O‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi matn tilshunosligi



Download 327,66 Kb.
bet64/95
Sana06.07.2021
Hajmi327,66 Kb.
#110727
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   95
Bog'liq
Matn tilshunosligi. Lingvistika

Buloq hamon tug‘ilgan zaminning boshqa joylariga bosh urib, yorug‘ dunyoga olib chiqadigan yangi yo‘llar izlaydi. (P.Qodirov. “YUlduzli tunlar” romani)

Metaforik mazmunli gaplar (yoki gap-metaforalar) bir vaziyat belgilari asosida ikkinchi vaziyat belgilari haqidagi hukmga asoslanadi. Masalan: –Zaynabingizning fe’li albatta sizga ma’lum ekan, ammo men Kumushni sizga yaxshi, deb aytolmayman.

O‘z bolasini yomonlag‘uchini, - dedi kulib O‘zbek oyim, - men o‘z umrimda birinchi martaba ko‘rdim. Undan ko‘ra bolamni senga ishonmayman, deb ayting.

Nega ishonmayin, faqat qozonimdag‘ini sizga suzib qo‘ydim...(A.Qodiriy. “O‘tkan kunlar” romani)

Bunday gaplar ikki qatlamli semantik tuzilishga ega bo‘ladi: tashqi mazmun va ichki mazmun. Masalan: Bayramxon Akbarga yozgan javobida: “Siz menga qarshi turgan to‘g‘onlarni ochib yubordingiz, endi bu toshqinni o‘zingiz ham idora etolmagaysiz», – dedi (P.Qodirov. “Humoyun va Akbar” romani) mikromatnidagi Bayramxon tomonidan aytilgan gap “Siz menga qarshi bo‘lgan dushmanlarga imkon yaratdingiz, endi ularning xatti-harakatlarini to‘xtata olmaysiz” shaklidagi ichki mazmunga ishora qiladi.

Bu tarzdagi gaplar mazmuniy persepsiyasida konseptuallashtirilgan semantik struktura o‘quvchi tezaurusidagi muayyan kognitiv tuzilmalar –freymlar bilan assotsiatsiyaga kirishuvchi boshqa turdagi freymlarning faollashuviga asoslanadi.

Metaforik mazmun o‘zbek tilida gaplar orqali ifodalanganda matn tuzuvchi muayyan vaziyat ifodasi orqali boshqa bir vaziyat ifodasiga ishora qiladi. Masalan, Oybekning “Navoiy” romanida quyidagicha epizod bor: Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga o‘zining yangi yozgan g‘azalini o‘qib beradi va uni jamiki shoirlarga tatabbu uchun berib, ulardan bunga javob yozishlarini so‘ramoqchi ekanligini aytadi. Navoiy bunga o‘z munosabatini shunday ifodalaydi: “... g‘azalni yuz shoir tatabbu etib, qalam sursalar, yuz g‘azal vujudga keladi. Bir tup gul yuz g‘uncha ochadi!”.

Misol sifatida keltirilgan mikromatndan ayon bo‘ladiki, aynan bir propozitsiya matn tarkibida ikki marta va ikki xil tarzda ifodalangan: birinchi jumla real voqelik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lansa, ikkinchi jumlada buning aksini ko‘rish mumkin.

Bu usulda yaratilgan matnlarni boshqa yozuvchilar ijodida ham uchratish mumkin:

Erkak bilan ayol munosabatida aybni nuqul erkakdan izlash insofdan emas. Sham yonmasa, parvona yaqin kelmaydi...” (O‘.Hoshimov. “SHam yonmasa...”).

Yo‘q, bugun topgan ixtirosi hali-hozir faqat kallasida. Bu ixtironi hali nihoyasiga etkazish kerak, ko‘nglida endi unib chiqqan bu niholni parvarish qilib, undan hosil olishi kerak hali! (O.YOqubov. “Ko‘hna dunyo” romani”)

Ko‘rinadiki, gap-metafora hukmni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalovchi gaplar bilan sinonimik munosabatga kirishadi. SHu o‘rinda aytish joizki, o‘zbek tilshunosligida bir ob’ektiv mazmunning turli sintaktik shakllarda ifodalanishiga bag‘ishlangan ishlar mavjud160. Ammo bir propozitsiya ifodasining pragmatik yondashuv asosida turlicha nominatsiyaga ega bo‘lishi (Qiyoslang: Quyosh botdi. Quyosh ufqqa bosh qo‘ydi. Quyosh ufq ortiga dumalab ketdi. Quyosh o‘z yotog‘iga yo‘l oldi kabi) o‘zbek tilshunosligida maxsus o‘rganilgan emas.

O‘zbek tilida yaratilgan nasriy asarlarda assotsiativ tafakkurga asoslangan matn-metaforalar ham uchraydi. Bu kabi matnlarda matnning ichki semantikasi orqali boshqa bir mazmunga ishora qilib, metaforik tagma’noni yuzaga keltiradi. O‘zbek tilidagi matnlarning pragmatik xususiyatlarini tadqiq etgan tilshunos olim M.H.Hakimov metaforik tagma’noni quyidagicha ta’riflaydi: “Tagma’noning bunday ko‘rinishlarida so‘zlovchi tinglovchini ma’lum bir predmetlarga o‘xshatish asosidagi propozitsiyani berish bilan o‘zi nazarda tutgan axborot ko‘rinishiga ishora qiladi. Natijada matn tarkibida metaforik tagma’no yuzaga keladi. ... metaforik tagma’noning matndagi ifodasi so‘zlovchining ichki maqsadi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, fikrning ta’sir etish darajasini kuchaytiradi”161.

O‘.Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobidan olingan quyidagi mikromatnlarda aynan shu jarayonni kuzatish mumkin:

T O V U Q


Download 327,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish