Mavzu bo`yicha savol va topshiriqlar:
1.Yusuf Xos Hojib yashagan davr qanday edi?
2. “Qutadg`u bilig”ning topilishi, nusxalari va o`rganilishi haqida nimalarni bilasiz?
3.”Qutadg`u bilig”da qanday masalalar yoritilgan?
4. Asarda qanday obrazlar uchraydi?
5.Asarda qanday toifalar haqida ma’lumot berilgan?
6. “Qutadg`u bilig”ni to`liq o`qing.
7. Q.Karimovning “Ilk badiiy doston” kitobini o`qing va konspekt qiling.
8. Asarning o`zingizga ma’qul o`rnidan 20-30 misra yod oling.
Glossariy
“Anis ul-mamolik” – hukmronlarning do`sti asri – qoplon
Bilga – bilimdon,dono Botar – G`arb, Mag`rib
Bug`ro – erkak tuya ig – kasallik,nuqson,ayb
Kisro- Xusravning arabchalashgan shakli kish – suvsar, olmaxon
Kusamish – istalgan,xohlangan ko`ni – to`g`ri
Olchi –aldoqchi, ayyor orig` - toza, tugal, aziz
Osig` - foyda, ulush ofiyat – salomatlik, poklanish
Rakva – charmdan yasalgan mesh erik – abjir, chaqqon
Ersig – botir, mard o`g – aql, ulug`, maqtamoq
O`kush – ko`p, talay qiz – noyob, aziz, qiz bola
Mavzu bo`yicha testlar:
1.Ma’lumki, mumtoz adabiyotda yetti qat osmon tushunchasi bor. Unga ko`ra qaysi sayyora to`rtinchi falakda joylashgan?
A)Oy B)Zuhra C)Mirrix D)Quyosh
2.,,Qutadg`u bilig“da tasvirlanishicha, Yer markazda, boshqalar uning atrofida aylanib turadi. Ulardan biri Yashiq. Yashiq qaysi sayyora?
A)Mars B)Oy C)Zuhra D)Quyosh
3.,,Qutag`u bilig“dan olingan ushbu baytda gap nima haqda:
Qara bo`rchi bo`ldi, nangi bo`ldi el,
Begi bo`rchi bo`lsa, qachan turg`a el.
A)Shamol qattiq bo`lsa hamma narsani uchirganidek, bek g`azab qilsa xalqqa qiyin bo`lishi – zulm haqida
B)Havo sovuq bo`lsa, xalqning haqiga bek achinadi – bek adolati haqida
C)Oddiy xalq mayga ruju qo`ysa, begi ularning tazirini beradi – to`g`ri hukm
D)Avom mayxo`r bo`lsa moli ham to’zg`iydi, begi ham shu xilda bo`lsa, eliga qiyin bo`ladi – mayning oqibati
4.Yusuf Xos Hojib lashkarboshi sifatlarini turli hayvonlar va qushlar sifatlariga qiyoslaydi. ,,Nor tuya“, ,,zag`izg`on“, ,,quzg`un“ning qaysi belgilarini o`xshatgan?
A)Hamlakor, shovqinli, panjalari o`tkir B)Qasoskor, hushyor, uzoqni ko`ra oladigan
C)Kuchli, xabarchi, hiylakor D)Yurakli, irodali, viqorli
5. Qaysi asarni chinliklar “Adab ul muluk” deb atagan?
A)”Devoni lug’otit turk” B) “Hibatul haqoyiq” S)”Avesto” D)”Qutag’u bilig”
6. Qaysi shoir “men tarqoq turk tili injularini to’pladim” degan edi?
A)Yusuf Xos Hojib B)M.Qoshg’ariy S) A.Yassaviy D)A.Yugnakiy
7.Yusuf Xos Hojibning “Qutag’u bilig” asari necha baytdan iborat?
A)4892bayt B) 5896 bayt S) 5667bayt D)4596bayt
8.Yusuf Xos Hojibning “Qutag’u bilig” asari necha fasldan iborat?
A. 89 B.72 S.73 D.62
9. Yusuf Xos Hojibning “Qutag’u bilig” asaridagi Yashiq nima?
A. Quyosh sayyorasi B. Oy sayyorasi S.Qabila nomi D.Daryo nomi
10.”Qutadg`u bilig”ning 7-bobi nima haqida?
A.Odob-axloq B.Til odobi S.Dunyo haqida D.Dehqonlar haqida
Do'stlaringiz bilan baham: |