Amaliy mashg’ulot materiallari 1- amaliy mashg‘ulot



Download 140,5 Kb.
bet1/4
Sana05.12.2022
Hajmi140,5 Kb.
#879005
  1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot


AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI
1- AMALIY MASHG‘ULOT
O’rxun yozuvi va uning yodgorliklari. Enasoy va Talas yodgorliklari. Uyg‘ur yozuvi va uning bitiktoshlari.
Reja:
1. Yozuvning paydo bo’lishi va o’zbek yozuvlari tarixi
2. O’rxun yozuvi yodgorliklari va ularning topilishiga doir izlanishlar
3. Uyg’ur yozuvi yodgorliklari va ularning topilishiga doir izlanishlar
4. O’rxun va uyg’ur yozuvi bitiktoshlarining til xususiyatlari
Darsning shiori: “Zamonaviy ilm-fan yutuqlariga, innovatsiyon g’oyalarga tayanmagan davlatning ham, jamiyatning ham kelajagi yo’q”. Sh. M. Mirziyoyev
Ishdan maqsad: O’rxun yozuvi, Runik yozuv, Enasoy, Talas va uning yodgorliklariga doir ma’lumotlarni talabalarga singdirish hamda ularning mavzuga doir bilim, ko’nikmalarini o’stirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Uyg‘ur yozuvi va uning bitiktoshlariga doir qadimgi ma’lumotlar asosida talabalarning bilim, ko’nikmalarini mustahkamlash.

Qadimgi turkiy til davri barcha turkiy urug’ va qabilalarning umumiy tili sifatida VII-XIII asrlarni o’z ichiga oladi. Qadimgi turkiy til o’zining kelib chiqishi va rivojlanishi jihatidan oltoy va xun tili davrlari bilan uzviy ravishda bog’langan. Bu davr tili haqida B.Ya.Vladimirtsov quyidagi fikrlarni bayon qiladi: «…mo’g’ul tili turk va tungus tillari bilan birga o’zlarining bir umumiy ajdodiga ega bo’lganki, uni shartli ravishda oltoy tili deb atash mumkin. Oltoy tili hozircha ma’lum emas, ya’ni oltoy tilining rivojlanishi jarayonida tashkil topgan mo’g’ul, turk, tungus tillari ma’lum. Bu davr turkiy tillar taraqqiyotining birinchi, eng qadimgi bosqichi bo’lib, fanda u oltoy til birligi nomi bilan yuritiladi. Bu davrda hali turkiy tillar mo’g’ul tillaridan mo’g’ul tillari esa, o’z navbatida, tungus-manchjur tillaridan ajralib chiqmagan edi, ular bir til birligi sifatida qo’llanar edi. SHunday qilib, qandaydir eng qadimgi tilning bo’lganligi taxmin qilinadi. Bu tilga xos umumiy leksik, fonetik va grammatik belgi-xususiyatlar esa hozirgi mo’g’ul, turkiy va tungus-manchjur tillarida saqlanib qolgan».1


O’rxun-Enasoy yodgorliklari, asosan, toshlarga o’yib bitilgan yozuvlardan, idish, tangalar kabi buyumlarda va qog’ozlarga yozilgan bitiklardan iborat bo’lib, bir qancha vaqtlar olimlar uchun o’qilishi jumboq bo’lib qoladi. Shunga ko’ra, u qadimgi skandinav-german tillariga oid run, runiy (runa-sirli, yashirin demakdir) yozuvi nomi bilan ham yuritiladi. Faqat XIX asrning 90-yillarida bu yozuvni dastlab daniyalik olim V.Tomsen va rus turkshunosi V.V.Radlov o’qiydilar. Ular bu yodgorliklarning til xususiyatlari turkiy xalqlarga tegishli ekanligini aniqlab beradilar. SHundan keyin ko’p yillar davomida bu yozuvlarni tarjima qilish, til xususiyatlarini o’rganish va nashr etish sohasida katta ishlar qilindi.Bu bitiktoshlar VII-VIII asrlarga tegishli bo’lib, turk xoqonligi davrida runiy yozuvda bitilgan. Ular grafik jihatdan bir-biriga ancha yaqin turadi. Sug’diy yozuvi asosida paydo bo’lgan qadimgi turkiy run yozuvi G’arbiy va SHarqiy turk hoqonligida keng tarqalgan edi.
Eramizning 745 yilida turk hoqonligini bosib olgan uyg’urlar davlati, asosan, ilgari SHarqiy turk hoqonligi tarkibiga kirgan qabilalarni birlashtirar edi. G’arbiy turklarning ajralib ketishi uyg’urlar davlatini kuchsizlantiradi. Buning natijasida 840 yilda uyg’ur davlati qirg’izlar tomonidan bosib olinadi. Qirg’izlar hukmronligi X asrgacha davom etadi. Ammo o’zining birligini, ittifoqini yo’qotgan ko’pgina uyg’ur qabilalari qirg’izlar hujumidan keyin g’arbga yo’l olib, o’z mustaqil davlatini tuzadi, bir qismi esa qarluqlar tomoniga ketadi.
XIX asrning biri nchi choragida «Сибирский вестник» («Sibir xabar-lari») jurnalida Grigoriy Spasskiyning Enasoy yodgorliklari haqida maqo-lasi bosiladi. Bu maqola lotin tiliga tarjima qilinib, ko'p mamlakatlarning olimlariga ma'lum bo'ladi. Lekin turli mamlakat olimlari uni turlicha talqin qila boshlaydilar.1890 yilda Fin-Ugor ilmiy jamiyati O'rxun daryosiga arxeologik ekspe-ditsiya uyushtiradi. 1891 yil esa Rossiya Fanlar akademiyasi akademik V.V.Radlov boshchiligida O'rxunga katta ekspedisiya yubordi. 1892 yilda bu ekspedisiyaning ish natijalari ikkita atlas holida nashr qilinib, ularda noma'lum yozuv yodgorliklarining surati, ular topilgan joylarning tarhi, xaritasi va boshqa ma'lumotlar berilgan edi.
Yodgorliklarning birinchi bo'lib daniyalik olim Vilgelm Tomsen o'qishga muvaffaq bo'ldi. U bu yodgorlik-larni o'qishda turli alfavitlarga tayanmay, ishni harflarning o'zaro nisbati va o'xshashliklarini aniqlashdan boshladi. Turkiy tillardagi ba'zi bir tovushlar-ning qator kelish yoki kelmaslik holatini o'rganib, uni yodgorlikka solishtirib ko'rdi. U yodgorlik yozuvini chapdan o'ngga qarab emas, balki o'ngdan chapga qarab o'qish kerakligini aniqladi. V.Tomsen birinchi bo'lib turk, tangri so'zlarini o'qib, mazkur yodgorlik turkiy halqlarga tegishli degan xulosaga keldi. 1893 yilning 25 noyabrida deyarli barcha harflarni aniqlab yodgorliklarning «siri»ni ochdi. Bu orada akademik V.V.Radlov ham 15 ga yaqin harflarni o'rganib ulgurgan edi.V.V.Radlov o'zining va V.Tomsenning kashfiyotiga tayanib, O'rxun daryosi atrofidan topilgan bir necha yodgorliklar matnini birinchi bo'lib tarjima qildi.Shunday qilib, Daniya olimi V.Tomsen ikki so'zni oldin o'qigan bo'lsa-da, ayni bir vaqtda rus olimi V.V.Radlovning ham bu yozuvlarni o'qishda xizmatlari kattadir. Shunga ko'ra, ushbu yozuvlarning birinchi bo'lib o'qish va izohlab berish sohasida har ikki olimning xizmatlari ham bir xil baho-lanadi.Keyinchalik O'rxun-Enasoy yozuvining yangi-yangi yodgorliklari topildi, o'rganildi va aniqlandi.Umuman, O'rxun-Enasoy yodgorliklarini tekshirish va o'rganishda V.Tomsen, V.V.Radlov, P.M.Melioranskiy, A.Geykel, S.Y.Malov kabi rus va chet el olimlarining xizmatlari juda kattadir. Hozirgi vaqtda ularning ishlarini yangidan yetishib chiqqayotgan yosh va iqtidorli olimlar muvaffaqiyat bilan davom ettirmoqdalar.O'rxun-Enasoy yodgorliklari xos ayrim leksik birlik va grammatik shakllarni hozirgi o'zbek, uyg'ur, ozarbayjon, qirg'iz, qozoq, turkman, qora-qalpoq, tatar, boshqird, qorachoy, bolqar va boshqa turkiy tillarda uchratish mumkin. Shunga ko'ra, S.Y.Malov ta'kidlaganidek, bu yodgorliklar ko'p-chilik turkiy tillar tarixini o'rganishda mushtarak bir manba sifatida juda katta ahamiyat kasb etadi.Qisqasi, O'rxun-Enasoy yozuvi turkiy xalqlarning eng katta madaniy yodgorliklaridan hisoblanadi. Ayni vaqtda ushbu yozuv turkiy xalqlarning jahon xalqlari orasida eng qadimiy va yetuk madaniyatga ega bo'lganligidan dalolat beradi. Ko'rinadiki, mazkur yozuv ham tarixiy, ham siyosiy, ham madaniy jihatdan beqiyos o'rin tutadi.

