Uygʻur yozuvi — Sharqiy Turkistondagi turkiyzabon xalklarfoydalangan harftovush yozuvi; sugʻd yozuvi asosida paydo boʻlgan (sugd yozuvi, oʻz navbatida, qoz. ilmiy taxminlarga kura, oromiy yozuvi shakllaridan biriga borib taqaladi). Dastlabki yozma yodgorliklari 8-a. ga mansub. Uygʻur yozuvi da xarflar vertikal chiziq boʻylab yuqoridan pastga qarab yozilgan, yozuv ustunlari esa chapdan oʻngga tomon joylashtirilgan. Harfning soʻzdagi oʻrniga (boshi, oʻrtasi, oxiriga) qarab tegishli oʻrinlarda uning alohida shakllari qoʻllangan. Diniy asarlar, odatda, qatʼiy kitobiy yozuvda, rasmiy hujjatlar esa tez yozuvga asoslangan kursivda yozilgan.
Uygʻur yozuvi 9—13a.larda budda diniga sigʻinuvchi turkiy qabilalaroʻrtasida keng tarqalgan. Ushbu qabilalar islomni qabul qilganlaridan keyin bu yozuv astasekin arab yozuvi tomonidan siqib chiqarilgan, lekin Uygʻur yozuvi budda ibodatxonalarida 18-a.da ham qoʻllangan. 18-a. da Uygʻur yozuvi moʻgullar tomonidan oʻzlashtirilgan va hozirgi ham mavjud boʻlgan moʻgʻul yozuvishakllangan; Uygʻur yozuvi asosida manjur yozuvi xam yaratilgan.
Hozir uyg’ur yozuvi nomi bilan mashhur bo’lgan yozuvni Maxmud Qoshg’ariy turk yozuvi deb atab, uning alifbosini quyidagicha tafsif qiladi: "Turk tillarida ishlatidadigan harflarning hammasi o’n sakkizta asosiy (o’zak) harfdan iboratdir. Undan tashqari yettita tarmoq harf bo’lib, ular yozuvda aks etmagan, biroq (ba’zi) so’zlar ulardan xoli bo’lmaydi. Bular jarangsiz bo(p) va boshqalar..." Uyg’ur yozuvi, so’g’d yozuvi va so’g’d yozuvi oromiy yozuvidan paydo bo’lganligi uchun, u O’rxun yozuviga nisbatan turkiy tillarnipg fonetik xususiyatini o’zida yaxshi aks ettirmagan. uyg’ur yozuvi o’ngdan chapga va harflar bir-biriga ikki yoki bir yondosh qo’shib yoziladi. SHuning uchun har bir harf uch elementdan iborat. Birinchisi asosiy element bo’lib, bu harflarning hamma ko’rinishlarida saqlanadi va tovushni shu element ifodalaydi. Ikkinchisi, ulagich chiziqchalardan iborat bo’lib, bular harflarni harflarga qo’shish paytida paydo bo’ladi. Uchinchisi, tugallovchi chiziq bo’lib, bu harfning alohida yoki oxirgi ko’rinishida o’zak negiz va qo’shimchalar oxirida paydo bo’ladi.
Uyg’ur yozuvida bitilgan yodgorliklarning eng muhimlari quyidagilardir:
1. Xuastuanift (monaviylarning tavbanomasi). Bu yodgorlikning uch nusxasi bor, ular Sankt-Peterburg, Berlin va Londonda saqlanadi. Turfondan topilgan Sankt-Peterburg nusxasi uyg’ur yozuvida bitilgan. Turfondan va «Ming budda g’ori» ibodatxonasidan topilgan Berlin va London nusxalari monaviy yozuvi bilan bitilgan bo’lib, uning til xususiyatlarini aks ettiradi. Bu yodgorliklarni 1910-1911 yillarda ingliz olimi Le Kok Berlin Londonda nashr ettirgan. L.V.Dmitrieva 1963 yilda uni lotin alifbosida ruscha tarjimasi bilan nashr ettirdi.
2. SHahzodalar Qalyanamqara va Papamqara haqida qissa. Bu yodgorlikning matni 1914 yilda frantsuz olimi P.Pello tomonidan frantsuzcha tarjimasi bilan nashr ettirilgan.
3. Oltin yoruq. Asli qadimgi hind-sanskritcha «Suvarnaprabhasa» (oltin jilo). Budda diniga oid bo’lgan sutra (muqaddas kitob)ning turkiy tarjimasi bo’lib, qisqacha «Oltun yoruq» nomi bilan yuritiladi. U X asrda beshbaliqlik Singku Seli Tutung tomonidan turkiy tilga o’girilgan. Bizgacha uning 10 ga yaqin nusxasi etib kelgan. 1909-1917 yillarda rus turkshunosi S.E.Malov Suchjou shahriga yaqin Vungshagudan topgan va 1913-1917 yillarda nashr ettirgan (V.V.Radlov bilan birga) nusxa boshqalarga nisbatan mukammalroq bo’lib, Sankt-Peterburgga saqlanadi.
4. Sekiz yukmak. Turfondan topilgan bu yodgorlik matnini nemis olimlari V.Bang, A.Fon Gaben va turk olimi G.R.Rahmatiylar 1934 yilda Berlinda nashr ettirganlar. Bulardan tashqari, uyg’ur yozuvida yozilgan bir qancha obidalar, turli afsonalardan olingan parchalarning matnlari bitilgan yodgorliklar bor. SHuningdek, VIII-X asrlarga va keyingi davrlarga oid juda ko’p uyg’urcha yuridik-huquqiy xujjatlar ham mavjud. Bu yodgorliklarda ham adabiy til, ham xalq so’zlashuv tili xususiyatlari aks etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |