O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)



Download 2,17 Mb.
bet175/237
Sana11.03.2022
Hajmi2,17 Mb.
#489443
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   237
Bog'liq
O'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Birinchi guruhga Firdavsiyning “Yusuf va Zulayho” dostoni man­sub. Bu dostonda asosiy mavzuni Yusuf bilan Zulayhoning bir-biriga bo‘lgan qizg‘in muhabbati va ulaming kechinmalari emas, balki uzoq yillar davomida suyukli o‘g‘lidan ayriliqda yashagan Yoqubning bosni- dan kechirgan fojia tashkil qiladi.
Ikkinchi guruhga Ibn Sinoning “Yusuf qissasi”, Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asaridagi “Yusuf alayhissalom qissasi” mansub. Bu qissalar diniy-falsafiy mavzuda - ilohiy ishq mavzusida yozilgan.
Uchinchi guruhga Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va Zulayho ’si singari dostonlar mansub. Bu dostonlarda asosiy mavzuni Zulayhoning Yusufga bo'lgan otashin muhabbati, shuningdek, bu muhabbat zamini- dagi “men” va ilohiy ishq tashkil qiladi. Qul Alining “Qissayi Yusuf’ asari ham ana shu guruhga mansub.
To ‘rtinchi guruhga kurd shoiri Salim Sulaymonning (XVI) “Yu­suf va Zulayho” dostoni mansub. Zulayhoning Yusufga boigan inuhab- batini va Yoqubning farzand dog‘ida kuyib-yonganini shoir deyarli bir syujet chizig‘ida tasvirlaydi. Shuningdek, o‘zbek adabiyoti tarixida shoir Durbekka nisbat berilayotgan “Yusuf va Zulayho” dostoni ham shu gu- ruhga kiradi.
Barcha “Yusuf” qissalari hamda “Yusuf va Zulayho” dostonlari ora- sida keng tarqalgan dostonlami ana shu tarzda guruhiash mumkin. Sharq adabiyotida “poetik o'zlashtirish” natijasi bo‘lgan boshqa “Yusuf’ qis­salari va “Yusuf va Zulayho” dostonlarining hammasini mazkur guruh- lashga jalb qilish imkoni yo‘q.
Albatta, bunday guruhlanish shartli bo'lib, “Yusuf va Zulayho” dos- tonlarida majoziy ishqdan ko‘ra, haqiqiy (ilohiy) ishq ustunlik qiladigan lavhalar ko‘p o‘rin egallagan.
XIV-XV asrlar adabiyotida “Yusuf va Zulayho” dostonlari shoirlar ijodining adabiyotdagi o‘mini va mavqeini bclgilaydigan omillardan biri bo ‘lib qoldi. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” asarida keltirgan ayrim ma’iumotlar shundan daloiat beradi. Navoiy Xoja xMas’ud Qumiy degan shoir haqida ma’lumot berar ekan, uning masnaviysi puxta, g‘azallari ravon ekanligi haqida to‘xtalib, “Tig‘ va Qalam” munozara- si, “Shams va Qamar” dostoni bilan bir qatorda, “Yusuf va Zulayho” dostoni borligi haqida ham aytib o‘tadi (Navoiy. MAT. 13-jild. 47-b.). Navoiy “Tarixi anbiyo va hukamo” asarida Yusuf qissasini bayon qilar ekan, Firdavsiy, Abdurahmon Jomiy, Xoja Mas’ud Iroqiy va boshqa bir qator azizlaming “ Y usuf va Zulayho” qissalari hamda boshqa bir qator shoirlaming bu nomdagi asarlari haqida eslatadi. Shuningdek, Navoiy “Inshaalloh umr omon bersa, turk tili bila o‘q” Yusuf haqida doston yo- zish niyati borligini bayon qiladi (Navoiy. MAT. 16-jild, 122-b.).
Qul Ali ijodi. Oltin O‘rda va Temuriylar saltanati davrida o‘zaro madaniy aloqalarning ma’lum izga tushgani adabiy jarayonda ham kes- kin o‘zgarishlami paydo qildi. Bu hodisa aynan “Yusuf’ qissalari va “Yusuf va Zulayho” dostonlariga ham tegishli. Jumladan, Qul Ali ijo- dida Ahmad Yassaviyning hikmatlari ta’siri aniq sezilib turadi. Bu holat esa Qul Ali Yassaviy hikmatlaridan ta’sirlanganini, yassaviylik tariqati yolidan ketganini dalillaydi. Qiyoslash uchun Yassaviyning va Qul Ali­ning hikmatlaridan keltiramiz:

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish