Mif - ibtidoiy insonning fikrlash darajasini ko'rsatuvchi omil. Ibtidoiy inson o‘zini tabiiy olamdan aniq ajrata bilmagan, shu bois ta- biiy ob’ektlarga o‘z insoniy xususiyatlarini ko‘chiravergan - tabiiy ob’ektlar inson kabi hayot kechiradi, ulaming insoniy his-tuyg‘ulari bor, ongli, ma’lum maqsadga yo'naltirilgan xo'jalik faoliyatini yurita- di, deb bilgan. Shuningdek, inson ibtidoiy bosqichda mavhum fikrlashni bilmagan. Mifning barcha turlari manbai ana shu fikrlashda. Fetishizm, animizm va totemizm kabi inonch-e’tiqodlar ham aslida atrof muhitni “insonlashtirish”dan kelib chiqqan. Turkiy miflar ham ayni shu xususi- yatlar va jarayonlami bosib o‘tgan.
Kosmogonik mifning qadimgi turkiy yodgorliklarda ko‘rinishi. Qadimgi turkiy miflaming manbai urxun-yenisey yozma yodgorliklari va qadimgi xitoy yilnomalarida, ayrim arab, fors va boshqa manbalarda. Qadimgi turkiy yozma yodgorliklardan Kultigin bitikoshining birinchi misrasida olamning va insoniyatning paydo bo‘lishi haqidagi mif mav- jud: Uza ко ‘1c tangri asm yag ‘iz yer qilintuqta akin ага kisi о ‘g ‘li qi- linmis. Kisi о 'g ‘linta uza achum арат Bo ‘min qag ‘an, Istami qag ‘an о ‘lurmis, о ‘luripan turk bo ‘dunin alin to ‘rusin tuta birmis, ita birmis - Yuqorida ko‘k osmon, ostda qora yer qilinganda, ikkovining orasida inson bolasi yaratilgan. Inson bolasi ustidan ota-bobom Bo‘min xoqon, Istami xoqon o‘tirganlar, o‘tirib, turk xalqining davlatini, qonun-qoida- larini ushlab turgan. rioya qilib turgan38.
Parchani mif deb qarashimizga quyidagi omillar sababdir: qadimgi turkiylar yemi - ona, osmonni - ona deb tasavvur qilganlar. Inson bola- lari (qadimgi turkiylar) osmon va yeming nikohidan paydo bo‘lgan. Kul tigin bitiktoshidan olingan bu parcha kosmogonik mifning namunasidir. Bilga xoqon bitiktoshining boshlanmasida ham shu mif aynan takrora- nadi.
Kul tigin bitikoshining boshlanmasidagi mifga hamohanglik ko'pchilik turkiy eposlaming boshlanmasida, jumladan, xakaslaming “Altin arig‘”, yoqut xalqining “Er Sogotox” eposlarida ham uchraydi. Jumladan, “Er Sogotox”da “ona yer” iborasi aynan Kul tigin bitikoshi- dagi yemi ifoda etadi. Darvoqe, Kultigin bitiktoshi boshlanmasi qadimgi turkiy qavmlaming tarixiy voqealardan oldingi mifologik tasawurlari va inonch-e ’ tiqodlarinmg manzarasini yaratadi.
Mojoin chur bitiktoshining boshlanmasi Kul tigin va Bilga xoqon bitikoshlariniki singari mif bilan boshlanadi: Tangrida bo 'lmish, il it- mish bilga qag'an (0) - Tangridan bo‘lgan, davlatni barpo qilgan dono xoqon.
Kul tigin. Bilgan xoqon va Moyun chur bitiktoshlarining boshlanmasida afsonaviy epik ruhning borligiga sabab shuki, epik zamonning asosini mif tashkil qiladi. Mualliflaming maqsadi ilk davrdagi turkiy qavmlaming tarixini hikoya qilish edi. Tarixiy voqealar va mif bir-birini to‘ldiradi.n Mifning tarixiy voqealami tasdiqlash uchun kiritilishi ayni
ana shu o‘rinda o‘z ifodasini topadi. Mazkur mif kosmogonik miflaming namunasidir.
Qadimgi turkiylaming kosmogonik mifologiyasida quyosh va oy timsoli ham alohida ahamiyatga ega. Xususan, tongda chiqayotgan quyosh muqaddas sanalgan. Xoqon qarorgohining darvozasi sharqqa - quyosh chiqadigan tomonga qaratib qurilgan. Xitoy yilnomalarida qadimgi turkiylardagi boshqa muqaddas sanalgan samoviy jismlar qatorida “yetti sayyora” ham eslanadi. Urxun bitiktoshlarida makon sifatidagi yer to‘rt tomondan iborat bo‘lib, to‘rt burchak bilan chegaralangan. Bu holatda yer yuqoridagiday mifologik mazmundan xolidir : To ‘rt bulung qo ‘p yag'i armis (Ktu 2) - To‘rt tomon butunlay dushman ekan. Yoki to- monlar aniqlashtirilganda ham yeming to‘rt tomoni geografik cljegarala- nish ma'nosini iqoda etadi: О 'ngra qitaniyda, bariya tabg'achda, quriya qurdanta, yiraya og'uzda, aki uch bing sumuz, kaltachimiz bar mu na? (To‘n., 14) - Sharqda qitaniyga, janubda tabg'achga, g‘arbda qurdanga, shimolda o‘g‘uzga ikki uch ming lashkarimiz (bilan) boraylikmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |