O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni 1-mavzu: 1-modul. Fanga kirish. Maqomlar tarixidan


Hozirgi davrda Chertim yo‘llarining tadqiq qilinishi



Download 9,48 Mb.
bet32/38
Sana07.01.2022
Hajmi9,48 Mb.
#325914
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
Bog'liq
1-ma'ruza (2)

2. Hozirgi davrda Chertim yo‘llarining tadqiq qilinishi.
Afsuski, Xorazm maqomlarining chertim yo‘llari hali ancha kam o‘rganilgan sohadir.

Xorazmning boshqa ko‘pgina sozandalari kabi kamina ham ustozlarimiz; bastakor va sozandalar, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdusharif Otajonov, Hayitboy Bobojonov, Xorazm maqom yo‘llari va xalq musiqasining chuqur bilimdoni, g‘ijjak, tanbur, dutor kabi asboblarning mohir ijrochisi Ollanazar Hasanov, mashhur qo‘shnaychi-sozanda Qurbonboy Bobojonov, naychilar Sattor Abdullaev, Egambergan Qozoqov va g‘ijjakchi Karim Iskandarovlar va doirachi Ahmadjon Ismoilovlarning saboqlaridan bahramand bo‘lib, mumtoz kuy va qo‘shiklarni ana shu ustozlardan eshitganmiz va o‘rganganmiz.

Kelgusida sozanda, xonanda yoki bastakor bo‘lishni orzu qilgan har bir Xorazm farzandi mumtoz kuy va qo‘shiklarimizni chuqur o‘rganishlari, ularni kattayu-kichik davralarda tinglovchilarni rom qilib, mohirlik bilan ijro qila olishlari hamda bu bebaho merosni asrab-avaylab, kelgusi avlodlarga yetkazishga baholi qudrat o‘z hissalarini qo‘shishlari lozim deb hisoblaymiz.

Ana shunday ezgu niyatlar bilan bu navolarni qog‘ozga muhrlashga kirishar ekanman, hurmatli ustozimiz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori, bastakor Matniyoz Yusupov nashr ettirgan kitoblardan nusxa ko‘chirish fikridan tamomila yiroq turdim.

Aksincha, nota yozuvini mumkin qadar ustozlar ijrosiga yaqinlashtirishga harakat qildim. Bunga qay darajada erishganligim yuksak didli, nozikta’b sozanda va san’atkorlar hukmiga havola.

Ma’lumki, chertim yo‘lidagi maqom kuylari ichida «Saqil» lar va «Muhammas» lar doira usuli jihatidan ham, kuy tuzilishi jihatidan ham o‘ta murakkab asarlar hisoblanadi.

«Saqil» larning doira usuli har 24 taktdan, «Muxammas» larniki esa, har 16 taktdan bir marta aylanib keladi, ammo, qo‘llanmada bu kuylar ancha sodda, ixcham doira usullarida berilishiga sabab, kuylardagi xona va bozgo‘ylarning davr taqozosi bilan o‘zgarishlarga uchraganidadir.

K. Xorazmiyning «Xorazm tanbur chizig‘i» dagi nota yozuvida aks ettirilgan kuylarni yuqorida aytilgan usullarga solib ijro qilish mumkin. Kafedrada hozirgi davrda ana shu olis ohanglarni zamonaviy nota tizimiga tadbiq qilish bo‘yicha qizg‘in ish ketayapti.



Quyida shu cholg‘u kuylari haqidagi ayrim ma’lumotlarni keltiraman:

1. “Saqili Navo” - (“saqil”- og‘ir, vazmin) - Navo maqomi turkumiga kiruvchi cholg‘u kuyi bo‘lib, xalq orasida “Xon chiqar” nomi bilan ham mashhurdir. Aytishlaricha, bu kuy Xeva xoni Muhammad Rahimxon II (“Feruz”) ning saroyga kirib kelib, taxtga o‘tirish paytida ijro qilinganligi sababli ana shu nomni olgan.

Ohangni uzmasdan chalish lozim bo‘lgan qismlar (frazalar) liga belgilari bilan ko‘rsatilgan.

Hajmi katta bo‘lganligi sababli kuyni xona, bozgo‘y va raqamlar bilan

belgilangan qismlarga bo‘lib o‘rganish zarur.

Kuyni sodda, ixcham doira usuli bilan ijro qilish mumkin, ammo, «Xorazm tanbur chizig‘i»da «Saqil»larning doira usuli quyidagicha berilgan:







«Saqili Navo» ni shaxsan ustoz Hayitboy aka Bobojonovdan o‘rganganman.

2. “Saqili Sulton” - «Buzruk» maqomi tarkibiga kiruvchi navo bo‘lib, shu paytgacha qo‘shnayda ijro qilinib kelinardi. Nota yozuvida ansambl ijrosi uchun qulay tonallikda berildi.

«Saqili Sulton»ni ustoz Qurbonboy aka Bobojonov ijrosidan (qisman M. Yusupov yozib olgan variant bo‘yicha ham) o‘rgandim.

Kuy to‘liq bo‘lmagani uchun V va VI – xonalarni dunasr* shaklida o‘zim qo‘shdim.

*Dunasr – maqomlarning boshlanish qismlarini yuqori pardalarda (avjda) qaytarilishidir.




Download 9,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish