O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Urxun-Yenisey yozuvi yodgorliklari Turk xoqoniigining tashkil topishi. Turk xoqonligidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat



Download 2,17 Mb.
bet17/237
Sana11.03.2022
Hajmi2,17 Mb.
#489443
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   237
Bog'liq
O'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Urxun-Yenisey yozuvi yodgorliklari
Turk xoqoniigining tashkil topishi. Turk xoqonligidagi
ijtimoiy-siyosiy vaziyat

Reja:

  1. Turk xoqoniigining tashkil topishi haqida qisqacha ma’lumot.

  2. Turk xoqonligi va Eron o‘rtasidagi munosabatlar.

  3. Turk xoqonligi bilan Sharqiy Rum davlati o‘rtasidagi munosa­batlar.

  4. Urxun-yenisey yodgorliklari - qadimgi turkiy adabiyotning na- munasi.

  5. Kul tigin bitiktoshi.

  6. Kul tigin bitiktoshida xoqonlar obrazi.

  7. Bilga xoqon bitiktoshi.

  8. To‘nyuquq bitiktoshi.

  9. Moyun chur va Kuli chur bitikoshlari.

  10. Yenisey yozma yodgorliklari.

Tayanch so‘z va iboralar: yodgorliklar, turk xoqonligi, jujanlar, oq xunlar, sosoniylar sulolasi, urxun va yenisey yozuvi, Kul tigin bitik­toshi, Bilga xoqon bitiktoshi, To ‘nyuquq bitiktoshi, janrlar.
Urxun-yenisey yozma yodgorliklarining topilish tarixi, bu yodgor­liklar yuzasidan XV111-X1X asrlarda bo‘lib o‘tgan munozaralar, bu yodgorliklaming o‘qilish tarixi to‘g‘risida jahon turkiyshunoslari, jum- ladan, o‘zbek olimlari ham qator ishlami amalga oshirganlar. Biz bu o‘rinda qadimgi turkiy yodgorliklaming yaratilishiga sabab bo‘lgan tari- xiy sharoit va madaniy muhit to‘g‘risida qisqacha to‘xtalamiz.
Ma’lumki, turk xoqonligi barpo bo‘lmasdan oldingi Markaziy Osi- yoning ijtimoiy-siyosiy tarixi jujanlar (manqurtlar) tarixi bilan ham bogTiq. Lekin ungacha ham turkiy qavmlar Markaziy Osiyoning turli hududlarida xonliklarga uyushgan, siyosiy jihatdan esa tarqoq holda yas- hardilar. Bu qavmlami jujanlar temir qurollar yasashga, turmushda ke- rak bo‘ladigan ashyolar yasashga majbur qilardilar. Jujan xonlari turkiy qavmlami “temirchi qullarim” deb haqoratlardilar. Jujanlar asoratidan qutulish uchun 535-yili boshlangan harakat 545-yilga kelib kuchaydi. Turkiy qavmlar g‘arbiy To‘ba sulolasi bilan hamkorlikda jujanlarga qarshi kurashga otlandilar. Lekin jujanlar bilan urush boshlash uchun bir bahona kerak edi. Ashin urug‘ining yo‘lboshchisi Bo‘min jujanlar xoni Aynag‘ayning qiziga sovchi jo'natdi. Bo‘minning xatti-harakati Aynag‘ayga haqorat bo‘lib tuyuldi va Bo‘minning elchilari orqali unga haqoratomuz javob berdi. Bo‘minga aynan shu javob kerak edi. Bo‘min yaqtni qo‘ldan boy bermay, jangga otlandi. Tez orada Bo‘min Aynag‘ay- щ tor-mor qildi. Bu voqea 551 -yilda yuz bergan edi.
Bo‘min jujanlar asoratidan qutulgandan keyin, u Turk xoqonligiga tsos soldi. Turk xoqonligijudakattahuducdii- Shimoliy Mo‘g‘ulistondan tortib Amudaryogacha bo‘lgan joylami o‘z ichiga olgan edi. Shuncha katta davlatni markazdan turib boshqarish qiyin edi. Shu boisdan Bo‘min Xoqon Istamini yabg‘u unvoni bilan Turk xoqonligining g‘arbiy qismini O‘rta Osiyo qismini boshqarish uchun jo‘natdi. (Yabg'u so‘zi harbiy unvonni bildiradi, bu unvon Kushon imperiyasidan davom etib kelgan bo ‘lib, turkiylar oq xunlar sulolasidan o‘zlashtirganlar. Yabg ‘u - g'arbiy Turk xoqonligida oliy unvonning nomi bo‘lib, ko‘pincha yabg ‘u qag ‘an tarzida ham qo‘llanadi. Bundan ma'lum bo'ladiki, yabg‘u - xoqonga tengdir.) 0‘zi esa xoqonlikning sharqiy qismini boshqarish uchun Qora- qurum shahrida maskan topdi.
“Turk” degan nom Turk xoqonligi tashkil bo‘lmasdan ilgari ham turkiy tilda so‘zlashadigan, irqiy va urf-odatjihatidan bir-biriga o‘xshash yoki yaqin turkiy hamda turkylashgan (masalan, qitaniylar) qavmlaming giyosiy birlashmasini bildirgan. Turk xoqonligi davrida bu jarayon o‘z rasmiy maqomiga ega bo‘ldi. Shuningdek, qadimgi turk davrida turkiy qavmlar yagona nom bilan ко ‘к turklar deb yuritiladigan bo'ldi. Ko‘k turk - ilohiy turk deganidir. Turkiy qavmlar yaratgan mifga ko‘ra, ular osmonni - ota, yemi ona deb tasawur qilganlar. Shu bois o‘zlarini har osmon bolalari deb aytardilar va ko‘k turk degan mifologik nom ular- nmg rasmiy nomiga aylanib qoldi. Garchi turk yoki turkiy degan nom milodiy V asrlardan qo‘llana boshlagan bo‘lsa ham, hamma qavmlar va talqlaming kelib chiqishi kabi, etnik jarayonning shu davrdan boshlan- ganini ko‘rsatmaydi, balki turkiy qavmlar qadim zamonlardan beri bor va ulaming qavm sifatida mavjudligini ashyoviy dalillar - arxeologik yodgorliklar tasdiqlaydi. O‘rta Osiyo, Oltoy, Qozog‘iston kabi tarixi qa­dim o‘lkalardan topilgan inson suyaklari, turmushga oid ashyolar, yozuv madaniyati shunday dalillardandir.
Bo‘min xoqon 552-yili olamdan o‘tdi. Ota vafotidan keyin, qadim­gi turk xoqonligi qonunlariga binoan, to‘ng‘ich o‘g‘il Qoraxon taxtga o‘tirdi. Lekin oradan bir yo‘l o‘tar-o‘tmas, Qoraxon ham olamdan o‘tdi. Uning vafotidan keyin o‘rtancha o‘g‘il Mug‘an Turk xoqonligi taxtiga o‘tirdi.
Mug‘an xoqon o‘tgan barcha turk xoqonlari orasida o‘zining g‘ayratli, aqlli, hushyor va harbiy sohada ham, diplomatiya sohasida ham tadbirli xoqon ekani bilan alohida ajralib turardi. Shu sababli u dun- yoga mashhur xoqon bo‘lib dong taratdi. Mug‘an xoqon taxtda o‘tirgan yillar (554-574) Ko‘k turk xoqonligi qudratli bir pallaga kirdi.

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish