O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


To‘fon haqidagi mif va uning qadimgi turkiy yodgorliklarida ko‘rinishlari.Urxun



Download 2,17 Mb.
bet8/237
Sana11.03.2022
Hajmi2,17 Mb.
#489443
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   237
Bog'liq
O'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

To‘fon haqidagi mif va uning qadimgi turkiy yodgorliklarida ko‘rinishlari.Urxun bitiktoshlarida Sharqdagi ko‘p xalqlarda tarqal- gan To'fon haqidagi mif motiviga ham duch kelamiz. “To‘fon haqidagi mif’ning motivi insoniyatni to‘fon orqali qirib tashlash haqida xudolar- ning qaroridir. Xudolaming bu qaroriga sabab - insoniyatning gunoh- korligidir. Shumerlarda, bobil xalqida To‘fon haqidagi mif deyarli bir. Musoning “Ibtido” kitobida To‘fon voqeasi ma'lum. Insoniyatni yer yu- zidan qirib tashlash uchun vosita faqat suv emas, boshqa vositalar ham bo‘lishi mumkm. Masalan, “Avesto”da qahraton qish Sharq mifologiya- sidagi to‘fon singari vazifani bajaradi - Xo‘rmuzd yaqinlashib kelayot- gan qattiq sovuq yer yuzida jamiki tirik jonzotni qirib tashlashi haqida Yimani ogohlantiradi. Haqiqatan, Yima bir uy qurib saqlab qolgan nabo- tot va hayvonot namunalaridan boshqa jamiki jnzotlami va o‘simliklami sovuq qirib tashlaydi. “Avesto”da bu qirg‘inning sababi nima? Zardusht aytadiki, Yimaning gunohkorligi tufayli insoniyat abadiy yashash huqu- qidan mahrum bo‘ldi, Odam ato va Momo Havoning gunohkorligi tufay­li insoniyat abadiy yashash huquqidan mahrum bo‘lganiday.
Xuddi shu singari mifning motivini Kul tigin bitikoshida ko‘rish mumkin. Bilga xoqon turkiy qavmlarga nasihat qilar ekan, davlat- ning yo‘q bo‘lib ketishiga ulaming o‘zlarini sababchi qilib ko‘rsatadi, shu bilan birga, Tangri (xudo va osmon) ulammg qilgan gunohlari - boshboshdoqlik, xoqonlaming yo‘l-yo‘riqlariga itoat qilmaganlari va o‘zboshimchaliklari uchun jazolaganiga ham ishora qiladi: Turk о ‘g‘uz baglari boduni asiding! Uza tangri basmasar, asra yir talinmasar, turk bo ‘dun, ilingin, to ‘rungin kim artati? (Ktu 22) - Ey turk o‘g‘uz beklari, xalqi, eshiting! Yuqorida osmon bosmagan bo‘lsa, pastda yer yorilmagan bo‘lsa, ey turki xalqi, davlatingni, qonun-qoidalaringni kim yo‘q qildi?
Mazkur mif ham, turkiy qavmlar qilgan gunohlari evaziga xudolar (Tangri, yer) tomonidan jazolangan degan, xulosaga olib keladi. Sharq xalqlaridagi umumiy motiv - insoniyat qilgang gunohlari uchun xudolar tomonidan jazolanishi voqeasi o‘zaro ta’sir orqali yuz bergan bo‘lishi mumkin.
Irq bitigida kosmogonik mifning bu turdagi ko'rinishi yaxshi saq- langan: “ Yuqoriga tuman tushdi, pastda chang ko'tarildi. Qush bolasi yurib yo ‘lidan adashdi, kiyik bolasi yugurib yo ‘lidan adashdi. Odam bolasi yurib yo ‘lidan adashdi. Yana Tangri sharofati bilan uchinchi yilda butunlay eson-omon ko'rishdilar, juda xursand bo'lar, sevinar der. Shunday bilinglar: yaxshidir bu” (Ib.15). Qush bolasining yo‘ldan adashuviga, kiyik bolasining yo'ldan adashuviga va insonning yo‘lidan adashuviga sabab gunohkorligidir. Bu mif bo‘lgani uchun tafsilotlar ba- yon qilinmagan. Albatta, Tangri tomonidan jazolanishi aniq. Gunohdan qaytganlari uchun Tangri ularga marhamat qilgan.

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish