Ushbu jamoat bari qovoqbiz,
Ma’nisi yo‘q botilu bebokbiz.
Shunda Piri xarobot Tanburaga ta’na qilib, sening ham boshqalar- ning aslo ortiq joying yo‘q, shu bois boshqa sozlaming ko‘nglini ol, deya o‘git beradi. Tanbura kechirim so‘rab, hali yo‘lsiz ekanini, boshqa hamma sozlarga xizmatkor bo‘lishga tayyorligini izhor etadi. Shunday qilib, pok ko'ngillilik ulaming orasida hukmron bo‘ldi va bir-birlariga bo‘Igan adovat barham topdi.
Savol va topshiriqlar
“Sozlar munozarasi”ning tuzilishi haqida ma’lumot bering.
Piri xarobotiy qaysi toifaning obrazi?
Sozlaming o‘zaro maqtanchoqliklari nimadan daloiat beradi?
Yassaviyning hikmatlari bilan bu munozaradagi bog‘liqlik qaysi obrazda va qaysi o'rinlarda namoyon bo‘ladi9 Tushuntirib bering.
“Yusuf va ZuIayho“ dostoni va shu turkumdagi dostonlar
Reja:
“Qissayi Yusuf’ hamda “Yusuf va Zulayho” dostonlarining paydo bo‘lishi.
Bu turkumdagi ‘lk badiiy asarlar.
Qul Ali ‘jodi.
“Qissayi Yusuf’ning mazmuni.
“Qissayi Yusuf’da haqiqiy ishq tasviri.
“Qissayi Yusuf’ning badiiy xususiyatlari.
“Yusuf va Zulayho” dostonining yaratilishi, dostonda davr voqe- alari.
Dostonning qisqacha mazmuni.
“Qissayi Yusuf’ va “Yusuf va Zulayho” dostonlaridagi o‘ziga xosliklar.
Dostonda tush va kurash motivlari.
11 Salim Sulaymonning “Yusuf va Zulayho” dostoni. Dostonning folklor variantlari.
Tayanch so‘z va iboralar: qissa, doston, madaniy muhit, xalq og Zaki ijodi, syujet, g ‘oyaviy yo ‘nalishi, syujet-kompozitsiya qurilishi, to 'ftlik, ohang, hijolar tengligi, g'oyaviy o‘xshashlik, ruboiy, majoziy ishq, haqiqiy ishq.
“Qissayi Yusuf’ hamda “Yusuf va Zulayho” dostonlarining paydo bo‘lishi. Shunday asarlar borki, bu asarlaming nomi ayrim xalq- laming adabiyoti tajassumini o‘z‘da ‘foda etadi. “Qissayi Yusuf’ yoki “Yusuf’ qissalari hamda “Yusuf va Zulayho” dostonlari shunday asarlar jumlasiga kiradi. Bu turkumdagi asarlar Sharq xalqlarida ko‘p tarqalgan. Shu bilan birga, bu dostonlaming variantlari ko‘p.
“Yusir1’’ qissasi ‘lk bor Musoning “Tbtido” kitobida uchraydi. Bu ki- tob miloddan oldingi II ming yillikning o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Garchi “Ibtido”da bu asar “Yusuf qissasi” yoki “Yusuf va Zulayho” nomi ostida berilmagan bo‘lsa ham, 37-bobdan Yusuf bilan bog‘liq voqea boshlanadi va Yoqub avlodlari Misrga ko‘chib borib, u yerda o‘mashganlar‘, Yusuf- ning vafot etishi bilan “Ibtido” kitobi yakunlanadi. “Ibtido”dagi bu qissa bora-bora Sharq xalqlari adabiyotiga keng tarqaldi, madaniy-adabiy mu- hitiga kuchli ta’sir etdi.
Avval aytib o‘tganimizdek, Ibn Sinoning “Yusuf” qissasi 0‘rta Osi- yo adabiyotida bu turkumdagi dastlabki asarlardan biridir. Ibn Sinoning bu asariga Qur’oni Karim syujetlari asos boMgan.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, Yusuf voqeasiga oid syujetlarga aka- ukalar o‘rtasidagi ziddiyatlar hamda begunohlik va gunoh bilan bog‘liq voqealar ta’sir etgan. Bulaming ildizi yana “Ibtido” kitobiga va Sharq xalqlari og‘zaki ijodiga borib taqaladi.
“Ibtido” kitobida dehqon Qobil chorvador ukasi Hobilga hasad qi- lib, uni o‘ldiradi. Esov bilan Yoqub onalarining qomidayoq bir-birlari bilan kurash boshlaydilar va egizaklar tug‘ilib ulg‘aygach, Esov o‘z to‘ng‘ichlik huquqini yasmiq shavla evaziga ukasi Yoqubga sotadi. Bulling oqibatida ziddiyat kuchayib, Y oqub Esovdan qochib, onasi tug‘ilgan yurtga ketishga majbur bo‘ladi. Yoqubning hasadgo'y o‘g‘illari ukalari Yusufni sotib yuboradilar va h.
Begunoh yigit va yomon xotin haqidagi syujetlaming ildizi milod- dan oldin XIII asrda hukmronlik qilgan Misr fir’avni Ramzes II davrida Misr adabiyotida shakllangan. Bu davrda yaratilgan syujet ertak bo‘Iib, asosiy e’tibor adolatning g‘alaba qilishiga qaratilgan. Yusuf qissalariga Zulayho obrazi aynan ana shu ertakdan tarqalgan.
Hozirda Sharq adabiyotida yuzdan ortiq Yusuf haqidagi qissalar va “Yusuf va Zulayho” dostonlari mavjudligi aytiladi. Fors adabiyo- ti ta’sirida gruzin adabiyotida “Yusuf va Zulayho” dostonining paydo bo‘lgani noyob adabiy hodisadir144.
“Yusuf” turkumidagi qissalar “Yusuf va Zulayho” dostonlariga qa- raganda avval paydo bo'lgan. “Yusuf’ turkumidagi ilk nasriy va she’riy asarlar O'rta Osiyo adabiy muhitida milodiy IV-VI asrlardayoq paydo bo‘lgan edi. Vahob ibn Munabbih, Ibn Abdulla o‘zlarining “Qisasul-an- biyo” asarlarida Yusuf bilan bog‘liq voqealarga ko‘p o‘rin bcrganlar. Ta- bariy ko‘p jildli “Tafsir ’ida ham Yusuf syujetiga maxsus to‘xtalgan. Abu Nosir (mil.4082) Balx shahrida Qur’oni Karimdagi “Ahsan ul-qasas”ni (ya’ni Yusuf surasini) adabiy jihatdan qayta ishlab, “Anas ul-muridin” asarini yaratgan. Bu asaming turkiycha tarjimasi ham bor.
Bu turkumdagi ilk badiiy asarlar. Yusuf voqeasiga bag‘ishlab yo- zilgan birinchi badiiy asar Abulqosim Firdavsiyning (934-1020) “Yusuf va Zulayho” dostonidir. Keyingisi Abdurahmon Jomiyning (1314-1492) shu nomdagi asaridir.
Turkiy adabiyotda ilk bor Yusuf syujeti asosida yaratilgan badiiy asar XI11 asrda yashagan Qul Alining “Qissayi Yusuf’ dostonidir. Sho- iming “Qissayi Yusuf” dostoni bugungi kunda tatar adabiyotiga nisbat berilayotgan boTsa-da, asar yozilgan davrda hali turkiy qamlarmng xalq sifatida shakllanish jarayoni oxiriga yetmagani uchun, bu asarni umum- turkiy yodgorlik sifatida qarash maqsadga muvofiq. Yana XI11 asming ikkinchi yarmida Kichik Osiyo saljuqiylaridan Sayyod Hamza ham “Y u- suf va Zulayho” dostonini yaratgan. 1409-yili Durbek degan shoirga nisbat berib kelinayotgan “Yusuf va Zulayho” dostoni ham o‘zbek tilidagi bu an’anaviy dostonning yorqin, mukammal namunalaridandir.
Sharq adabiyotida “Yusuf qissasi” va “Yusuf va Zulayho” dostonla- ri ko‘p uchragani bilan birga, qator variantlarga ega bo‘lsa-da, voqealar aynan bir-birini takrorlamaydi. Bu syujet turli xalqlarda qayta ishlandi, har bir xalqning yozma va og'zaki adabiyoti bu syujetga ta’sir etdi, na- tijada o‘ziga xos, mazmunan bir-biridan farq qiladigan mustaqil asarlar paydo bo‘ldi. Shu bois Sharq xalqlarida bu turkumdagi dostonlarning g‘oyaviy yo‘nalishiga va syujet-kompozitsiya qurilishiga ko‘ra to‘rt guruhga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |