O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)



Download 2,17 Mb.
bet173/237
Sana11.03.2022
Hajmi2,17 Mb.
#489443
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   237
Bog'liq
O'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Garchi shariatta chu begonamen,
Ahli tariqat bila hamxonamcn.
Balki haqiqat(din) ayurman xabar,
Ahli dil topsamu sohib nazar.
Sozlar munozarasi”da Ahmadiyning e’tiqodi va maslagi na- moyon bo‘lishi. Yuqorida biz Ahmadiyning e’tiqodi va maslagi haqida qisqa so‘z yuritgan edik. Shoirning e’tiqodi va maslagi Tanbura bilan boshqa musiqa asboblari, ayniqsa, Rubob, G‘ijjak bilan bo‘lib o‘tgan bahsda va “Kitob xotimasi”da aniq ochiladi. Bu baytlarda tasawuf mas- lagiga mansub shariat, tariqat va haqiqat ah Hari to‘g‘risida so‘z ketyapti.
Bu har uchalasi bir-biriga bog‘liq. Ammo baytlardan anglashilishicha, Rubob shariatni bosib o‘tmasdan o‘zini tariqatga mansub deb qaraydi. Aslida tariqat ahli shariat ahlini aslo inkor etgan emas. Shariat tasavvuf- ning muhim va zaruriy qismi deb qaralgan. Har uchalasi ham ma’naviy tarbiyaning bosqichlari. Suluk yo‘liga kirgan odam har uchalasini bosib o‘tishi lozim. Bir so‘z bilan aytganda, shariat - qat’iy intizom, avomga ham, xosga ham birday tegishli. Tariqat shariatni ham o‘z ichiga oladi. Ammo u shariatdan oldinga ketadi. Buyuk mulasavvutlarning hammala- ri buni e’tirof etganlar. Ahmad Yassaviyning nuqtai nazari bo‘yicha ham shunday: biri ikkinchisisiz bo‘la olmaydi:
Har kim qilsa tariqatni da’vosini
Avval qadam shariatga qo'ymoq kerak.
Shariatning ishlarini ado qilib,
Andin so‘ngra bu da’voni qilmoq kerak.
Yoki Yassaviyning quyidagi to‘rtligi ular o‘rtasidagi zich bog‘liqlikni yanada aniqroq ifoda etadi:
Shariatdan murod - yo‘lga kirmoq,
Tariqatdan murod - nafsdan kechmoq.
Haqiqatdan murod - jondin kechmoq,
Jondin kcchmay ishq sharobin ichsa bo‘lmas.
Bundan ma’lum bo‘ladiki, tariqat va haqiqat botiniy rivojlanishning zaruriy ehtiyoji, shariat darajasi qoniqtirmaydigan, jondan kechib ishq sharobini ichishga tayyor turgan alohida shaxslaming tanlagan yo‘lidir (Kornilov N. Tasavvuf.., 75-b.). Ana shu qarashlardan kelib chiqqan hol- da aytish kerakki, Rubobning xulq-atvori bulaming tamomila aksi, u hali bu yoMga kirishga tayyor emas. U birini bosib o‘tmasdan ikkinchisiga kirmoq niyatida. Shu boisdan ham Rubobning shariat, tariqat va haqiqat haqidagi qarashlaridan uning bu yo‘l va bosqichlardan bexabarligi ayon bo‘ladi. Qolaversa, Rubobning va boshqa soz asboblarining bir-biriga bo‘lgan qo‘pol, odobsizlarcha munozaralaridan ma’lum bo‘ladiki, ular tasavvuf yo‘lini tanlashga va Piri xarobotiyni o‘zlarining piri deb e’tirof etishga tayyor emas. “Kitob xotimasi”da aynan ana shu yo‘lga kirish- ning shartlari Piri xarobotiy tomonidan sozlarga uqtiriladi. Munozara- dagi sozlar timsoli bilan Piri xarobot obrazi b‘r-biriga zid qo‘yilgan. Piri xarobot - komil inson timsoli, haqiqat va e’tiqod pokligini o‘zida mujas- sam etgan obraz. Sozlar esa Piri xarobotiyning tamomila aksi.
Sarxush bo‘lib uxlab yotgan Piri xarobotiy sozlaming g‘avg‘osidan uyg‘onib ketadi. Tanbura ham Piri xarobotiy oldida kiborligidan xijolat bo‘lib, gunohkor faqat uning o‘zigina emas, balki boshqa sozlarda ham ayb borligini unga arz qiladi. Quyidagi baytda hamma sozlar hali Piri xa- robotiyni pir deb uning etagidan tutishga erta ekani, unga shogird tushish uchun ular xulq-atvorlarini o‘zgartirishi kerakligi anglashiladi:

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish