bo‘lmoqda. Xorazm maqomat san’ati ijrochiligi musiqiy madaniyatimizning ajralmas bo‘lagi sifatida hamisha ardoqlanadi.






Download 9,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish