Menki pishurdim bu laziz oshni,
Shayx Nizomiydin olib choshni.
Shayx Nizomiy damidin jon topib,
Ma’nisidin yarliq-u burhon topib (222-bet).
Haydar Xorazmiy o'zbek mumtoz adabiyotida she’riy hikoya yaratish an’anasining ravnaq topishida katta hissa qo‘shdi. «Maxzanul-asror»dostonidagi hikoyalar axloqiy-ta’limiy mohiyat kasb etadi. Muallif ularda biror kichik hayotiy voqeani hikoya qilish orqali kitobxonga pand-nasihat qiladi, ularga o ‘git beradi, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta’limiy masalalarga doir zamonasi uchun peshqadam xulosalarini ilgari suradi.
Aytilganlar nuqtai nazaridan 43 baytdan tarkib topgan «Bo‘z to`quvchi kampir va bazzoz hikoyati» alohida ahamiyatga ega. Mazkur hikoyat Kufa shahridagi g‘ayb ilmidan xabardor bir darveshning bozorga kelib qolishi tasviri bilan boshlanadi. U o ‘z ishini ipidan ignasigachapishiq biladigan bazzozning faoliyatini kuzatib turadi. Savdogar (bazzoz) oldiga bir keksa kampir ikki hafta tinimsiz mehnat qilib, to'qigan bir ko'ylaklik bo'zini olib keladi. Bu beva ayol o‘zining ojiz va bechorahol ekanligi,bir to‘da bolalari uning yo‘liga intizor bo'lib turganini aytib, bazzozdan tegishli haqini tolashini iltimos qiladi. Bazzoz kampiming bo‘zidan illat qidirishga tushadi. Uning qo‘pol, dag‘al, kiyimga yaroqsiz ekanligini vaj qilib, arzimagan pulga sotib oladi. Bu ham etmagandek bazzoz bo‘zni o‘lchashda ham beva kampir haqidan urib qoladi. Kampir ketgach, bir xaridor bazzozning oldiga yaxshi bo‘z so'rab kiradi. Bazzoz qaysi bo‘zni ko‘rsatmasin, xaridor undan qoniqmaydi. So‘ngra bazzoz o ‘sha kampir to'qib kelgan bo‘zni maqtay-maqtay xaridorga juda qimmat narxda sotadi.
Bu holni kuzatib turgan haqparast darvesh bazzozni qattiq uyaltiradi.Hikoyatdagi darvesh chol haq yo'lida, komillik yo'lida umrin ibag'ishlagan so'fiylar timsolidir. Shoir bazzozning nomaqbul xattiharakatini fosh etish uchun o‘quvchi e ’tiborini uning sandig'i, undagi matolaiga qaratadi va ayni vosita orqali ifodalamoqchi bo‘lgan maqsadmuddaosini badiiy tasvirlash uchun istifoda etadi. Bunda darveshning bazzozga aytgan nafratli so'zlarini hikoyada bayon etish Haydar Xorazmiyga qo‘l keladi. Shoiming asarda ilgari suigan g'oyasi haqparast darveshning nutqida yanada oydinlashadi:
Haqparast darveshning bu adolatli va kinoya bilan yo‘g‘rilgan so‘zlari bazzozni qattiq uyaltiradi va uning butun mol-mulkidan voz kechib,haq yo‘liga kirishiga sababchi bo'ladi. Shoir bazzozning qilgan nojo'ya sa’y-u harakatlarini darvesh tilidan kinoyaomuz hajv ostiga oladi. Ammo bu tanqid keskin emas. Balki sokin holatda, donishmand, komillik yo‘lini ixtiyor qilgan darvesh chol tilidan ifoda etilganki, bu ham hikoyatning badiiy pishiq, g'oyaviy ta’sirchan va irfoniy axloq talablariga muvofiq chiqishini ta’min etgan. Hikoyatning, shubhasiz, tasavvuf ta’limoti ta’sirida yozilganligi undagi atamalar va majoziylikdan ochiq ko‘rinib turibdi. Hikoyatdan keyin undagi axloqiy-ta’limiy, ilohiy-irfoniy ruhni quvvatlantirish uchun keltirilgan mav’iza va maqolatda ham xuddi shunday mazmundagi baytlaming mavjudligi fikrimizning yorqin dalilidir. Jumladan, mav’izada boydan karamli va saxovatli faqiming ustun ekanligini ta’kidlash uchun xizmat qiluvchi quyidagi baytni uchratish mumkin:
Boy dagulsen diraming bor esa,
Faqr g‘aniydir karami bor ersa (229-bet.)
Shoir dostondagi «Hotami Toyi» hikoyatida ham saxovatni ulug'laydi.Shuningdek, mav’izadagi baytlarda insonni komillikka erishuvi uchun eng xavfli dushmani bo'lgan nafs bilan doimo murosasiz bo'lishga chorlashi ahamiyatlidir:
Yarim oyoq oshki, toparsen nasib,
Yarimini berki, yesun bir g‘arib.
Me’da tamug‘ikim erur dushmaning,
To`ymag‘usidir agar ichsa qoning (230-bet).
Haydar Xorazmiy «Maxzanul-asror»da badiiy ifoda etgan fikr-mulohazalar, asarda ilgari surilgan g'oyalari bilan o ‘z zamonasining kata bilimdoni, o ‘zbek tili ravnaqi uchun kurashgan shoir, arab, fors-tojik tillarini chuqur o ‘rgangan, yetuk ma’rifatli kishi sifatida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |