Shomonlik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot.
Moniylik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot;
Buddaviylik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot.
Biz ikki jilddan iborat “O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari”np tuzganimizda, o‘zbek adabiyotini davrlashtirish tamoyillarining o‘ziga xos jihatlari, mezonlari, tamoyillari haqida qisqacha so‘z yuritib, o'zimizning davrlashtirishimizni taqdim qilgan edik. Keyingi izlanishlar natijasida o‘zbek adabiyotini davrlashtirish uchun faqat badiiy asarlami emas, balki tarixiy-adabiy asarlami, sof tarixiy asarlar va ulaming tar-
Qarang: 0‘zbek mumtoz adabiyoti namunaiaal, 1 j ild (dnj; ngdimgi gavrlardan XI1 lasr oxiri- gacha). Tazavchi, izoh va sharhlar muallifi filologiya fanlad doktori, professorN. Rahmraov, Tosh- kent, «Fan», 2005; O'zbek mumtoz adabiyoti aamama(ari, IJ jild (XIV-XV asr bosMan), Tuzuvchi, izoh va sharhlar muallifi filrlrgiya fanlari doktori, professor N. Rahmon, Toshkent, «Fan», 2007. kibida istifoda etilgan ma'lum adabiy janrlami ham jalb etish lozimligi ma’lumbo‘ldi.
Ammo o‘zbek adabiyotini davrlashtirish uchun faqat turkiy yoki o‘zbek tilidagi asarlaming o‘zi ham kifoya emas. 0‘rta Osiyodagi, xusu- san, Turonzamindagi arab tilidagi adabiyot ham o‘zbek adabiyoti tarixida alohida davmi tashkil qilishi haqida biz o‘z qarashlarimizni ilgari surgan edik.32 Bu davr adabiyotini biz «G'aznaviylar davri adabiyoti» degan nom bilan atash maqsadga muvofiqiigini va buning sabablarini ham tahlil qil- dik. G'aznaviylar davlatining o‘z qo‘li ostidagi davlatlarda olib borgan siyosati ilmiy va madaniy muhitga keskin ta’sir o'tkazdi. G‘aznaviylar davlatining ilmiy, madaniy va adabiy muhiti XI asming buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy merosida namoyon bo‘ladi. Aytish mum- kinki, G‘aznaviylar davlatining butun yutuqlari, ilmdagi, adabiyotdagi muvaffaqiyatlarini belgilovchi omil - Beruniyning asarlaridir. Eng mu- himi, G‘aznaviylar davlati adabiyotini alohida davr sifatida o‘rganishda Beruniyga tayanish mumkin. Soddaroq qilib aytganda, “G‘aznaviylar davri adabiyoti” degan nom ostida alohida davmi Beruniyning badiiy adabiyotga, adabiy janrlarga bo‘lgan munosabati, uning qarashlari bel- gilaydi. Biz uchun muhimi shu - uning ilmiy faoliyati, G‘aznaviylar su- lolasida yaratgan adabiyot va adabiyoshunoslikka oid qarashlari alohida adabiy davr haqida so‘z yuritish imkonini berganidir. Shu bois, birinchi navbatda, “G‘aznaviylar davri adabiyoti”ni alohida adabiy davr sifatida baholar ekanmiz, Beruniyning “Osor ul boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asaridagi adabiy janrlar, adabiyotshunoslikka oid kuzatishlariga, qolaversa, “Hindiston” asarida afsona va rivoyatlarga ta- yanamiz. Shuningdek, Ibn Sinoning “Tayr”, “Solomon va Ibsol” qissala- ri ham G‘aznaviylar davri adabiyotining bir qismidir.
Savol tug‘ilishi mumkin: Beruniy bironta asarini o‘zbek tilida yoz- magan bo‘lsa, qanday qilib uning tarixiy-etnografik asarlarida keltirilgan adabiy janrlar o‘zbek adabiyotining mulki deb ayta olamiz? Jahon ada- biyotida shu qoida ma'lumki, til muammosi har doim ham masalani hal qilavermagan. Masalan, Bibliyaning Yangi Ahd qismini yahudiy xalqi o‘zining mulki, o‘zining badiiy asarlari, madaniy merosi sifatida qadr- laydi. Lekin Yangi Ahd asosan yunon tilida yetib kelgan. Ammo yunon- lar hech qachon Yangi Ahd muallifligiga da'vo qilgan emaslar. Bunga o‘xshash misollarni boshqa xalqlaming qadimgi adabiyotidan namuna sifatida keltirish mumkin. Biz esa faqat bir misol bilan cheklanamiz.
O‘rta Osiyoda arab xalifaligi hukmronligi davrida turkiy yoki o‘zbek adabiyoti tanazzulga yuz tutdi. 0‘rta Osiyoda arab xalifaligi hukmronligi davriga oid turkiy tildagi yozma manbalar yo‘q. Darvoqe, Beruniy 0‘rta Osiyoga, xususan, Moavarounnahrda arablar istilosigt va uning oqibatla- rini shunday tasvirlaydi: “Qutayba Ibn Muslim al- Bohiliy xorazmliklar- ning kotiblarini halok etib, bilimdonlarini o‘ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli, ular savodsiz qolib, o‘z ehtiyojlarida yodlash quvva- tiga suyanadigan bo‘ldilar”.33
Mana shu dalilning o‘zi ham arab xalifaligi davrida Movarounnahr- ning madaniy ahvolidan darak beradi. Ammo adabiy jarayon to‘xtab qolmadi. Yaqin uch asr davomida turkiy adabiyotning markazi Mova- rounnahrdan tashqarida Sharqiy Turkistonda, Sibir o‘lkalarida yashadi. Bu o'lkalar islom madaniyatidan xoli bo‘lgani uchun og‘zaki va yozma adabiyot qadimgi turkiy adabiyotning davomi sifatida yashayverdi.
Arab xalifaligidan keyin paydo bo‘lgan Somoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar sulolalarida vaziyat tamomila boshqacha tarzda namoyon bo‘ldi. Somoniylar sulolasida fors-tojik adabiyoti gullab-yashnadi, Qo- raxoniylar davrida turkiy til, turkiy madaniyatga alohida e’tibor qaratildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “G‘aznaviylar davri adabiyoti” ham o‘zbek adabiyotining bir bo‘lagi sifatida o‘qitilishi lozim, deb bi- lamiz. Ammo shuni hisobga olish kerakki, Ilk uyg'onish davri vakilla- ri - Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Rudakiy kabi olim va shoirlar ham “G‘aznaviylar davri adabiyoti” qismida berildi.
Xullas, sulolalar tarixi davrlashtirishning bir mezoni bo‘lishi mum- kin ekan. Bunday holda albatta adabiy jarayonda jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi, yangi, takrorlanmas adabiy muhit yuzaga kelishi shart. Mashhur adabiyotshunos N.Mallayev o‘z davrida o‘zbek adabiyotini davrlashti- rish haqida so‘z yuritganda, sovet mafkurasi nuqtai nazaridan adabiyot bilan xonlar, sulolalar tarixi va nomi o‘rtasiga qat’iy chegara qo‘ygan edi. U o‘zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish tamoyillari va omillari sifatida quyidagilami ko'rsatdi: “...adabiyot tarixi xalq tarixining uzviy bir qismi bo‘lib, uni davrlashtirishda, bir tomondan, jamiyatning umumiy taraqqiyot qonuniyatlariga, ikkinchi tomondan, adabiyot taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlariga asoslanish lozim”.34 N.Mallayevning davrlashtirish tamoyillari bu o‘rinda aniq belgilangan. Darslik muallifi ada- biyotshunoslikda erishilgan yutuqlar, xususan, adabiyotni davrlashtirish tamoyillarining eskicha usullari bilan o‘zining davrlashtirish tamoyilla- ri o‘rtasida tamomila farq borligini dalillashga harakat qiladi: “...sovet adabiyotshunosligi o‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganish sohasida yo‘l qo‘yilgan xatolarga, jumladan, adabiyot tarixi taraqqiyotini sulolalar yoki podsholaming, xonlaming kelib-ketishlari tarixiga qarab davrlashtirish mayllariga uzil-kesil barham berdi”.35 N.Mallayev ma’lum darajada haq, u sulolalar hukmdorlari bilan adabiy jarayon taqdirini belgilash tarafdori emas va adabiyotni davrlashtirishda ham tamomila bu tamoyildan Sovet davrida voz kechilganini ta’kidladi. Ammo masala boshqa yoqda - adabiy jarayonning ma’lum bir xonlik davridagi o‘ziga xos, takrorlanmas xususiyatlari - adabiy jarayonning yuksalishi yoki tanazzuli, adabiyotga yangicha yondashuv davrlashtirish uchun tamoyil bo‘lishi kerakmi yoki yo‘qmi? Shubhasiz, ma’lum bir sulolalar va xonliklaming adabiy jara- yonni yangi o‘zanga burib yuborgani aniq va bunga misollar ham ko‘p. Bu holatni Qoraxoniylar sulolasida ham, Oltin O‘rda adabiyotida ham, Temuriylar davri adabiyotida ham ko‘rish mumkin. Shu bois biz o‘zbek adabiyotida ma’lum sulolalar davrida o'ziga xos mezon, tamoyillar, usul shakllangani uchun, adabiyotni davrlashtirishda sulolalar tarixiga taya- namiz va shu nom bilan ataymiz.
O‘zbek adabiyotining ilk mumtoz va o‘rta asrlar davridagi bosqich- lariga nazar tashlasak, yana bir hodisaning guvohi bo‘lamiz. Bu adabiy jarayonning uzluksizligi masalasidir. Adabiy jarayonning uzluksizligini ta’minlaydigan omillar va vositalar ma’lum syujetlar, yoki badiiy tasvir vositalaridir. Aytaylik, qadimgi turkiy adabiyotdan ilk klassik davrga o‘tish jarayonida shunday hodisani kuzatish mumkin. Jumladan, qadimgi turkiy-run yozma yodgorliklarini yozma adabiyotning namunasi si- fatida tahlil va talqinlar ilk mumtoz adabiyotidan uzilmasdan, obrazlar, badiiy tasviriy vositalarida davom etdi. Masalan, “Qutadg‘u bilig” bilan turkiy- run yozuvlari o‘rtasidagi aloqalar shundan dalolat beradi. Ikki davr adabiyotining - islomgacha va islomdan keyingi davr adabiyotining o‘rtasidagi uzluksizlik davrlashtirishga aslo halaqit bermaydi. Bu holat esa qadimgi turkiy adabiyotni ikki davrga - islomgacha va islom davridagi adabiyot sifatida chegaralab o‘rganishga imkon berdi.
Qoraxoniylar sulolasi davridagi turkiy adabiyot islomgacha bo‘lgan turkiy adabiyotdan farq qiladi. Garchi bu davrdagi adabiyot qadimgi turkiy tilda davom etgan bo‘Isa ham, adabiyotning mazmun-mohiyati, adabiy ta’sir, janrlar, vazn, xullas, adabiy jarayon nuqtai nazaridan alohida davr sifatida ajratilishini taqozo etadi.
Mo‘g‘ullar istilosi Markaziy Osiyoning iqtisodiy, ijtimoiy-siyo- siy hayotiga jiddiy salbiy ta’sir etdi. Bu haqda aytib o‘tirishga hojat yo‘q, deb o‘ylaymiz. Ammo mo‘g‘ul istilosining, birinchi navbatda, mo‘g‘ullaming o‘zlari uchun, ikkinchidan, 0‘rta Osiyo turkiy qavmla- ri uchun ijobiy tomonlari ham bo‘ldi. Mo‘g‘ullar uchun ijobiy tomoni shunda bo‘ldiki, na davlat tizimiga, na davlat boshqaruvi tizimiga, na turmush madaniyatiga ega bo‘lgan xalq 0‘rta Osiyoga kelib, hamma narsani - davlat tuzilishini ham, davlat boshqaruvini ham, turmush ma- daniyatini, ma’naviy madaniyatni, jumladan, yozuv madaniyatini ham o‘rgandi. Ikkinchidan, adabiy jarayon tamomila boshqa o‘zanga tushdi. yerli xalqning ehtiyojlarini birinchi navbatda e’tiborda tutgan mo‘g‘ul xonlari turkiy tildagi adabiyotga e’tibor berdilar. Ayniqsa, Oltin 0‘rda davlati turkiy tildagi, aniqrog‘i, yevropaliklar “chig‘atoycha” deb atay- digan eski o‘zbek tilidagi adabiyot taraqqiyotiga e’tibor qaratdilar. Oltin 0‘rda davlatining poytaxti Saroy shahrida eski o‘zbek tilidagi adabiy muhit yuzaga keldi. Qul Ali, Mahmud Ali ibn as-Saroyi, Xorazmiy, Rabg‘uziy, Qutb va boshqa qator ijodkorlar Oltin 0‘rda adabiy muhitini shakllantirdilar. Misr mamluklar davlatidagi (XIII-XVI asrlar) turkiy adabiyot ham bevosita Oltin 0‘rda adabiyotining davomidir.
Oltin 0‘rda qulagandan so‘ng, ijtimoiy-siyosiy hayot bilan bir- ga, adabiy, madaniy va ilmiy hayot ham o‘zgardi. Adabiy hayotdagi o'zgarishlar Temuriylar davri adabiyotiga zamin bo‘ldi.
Temuriylar davri adabiyotiga oid mazkur qo‘llanmada tahlil qilin- gan asarlami biz yuqorida keltirilgan majmuamizning 2-jildida manbas- hunoslik nuqtai nazaridan qaytadan ko‘rib chiqdik. Xususan, munoza- ralar janriga oid asarlaming nashrini fotonusxalariga solishtirib, matn tayyorlash jarayonida yo‘l qo‘yilgan ko‘plab saktaliklami bartaraf qila oldik. Talabalar matnni o‘qish jarayonida lug‘atga ehtiyoj sezmasin deb, matnlami imkon qadar lug‘at bilan ta’minlashga harakat qildik; zamon talablari tufayli tushirib qoldirilgan aksariyat mumtoz asarlaming debo- chalarini, masalan, nomalaming hamd, na’t qismlarini turli manbalardan topib tiklab, tahlil ob’ekti qilib oldik va talaba asami to‘liq tasavvur qi- lishiga harakat etdik.
Yuqoridagi qisqacha sharhlardan shu narsa ayon bo‘ladiki, adabiy jarayonning o‘zgarishi va taraqqiyoti bevosita va bilvosita sulolalar tari- xiga ham, sulolalar o‘zgarishi bilan yuzaga kelgan adabiy va madaniy muhitga ham bog‘liq ekan. Qolaversa, o‘zbek adabiyoti har bir davrda o‘ziga xos kategoriyalarga - muallif pozitsiyasiga, mavzuga, g‘oyaga, muammoga, uslubga va h.larga ega bo‘lib, sulolalar tarixi bu kategoriya- laming paydo bo‘lishi va shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Adabiy ja- rayondagi ana shu kategoriyalarni inobatga olgan holda, XV asrgacha bo‘lgan o‘zbek adabiyoti tarixini quyidagicha davrlashtirib o'rganish maqsadga muvofiq, deb qaraymiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |