Yigit kishi shunday bo’ladimi?
Kun odatdagidek boshlandi,tongda musiqa eshitib kun davomida kayfiyatim yaxshi bo’lishini taminlayman.O’sha kuni ham shunday bo’ldi,musiqani baland qilib rasqga tushayotgandim.Shunda xonam eshigi taqilladi,bu yotoqxona komendant edi.U aytdiki : musiqani pasaytir,yotoqxona tekshiruv keladi xonangni yig’ishtir.Xop deya aytganini bajardim.Keyin esa inistituga darsga kirib chiqdim.Keyin kutibxonaga kitob olish uchun bormoqchi bo’ldim.Oxirgi paytlarda Robin Sharmaning O’z ferarisini sotgan rohib asarini o’qishni o’ylab yurgandim va aniq maqsadda yo’lga chiqdim.Bekatga chiqib avtobus kuta boshladim,afsuski avtobus juda kech keldi, havo juda issiq edi kutish toliqtirgan edi. Va nihoyat avtobus keldi deb turgan edim u avtobusni ko’pchilik kutib turgan ekan , shu bois unga chiqishni iloji bo’lmadi va keyingisi kutishga to’g’ri keldi.Yana biroz vaqt kutdim va keying avtobus ham yetib keldi.Unga chiqib men bormoqchi bo’lgan kutibxona tomon yo’lga chiqdim lek u avtobus kutubxonacha bormas edi, undan tushib kutibxonaga piyoda yo’l oldim.Yo’lda ham shu musiqa eshitib kaayfiyatimni ko’tarib borardim.Nihoyat kutibxonaga yetib keldim,ming afsuski menga kerak kitob u yerda yo’q ekan yaxshiyamki yana bir kutibxonani bilardim.U yerda menga kerak kitob bor ekan. Uni sotib olib keyingi safar qaysi kitobni olish uchun kitoblarni qidirdim. U yerda YULDUZLAR AYIBDORMI , MUHABBAT MASOFASI nomli kinolarni kitoblari bor ekan , ularni olishni istadim ammo bu unchalik yaxshi emas, ulardan ko’ra yaxshiroq kitoblar bor albbat ularni o’qiyman deya u yerdan chiqib ketdim.Men sotib olgan kitobni o’sha ona yoq o’qishni hohladim va bog’ga kirib , o’rindiqga o’rnashib olib kitobni mutolaa qilishni boshladim.Avval kitobni birinchi mavzusini o’qib shunday xuolasaga keldim : kitob uncha yaxshi emas ma’nosi yo’q ekan.Keyin esa davomidan o’qiy boshladim.Kitobdsgi voqealar meni hayratga sola boshladi, kitobni qizish bilan o’qiy boshladim.Shu payt bir bola yonimga kelib sizni yonizda o’tirsam bo’ladimi dedi.Sababi men o’tirgan o’rindiga archalarning soyasi tushib, mayin shaboda esib , havo issiqlini bildirmas juda ajoyib havo bo’layotgandi, shu bilan birga atrof juda chiroyli,hushmanzara edi.Men mali deya nga ruhsat berib kitob o’qishda davom etdim.U bola telefon o’ynar ba’zida o’ziga-o’zi gapirar edi,men e’tibor bermay o’qiyverdim.Shu payt qizil futbolka qora shim oyog’iga qora poyavzal kiygan chamasi qirq yoshlardagi bir kishi kelib : telefoningni berib tur telefon qilib olay dedi. Boshqa viloyatdan kelib o’qiyman ota onam begana odam telefon qilib olay berib tur desa berma shaharda ular o’g’ri bolishi mumkin,u yer senga qishloq emas deya jo’natishgan shu bois anavi kishiga telefonimni puli yo’q deb aytishga tog’ri keldi va anavi boladan so’radi u bola ham meni javobimni aytdi.Shunda anavi menga ham hali ishing tushadi deya ketdi.Men yana kitob o’qishda davom etdim, bolakay esa telefon o’ynardi.Biroz vaqtdn keyin bolakay ketdi.Men esa hamon kitob o’qirdim, kitob juda meni o’ziga rom qilib qo’ygandi.Kitob o’qib o’tirardim,uzoq qndaydir ovoz keldi.Atrofga qarasam bir devona kelyotgandi o’ziga o’zi gapirib.E’tibor bermay kitobni o’qiyverdim.Shu onda u meni yonimga keldi, u devona yigit taxmin yigirma besh-o’ttiz yoshlarda edi. Anavi ukam menga besh ming so’m berdi, sizdan avtobusda ikki ming so’rasam bermadiz dedi,men esa men bilan endi ko’rishib turibmiz dedim. U bo’lsa ha uzr dediyu ochiqdan ochiq emas-ku ammo pul so’rashni boshladi ,men esa aka to’g’ri tushinasiz talabalik daya aytdim.U bo’lsa ha tushinaman men talaba bo’lganman, jimson tarbiya va konservatoriyada o’qiganman deydi , aslida u bir bekorchi odamga o’xshardi. Shundan keyin ham u gapiraverdi men kitob o’qib undan e’tiborimni olib qochdim, keyin ketdi. Men esa meni o’ziga jalb qilgan kitobni o’qishda davom etdim.Birozdan so’ng yana ovozlar eshitib qoldim qarasam yana o’sha Devona boshqalarni halovatini buzib yuribdi.Men esa ham kitob o’qirdim.Kitobdagi voqealar shunday edi : bir advakat sud jaroyonida yurak xuriji tutib qoladi(uning ismi JULION o’ta boy bo’ladi)shunda uning Jon ismli yordamchisi tez yordam chaqiradi. Bu voqea advakatni hayotini butkul o’zgarib ketarkan.Men soatimga qarasam ancha kech bo’ib qolibdi,shu bois uyga qaytmoqchi bo’ldim.Bog’dan chiqib ketishda anavi qizil futnolkali kishi va haligi Devona yigit birga maysani ustida gapalshib yotishibdi.Tushinishimcha ular birgalikda bu ishni kelishgan holda qilishgan deya o’yladim. Yo’lda ketib borar ekan hayolim o’sha ikkalasida.Ikkisini ham mendan ancha katta .Ular tengi erkaklar oilsini ota onasiga g’amxo’rlik qilib ota onai haj safariga jo’natishyapti. Ular esa ko’chada tilamchilik qilib yuribdi, garchand ular ayni kuch-quvvatga to’lgan payti.Nahotki to’rtmunchasi sog’ bo’lgan erkak shunday ish qilib yursa.Bunday erkak kishiga also to’g’ri kelmaydi.
Ming afsuski tan olish kerak bu holat bizning zamonaviy hayotimizda odatga,oson pul topishga aylanib ulgurdi. Agar ko’chada yursangiz bunday holatni kuniga minglab ko’rasiz.Barchamiz kuch quvattimizdan to’g’ri foydalanaylik , ayniqsa erkaklar.Xudo har bandaning o’ziga bersin.
Do'stlaringiz bilan baham: |