1.1-rasm O‘rxun-Enasoy obidalaridan na’muna


O‘rxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va o‘rganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqda dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Messershmidt yodgorliklarni Yevropa ilm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar.
Dastlab, O‘rxun, Selenga va To‘li daryolari atrofidan – Shimoliy Mo‘g‘ulistondan toshga bitilgan obidalar topildi. Enasoy daryosi qirg‘oqlaridan ham shunday yodgorliklar topilgan. Ular keyinchalik O‘rxun-Enasoy yodgorliklari nomini oldi.
Bu yozuvni dastlab V.Tomsen o’qidi. U 1893 yil 15 dekabrda Daniya fanlar akademiyasi majlisida O’rxun daryosi bo’yidan topilgan yodgorliklarning sirini topganligini ma’lum qildi va bu yodgorlik turkiy xalqlar tilida yozilganligini bildirdi. 1894 yil 19 yanvarida V.Radlov «Kultegin» sharafiga qo’yilgan yodgorlikning tarjimasini beradi. R.Melioranskiy 1899 yilda uning qayta tarjimasini beradi. O’rxun-Enisey yodgorliklari o’z navbatida yana , uch tarmoqqa bo’linadi.2
1. Enisey yodgorliklari. Bu hozirgi Enisey va Tuva avtonom viloyatidan topilgan yodgorliklardir.
2. O’rxun yodgorliklari. Mo’g’uliston territoriyasidagi O’rxun daryolari bo’yidan topilgan Kultegin, To’nyuquq yodgorliklardir.
3. Talas yodgorliklari. Hozirgi Jambul viloyatidan topilgan yodgorliklardir.
Qadimgi turkiy tilning run yozuvida bitilgan yirik namunalari quyidagilardir:
1. Kultigin bitiklari. Bu bitiktosh Eltarish o’g’li Bilga Hoqonning inisi Kultigin sharafiga qo’yilgan.
2. Bilga hoqon bitiktoshi. Bu marmar Eltarish hoqonning o’g’li Kultiginning og’asi Bilga hoqon sharafiga 735 yilda qo’yilgan.
3. To’nyuquq bitiktoshi. Bu yozuv yodgorligi ikkinchi turk hoqonligining asoschisi Eltarish hoqon va uning xotini Elbilga xotun sharafiga, so’ngra Qapag’an hoqon sharafiga qo’yilgan deb taxmin qilingan edi. J.Klosson bitikning ayrim erlariga tuzatish kiritib, yuqoridagi fikrlarning noto’g’riligini isbotladi va bitiktosh Qapag’on bilan Bilga hoqonlarning sarkardasi Eltarishning sharafiga qo’yilgan degan qarorga keldi.
5. Kulichur bitiktoshi. Bitiktoshni 1912 yilda polьshalik professor V.Kotvich Mo’g’ulistonning Ulan-Bator yaqinidagi Ixe-Xushotu manzilidan topgan.
6. Moyunchur bitiktoshi. Buni fin olimi G.I.Ramstedt 1909 yilda SHimoliy Mo’g’ulistonda Selenga daryosi va SHineusu ko’liga yaqin erda topgan. Bitiktosh 759 yilda qo’yilgan deb taxmin qilinadi. Qadimgi turkiy tilning taxminan V-X asrlarda vujudga kelgan
Mazkur obidalarning topilishi O`rxun hamda Enasoy daryolarining havzalari bilan bog`liq. Garchi bunday qadimiy obidalar keyinchalik Sibir va Mo`g`ulistonning boshqa joylaridan, Sharqiy Turkiston, O`rta Osiyo, Kavkaz, Volga-bo`yi, hatto Sharqiy Yevropadan ham topilgan bo`lsa-da, tarixda bu nom muqim o`rnashib qoldi. O`rxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va o`rganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezovbu haqda dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti logann Strallenberg, olim Messershmidt yodgorliklarni Yevropa ilm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar.
Dastlab, O`rxun, Selenga va To`li daryolari atrofidan — Shimoliy Mo`g`ulistondan toshga bitiJgan obidalar topildi. Ular O`rxun yodgorliklari nomini oldi. Enasoy daryosi qirg`oqlarida topilgan yodgorliklar ham shu nom biJan ataladi.Yodgorliklar topilganidan keyin ularni o`qish, o`rganish muammosi ko`ndalang bo`ldi. Ammo bu ish deyarli bir yarim asr mobaynida hech kimning qo`lidan kelmadi. Nihoyat, 1893-yildagina ularni o`qish uchun dastlabki qadam qo`yildi. Shu yili daniyalik olim Vilgelm Tomson va rus olimi V. Radlovlar yodgorliklardagi barcha harflarni o`qidilar. Shundan so`ng ularni jiddiy o`rganish boshlandi.
O`rxun-Enasoy obidalari «tosh bitiklari» deb ham yuritiladi. Buning sababi ko`pgina yodgorliklarning qabr toshlariga o`yib yozilganidadir. Qadimgi turkiy obidalarning asl manbalari topilgan joylar: O`rxun va Enasoy daryolari atroflari, Turfon (Sharqiy Turkiston), Osiyo va Yevropaningko`pginajoylaridir. Shunga ko`ra ularning Mo`g`uliston, Germaniya (Berlin, Marburg, Mayns), Rossiya (Sankt-Peterburg, Qizil, Minusinsk), Xitoy Jurfon, Urumchi, Miran Suchjoy, Pekin), Buyuk Britaniya (London), Fransiya (Parij), Shvetsiya (Stokgolm), O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`izistonda saqlanishi kuzatiladi.
Ma`lumki, turkiy xalqlar o`z davlatiga ega bo`lgan eng qadimgi dunyo qavmlaridan biridir. O`rxun-Enasoy obidalari ana shu tarixni badiiy tarzda hikoya qiladi. Ular O`rta Osiyodan boshlab Dunaygacha bo`lgan ulkan hududda o`z davlatlarini idora qilishgan. Yodgorliklar, asosan, VI—VIII asr voqealarini aks ettiradi.
V—VI asr o`rtalarida dunyo xaritasida Turk xoqonligi degan mamlakat yuzaga kelgan. Bu mamlakat O`rta Osiyo, Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Oltoy o`lkalaridagi turli qabila va xalqlarni birlashtirgan edi. Bu yerlar geografik jihatdan nihoyatda qulay, buning ustiga Yevropa va Sharqiy Osiyoni bog`lab turuvchi «Buyuk ipak yo`li»ning ustida edi. Shu-ning uchun ham turkiylar yashaydigan manzillarga qiziqish katta bo`lgan.
Turli qabila va elatlarning doimiy hukmronlikka intilishi odatdagi hol edi. Bundan dushmanlar ham foydalanishga harakat qiladilar. Tashqi dushmanga qarshi hamkorlikda kurashish qabila va elatlarning birlashishiga olib keldi va 545-yilda Turk xoqonligi yuzaga keldi. Bu xoqonlik VIII asrgacha hukmronlik qildi.
Tosh bitiklarning katta qismi ana shu xoqonlikning o`ziga xos badiiy solnomasidir. Ularning hajmi anchayin ulkan.
Jumladan, «To`nyuquq» bitiktoshi 2 ta ustunga yozilgan. Ularning biri 170, ikkinchisi 160 sm dan iborat. Bu yodgorlikni Yelizaveta Klemens 1897- yili Shimoliy Mo`g`ulistonda eri Dmitriy Klemens bilan birgalikda izlab topgan. Bitiktosh Ulan-Batordan 66 km janubi-sharqdagi Bain Sokto manzilida bo`lgan va hozir ham shu yerda saqlanadi.
«Kultegin» bitiktoshi marmardan ishlangan, balandligi 3 m 15 sm, qalinligi 41 sm, tub qismi 1 m 24 sm bo`lib, yuqoriga tomon torayib borgan. Yodgorlikni rus ziyolisi N.M.Yadrinsev (1842-1894) 1889- yili Mo`g`ulistonning Kosho Saydam vodiysidagi Ko`kshin-O`rxun daryosi qirg`og`i-dan topgan. U Ulan-Batordan 400 km janubda, Qora Bal-g`asun shahri xarobalaridan 40 km shimolda joylashgan. Yozuvlar o`ngdan chapga va yuqoridan pastga qarab bitilgan.
«Bilga xoqon» bitigini ham N. M. Yadrinsev topgan. U Kultegin bitiktoshidan 1 kmjanubi-g`arbgao`rnatilgan. Uning bo`yi 3 m 45 sm, eni 1 m 72 sm, qalinligi 72 sm, bitiktosh ag`darilib, uchga bo`lingan va ayrim satrlari nurab, yozuvlari ham zarar ko`rgan. U 80 satrdan iborat. «Bilga xoqon» bitiktoshida «Kultegin» bitiktoshidagi 41 satr takrorlangan.
Yodgorliklarni butun dunyo turkiyshunoslari ilmiy jihatdan o`rganmoqda. V. Tomson va V. Radlovlardan keyin S. E. Malov, S. G. Klyashtorniy, I. V. Stebleva, H. O`rxun, T. Tekin, Najib Osim, G. Aydarov, o`zbek olimlaridan A. Rustamov, G`. Abdurahmonov, N.Rahmonovlar o`rga-nishgan.
Yodgorliklar hozirgi o`zbek tiliga bir necha marotaba o`girilgan. A. P. Qayumov «Qadimiyat obidalari» kitobida, G`. Abdurahmonov va A. Rustamovlar «Qadimgi turkiy til» kitoblarida o`sha yodgorliklardan namunalar keltirishgan.
Runiy yozuvdagi yodgorliklar faqat toshga bitilgan emas. ularning qog`ozga, turli buyumlarga yozilgan namunalari ham bor. Masalan, «Irq bitigi» («Ta`birnoma») qog`ozda yozilgan. Uni vengr olimi A. Steyn Sharqiy Turkistondagi Dunxua manzilidan topgan (1907- yil).
Run yozuvlari Talas vodiysidan ham topilgan. U hozirgi Avliyoota va Taroz shahri yaqinida bo`lgan qoyalardagi yozuvlardir.
Shuningdek, kumush ko`zachalarga yozilgan runiy yozuv-lar Sibir o`lkasidan ham topilgan. Ermitaj (Sankt-Peterburg)da saqlanayotgan 2 ta ko`zacha shu haqda ma`lumot beradi.
Minusinsk muzeyida esa teriga yozilgan runiy bitiklar mavjud. Oyna, qayish to`qasi, qog`ozga yozilgan boshqa runiy yozuvlar ham ko`p. Turfon (Sharqiy Turkiston)dan Le Kok tomonidan topil-gan runiy yozuvlar orasida eski fors tilidagi bitiklar ham mavjud.
Vena (Avstriya) muzeyida saqlanayotgan oltin idish-tovoqlarda ham runiy yozuvidagi yodgorliklar bo`lib, ular bajanaq (pecheneg) tilida yozilgan.
Yog`ochga yozilgan run bitiklari namunalari Ermitajda saqlanadi.
Yodgorliklar qaysi mavzularda bahs yuritadi? Bu mavzularning badiiy tahlili qay tarzda kechadi? Ularning ahamiyati nimada? Bu savollarga javob berish uchun bevosita obidalar matniga murojaat qilaylik.
So`zni «To`nyuquq» bitiktoshidan boshlaylik. To`nyuquq -shaxs nomi. U ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonining maslahatchisi va sarkardasi bo`lgan. To`nyuquq «Turk Bilga xoqon davlatida bu bitikni yozdirdim» deydi. Bilga xoqon Eltarish xoqonning o`g`li edi. Bitiktoshdagi voqealar To`nyuquq tilidan hikoya qili-nadi: «Men — Dono To`nyuquq erurman. Tabg`ach davlatida tarbiyalandim. Turk xalqi tabg`ach davlatiga bo`ysunar edi...» So`ng turkiylarning o`z erkini qo`ldan berib qo`yish-larining sababi aytiladi: «Turk xalqi boshboshdoqlikka, o`zibo`larchilikka, beparvolikka yo`l qo`ydi... o`zining xoni bilan birga bo`lmadi». Mustamlaka azobi, o`zga xalqlar yetkazgan zulm yodgor-likda qisqa va lo`nda, ammo nihoyatda ta`sirchan tarzda ifodalanadi: «...Tabg`achga taslim bo`lganligi uchun tangri, o`l degan shekilli, turk xalqi o`ldi, yo`q bo`ldi, tugadi. Turk Sir xalqi yerida birorta ham urug` qolmadi».
Ana shunday musibat xalqning birlashmog`ini, yakdillik bilan harakat qilmog`ini taqozo etar edi. Yodgorlikda To`nyuquq xalq yetakchisi, dono maslahatchisi, kuchli va botir sarkarda sifatida namoyon bo`ladi. U yetti yuz kishini birlashtirib, «shad» degan unvon oladi. Bu turk xoqonligidagi eng oliy darajadagi unvonlardan biri edi.
To`nyuquq Bo`gu Tarxon hamda Eltarish xoqonlar bilan birga mamlakat mustaqilligi, el-yurt farovonligi, yurt osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligi uchun tinimsiz kurash olib bordi. U bu kurashlarning oldingi safida edi. Ammo dushmanlar ham tinch o`tirmadi. Ular kuchlarni birlashtirish payiga tushishdi.
Tasvir davomida vaziyatning keskinlashib borishi, buning natijasida To`nyuquq shaxsiyatidagi kuchli nuqtalarning tobora kengroq ochilishini kuzatish mumkin. Xususan, buyuk sarkardalarga xos bo`lgan tavakkalchilik, dovyuraklik, jasorat, jur`at, ba`zan nihoyatda keskinlik, cho`rtkesarlik, ayni vaqtda bosiqlik, vazminlik xislatlari bu tasvirlarda aniq ko`rinib turadi. U katta tajriba egasi sifatida namoyon bo`ladi. («Xoqonim muvaffaqiyat qozongani uchun, men o`zim muvaffaqiyat qozonganim uchun davlat ham davlat bo`ldi, xalq ham xalq bo`ldi, o`zim chol bo`ldim, ulg`aydim».) To`nyuquq bahodir va jasoratli shaxsgina emas, ayni paytdao`z atrofidagilarning mustahkam jipsligini ta`min-laydigan, yagona maqsad yo`lida xalqni birlashtirishning uddasidan chiqadigan boshliq sifatida ham namoyon bo`ladi. U odamlarning ko`nglidan kechayotgan o`ylarni nozik darajada his etadi. Shu bilan birga, ularning qalblariga ta`sir etish yo`llarini ham yaxshi biladi. Shunga ko`ra, u Vatan va yurt taqdirini, xalqining kelajagini o`z qardoshlariga buyuk xavotir bilan yetkazganida oz sonli qo`shini harakatga keladi. Natijada ko`p sonli dushman tor-mor bo`ladi. To`nyuquq buyuk vatanparvar shaxs timsolidir. Uning o`z vatani, xoqoni, qo`shini, xalqi bilan faxrlanishi, ularning borligidan o`zini baxtiyor sezishi yodgorlik matniga puxta singdirilgan.

Download 140,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish