O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni 1-mavzu: 1-modul. Fanga kirish. Maqomlar tarixidan


Komil Xorazmiy va uning mashhur “Tanbur chiziqlari”



Download 9,48 Mb.
bet30/38
Sana07.01.2022
Hajmi9,48 Mb.
#325914
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Bog'liq
1-ma'ruza (2)

4. Komil Xorazmiy va uning mashhur “Tanbur chiziqlari”
Ma’lumki Xeva xoni Muhammad Rahimxon (Feruz) adabiyot va san’atga, shu jumladan, musiqaga nihoyatda ixlos va e’tiqod qo‘ygan shaxsdir. U saroy atrofiga yetuk sozanda va xonandalarni to‘plab Xorazm maqomlarini o‘rganish va ijro qilish ishlariga homiylik va rahbarlik qilgan. Uni bu borada chiqargan ushbu farmoni ayniqsa diqqatga sazovordir.

Farmoni Oliy.

Biz kim, Xorazm mamlakatining oliy hoqoni Muhammad Rahimxon Soniy ushbu farmoni oliyga imzo chekdik: Xorazm maqomlari xalqning daxlsiz mulki deb e’lon qilinsin. Ushbu Farmoni Oliyga shak keltirgan va maqomlarni kamsitgan yoinki uni buzib ijro etgan kimsalar qattiq jazolansin!

Muhammad Rahimxon Soniy.

1292 hijriy. Jumodul – avval. (1882 yil).

Shu bois, Feruz Xorazm maqomlarini qulay va yengil bir holatda o‘rganish va ijro etish hamda uni kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida ko‘pchilikka tushunarli bo‘lgan bir yozuv yaratish yo‘larini axtarish va topish choralarini o‘ylab, olim, shoir va bastakor Komil Xorazmiyga ana shunday nota yozuvini yaratishni buyuradi. Komil Xorazmiy o‘zining bilimi va musiqa sohasidagi amaliy tajribalariga tayanib o‘zining mashhur “Xorazm tanbur chizig‘i”ni yaratadi.

Bu yozuv tanburning 17 pardasi va ochiq toriga moslashtirib 18 ta gorizontal chiziqlarga joylashtirilgan nuqtalardan iborat. Chiziqlar ustiga qo‘yilgan nuqtalar kuy ijrosi jarayonida tanburning muayyan pardasida noxunning tepadan pastga, chiziq ostidagi nuqtalar pastdan tepaga chertilishini bildiradi. Vertikal (tik) chiziqlar esa pardalar yo‘nalishini aks ettiradi. Tanbur chizig‘idagi nuqtalar asosan sakkiztalik, ba’zan esa, chorak notalar davomiyligiga tengdir. Chiziqlarning osti-ustiga nuqtalar qo‘yilib, ularning ustma-ust yoki yonma-yon joylashishi tanbur zarblari (“yakka zarb”, “qo‘sh zarb”lar)ga ishora deb bilinadi. Pauza (jimlik) alomati, “sukun” (o) bilan ifodalanadi. Doira usullari uzun-qisqa zarblarni anglatuvchi bo‘g‘inlar vositasida ko‘rsatiladi: “gul”, “taq”, “ta-qa”, “taq-qa” va h.k. Kuy bo‘laklari (“xona”, “bozgo‘y”, “hang”), to‘xtovlar yoyli chiziq (strelka) ishorasi yordamida belgilab berilgan. Ular to‘liq yoki lavha tarzida kuy yo‘lini anglatuvchi nuqtalardan alohida, bir chekkada yoki nota matnining ustida yoziladi. Tanbur chizig‘ining ayrim variantlarida she’rlarning faqat boshlang‘ich misralari keltiriladi. Unga qarab ashulachilar g‘azalning qolgan qismlarini esga solib oladilar. Tanbur notasi arab yozuviga o‘xshab, o‘ngdan chapga qarab o‘qiladi.

Komil Xorazmiy tanbur chizig‘i yordamida Xorazm maqomlaridan Rostning boshlang‘ich qismini, uning o‘g‘li Muhammad Rasul Mirzo mazkur maqomning qolgan barcha qismlarini; ya’ni Buzruk, Navo, Segoh, Dugoh, Segoh, Iroq maqomlarining 19-asr oxirida ma’lum bo‘lgan cholg‘u (chertim) va ashula (aytim) yo‘llarini yozib olgan. Keyinchalik xonning xushxat hattotlaridan Xudoybergan Muhrkan, Mulla Ismoil, Muhammad Yusufbek (Bayoniy), Niyoziy (Otaniyoz Xo‘janiyoz o‘g‘li, 1844 –1928 – shoir, bastakor, K. Otaniyozovning otasi) va boshqa hattotlar tanbur chizig‘iga yozilgan Xorazm maqomlarini bir necha kitobat qilib, yozib chiqadilar. Uning o‘ndan ortiq ko‘chirilgan nusxalari bizgacha yetib kelgan. 2002 yilda topilgan Hazorasp nusxasida esa yuqorida nomlari keltirilgan maqomlardan tashqari, shu paytgacha noma’lum bo‘lgan Zihi nazzora, Qaddim xamlig‘i (Urganjiy), Miskin, Rahoviy, Sadri Iroq, Ohyor va Choki giribon kabi maqomlarning aytim yo‘lini (100 ga yaqin qismlari bilan) to‘laligicha tanbur chizig‘ida aks ettiradi. Bular “Dutor maqomlari”, ya’ni dutor jo‘rligida aytiladigan mumtoz yo‘llar hisoblanadi. Xorazmlik musiqashunoslar oldindan qadimiy Sharq nota yozuvi namunalaridan xabardor bo‘lganlar. Tanbur chizig‘i ixtiro qilinishidan avval Muhammad Sharif Qanbar Bobo ismli dutorchi – dutor uchun shunday nota yaratishga urinib ko‘rgan, ammo o‘ng qo‘l harakatlarini qog‘ozga tushira olmaganidan bu ish amalga oshmay qolgan.

“Tanbur chizig‘i”ni hozirgi nota yozuviga tadbiq qilish ishlarini olimlar V.M. Belyaev, V.A. Uspenskiy, Ye. Romanovskaya, Ilyos Akbarov, Is’hoq Rajabovlar, T. Sodiqov, M. Yusupov boshlab bergan bo‘lsalarda, unda yozilgan asriy ohanglar hozirgacha o‘z sirini kitoblarda saqlab yotibdi. Endigi vazifa, xalqimizning bu bebaho ma’naviy boyligini maqomdon ustozlar bilan birga malakali musiqashunoslar tomonidan hozirgi nota yozuviga o‘girib chiqish, yetuk sozanda va xonandalar ijrosida ularni maqom ixlosmandlari va muxlislari e’tiboriga havola qilish va shu tariqa maqomlarni kelgusi avlodlarga yetkazishdan iboratdir. Bu vazifani amalga oshirish yo‘lida Xorazmlik musiqashunoslar Ozod Bobonazarov, al-Xorazmiy nomidagi Urganch davlat universiteti o‘qituvchilari B. Rahimov, R. Boltaevlar keng miqyosda ish olib bormoqdalar.

Quyida Xorazm dutor maqomlari tarkibiga kiruvchi “Qaddim xamlig‘i” qo‘shig‘ining tanbur chizig‘idagi va R. Boltaev zamonaviy notaga o‘girgan ko‘rinishini keltiramiz.













Xorazmda maqomchilik san’atini targ‘ib etishda Muhammad Rahimxon Soniy, Komil Devoniy, Xudoybergan Muhrgan, Matyoqub Pozachi (Xarrat), Matpano Hudoyberganov, Madraim Sheroziy, Xojixon va Nurmuhammad Boltaevlar, Komiljon Otaniyozov, Ro‘zmat Jumaniyozv, Ikrom Ibrohimovlarning xizmatlari juda katta va ahamiyatlidir.

Qirq olti yildan ziyod (1864–1910) hukumat tepasida turgan shoir, bastakor va musiqiyshunos Muhammad Rahimxon Feruz (1846–1910) homiyligi va rahnamoligida Xorazm Olti yarim maqomi bir butun majmua sifatida xatga tushirildi. XX asrning 20-yillariga kelib noyob iste’dod sohibi, zakiy shoir, sozanda va musiqiyshunos, qo‘li gul san’atkor Muhammad Komil Devoniy (1887–1938) o‘z salaflari ishini davom ettirib, xuddi shu nota yozuvi vositasida Xorazm mumtoz musiqasining qadimiyroq qatlami bo‘lmish dutor maqomlarining yetti turkumini kuy va so‘z matnlari bilan Olti yarim maqom (Tanbur maqomlari) ga qo‘shib yozib oldi. Xorazm musiqashunoslarining juda katta tarixiy va ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan bu topig‘i o‘zbek musiqasi tarixining zarhol sahifalaridan biridir.

Tanbur chizg‘ilari kashf etilganidan 40 yil keyin, Buxoroda hali maqom pirlari Ota Jalol (1845–1928) va Ota G‘iyos (1859–1927)lar hayot paytida ma’rifatparvar davlat arbobi, adib va alloma Abdurauf Fitrat (1886–1938) qo‘shishi bilan o‘z davrining yetuk musiqachi-etnografi Viktor Aleksandrovich Uspenskiy (1879–1949) Shashmaqom majmuasining asosiy (ya’ni Fitrat “sho‘bachalar” va keyingi tadqiqotchilar “ikkinchi guruh sho‘balari” deydigan ma’muliy qatlamidan tashqari) qismini takt tizimidagi yevropacha nota yozuvida xatga tushirdi.



5. Komil Devoniy tomonidan Xorazm tanbur chizig‘iga muhrlangan Xorazm maqomlarining mundarijasi


a) Tanbur maqomlari
1.1 Maqomi Rost..............……………1

1.2 Taronai maqomi Rost…………....3

1.3 Suvorai maqomi Rost…………..4

1.4 Naqshi maqomi Rost……………..7

1.5 Muqaddimai Talkin makomi Rost.............................................................8

1.6 Talqini maqomi Rost..........…….9

1.7 Nasri Ushshoqi makomi Rost………..............................................12

1.8 Nasri Saboi maqomi Rost..........................................................15

1.9 Ifori maqomi Rost.....................17

2.1 Maqomi Navo……………………19

2.2 Taronai maqomi Navo………...22

2.3 Suvorai maqomi Navo…...……23

2.4 Talkini Mustahzodi maqomi Navo. ….……..……………………….25

2.5 Muqaddimai Talkin maxomi Navo.....................................................26

2.6 Talqini maqomi Navo…… …...27

2.7 Nasri taronai Xorazmi maqomi Navo…….………………………………30

2.8 Nasri Bayoti maqomi Navo…….31

2.9 Naqshi maqomi Navo...................34

2.10 Muqaddimai Nasri Orazi maqomi Navo........................................................35

2.11 Nasri Orazi maqomi Navo...........................................................37

2.12 Muqaddimai Dugoh Husayni maqomi Navo………..…..……………….39

2.13 Dugoh Husayni maqomi Navo….…………………………………39

2.14 Nasri Dugoh Husayni maqomi Navo.........................................................41

2.15 Suvorai Dugoh Husayni maqomi Navo..........................................................42

2.16 Talqini Dugoh Husayni maqomi Navo……………….……………………..44

2.17 Birlamji Ifori makomi Navo.........................................................45

2.18 Ikkilamji Ifori makomi Navo…………………..………………..46
3.1 Maqomi Segoh.............................49

3.2 Taronai avval makomi Segoh…..................................................52

3.3 Ikkilamji Taronai maqomi Segoh…………………………..………53

3.4 Uchlamji Taronai makomi Segoh....................................................54

3.5 Muqaddimai Talqin maqomi Segoh ………….……….…………….54 3.6 Talqini maqomi Segoh……...........55

3.7 Muqaddimai Nasri Hijoz maqomn Segoh......................................................56

3.8 Nasri Hijoz xmaqomi Segoh......................................................57

3.9 Nasri Navro‘zi Xoroyi maqomi Segoh………………………………...…59

3.10 Suvorai maqomi Segoh…….…61

3.11 Naqshi maqomi Segoh…..…….63

3.12 Taronai Nasri Ajam maqomi Segox………….……………….………64

3.13 Nasri Ajami makomi Segoh….66

3.14 Birlamji Ifori maqomi Segoh……..………………………….69

3.15 Ikkilamji Ifori maqomi Segoh….……..………………………69

4.1 Maqomi Dugoh……………….72

4.2 Taronai avval maqomi Dugoh .......................................................75

4.3 Ikkilamji Tarona maqomi Dugoh…….……………….…………….76

4.4 Uchlamji Tarona maqomi Dugoh……………..……………………..77

4.5 Muqaddimai Nasri Hijozi Chorgoh maqomi Dugoh…….….……….78

4.6 Nasri Chorgoh maqomi Dugoh....78

4.7 Suvorai maqomi Dugoh……….81

4.8 Talqini maqomi Dugoh ..…..83

4.9 Naqshi maqomi Dugoh……..…85

4.10 Muqaddimai Nasri Oraz maqomi Dugoh.....................................................85

4.11 Nasri Oraz maqomi Dugoh….....85

4.12 Muqaddimai Dugoh Husayni maqomi Dugoh……..…………………87

4.13 Nasri Dugoh Husayni maqomi Dugoh….………………..88

4.14 Suvorai Dugoh Husayni maqomi Dugoh……………………..…………….90

4.15 Talqini Dugoh Husayni maqomi Dugoh……………………………..……..92

4.16 Avvali Ufori maqomi Dugoh……………….…………………..93

4.17 Ikkilamji Ufori maqomi Dugoh.…………………………………..96
5.1 Maqomi Buzruk………………….99

5.2 Avvalg‘i Taronai maqomi Buzruk…..………….…………………..101

5.3 Ikkilamji Tarona maqomi Buzruk………………………………..104

5.4 Uchlamji Tarona maqomi Buzruk……………………………….104

5.5 To‘rtlamji Tarona maqomi Buzruk………………..……………106

5.6 Mukaddimai Talqin maqomi Buzruk..……………………………..108

5.7 Talqini makomi Buzruk…...108

5.8 Nasri Nasrulloyi maqomi Buzruk..…………….……………….109

5.9 Nasri Ajami makomi Buzruk …….......................................112

5.10 Suvorai maqomi Buzruk…....113

5.11 Naqshi maqomi Buzruk……115

5.12 Muqaddimai Nasri Uzzol maqomi Buzruk……………..………………118

5.13 Nasri Uzzol makomi Buzruk………………………………..119

5.14 Ifori maqomi Buzruk...................................................121


b) Dutor maqomlari
1.1 Zihi nazzora…….................123

1.2 Talqini Zihi nazzora….…..125

1.3 Taje’band Zihi nazzora…..126
2.1 Qaddim xamlig‘i....................128

2.2 Talqini Urganjiy............ 129

2.3 Naqshi Talqini Urganjiy .............................................................131

2.4 Ifori Talqini Urganjiy.......132

3.1Miskin…………………….…….…133

3.2 Talqini Miskin….. ………..…135

3.3 Naqshi Miskin……..…….……137

3.4 Ifori Miskin.................……139

4.1Rahoviy…….……………..………142

4.2 Talqini Oromijon Rahoviy..144

4.3 Naqshi avvali Rahoviy …146

4.4 Ikkilamji Naqshi Rahoviy…148

4.5 Soqiynomai Rahoviy…….....150

4.6 Ifori Rahoviy…………..…151


5.1 Sadri Iroq.…………….…153

5.2 Talqini Sadri Iroq….…154

5.3 Naqshi Sadri Iroq………156

5.4 Ifori Sadri Iroq…..……..157

6.1 Ohyor……………...………………158

6.2 Avvalg‘i Talqini Ohyor……......161

6.3 Ikkilamji Talqini Ohyor. ..162

6.4 Ifori Ohyor..............................163


7.1 Choki giribon…..........……..164

7.2 Taronai Choki giribon......…167


Bayoniy (taxallusi; asl ismi Muhammad Yusufbek Bobojonbek o‘g‘li - (1840 - Xiva — 1923) - o‘zbek shoiri, tarixchi, musiqashunos, xattot va tarjimon) ko‘chirgan “Tanbur chizig‘i”ning nusxasida esa Xorazm maqomlari quyidagi tartibda joylashgan:





Download 9,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish