O`zbek abiyotshunosligi” kafedrasi «O‘zbek folklori»



Download 0,8 Mb.
bet15/84
Sana09.03.2022
Hajmi0,8 Mb.
#486685
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84
Bog'liq
O`zbek folklori UMK (2)

3. Dostonlarning tasnifi.
Avvalo, sevgi-muhabbat, qahramonlik, sarguzasht, jang lavhalari aks etmagan dostonlarning o‘zi yo‘q. Qaysi dostonni eshitmang yoki o‘qimang, albatta, asar qahramoni mardligi, jasorati bilan bizda hurmat qozonadi. Albatta, u kimnidir sevadi va uzoq safarga otlanadi. Ammo shunga qaramay, asarning umumiy mazmuni zaminida muayyan mavzu yetakchi hisoblanadi. Masalan, “Alpomish” dostonini olaylik. Doston farzandsizlik motivi bilan boshlanadi. Lekin aynan shu motiv “Kuntug‘mish”, “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Tohir va Zuhra” dostonlarida ham bor.
Qahramonlik eposi xalq og‘zaki ijodi tarixida folklorshunoslik nuqtai nazaridan alohida bosqich sifatida baholanadi. Yunonlardagi “Odisseya” va “Iliada” asarlari bu jihatdan qayta-qayta ta'kidlangan. Qirg‘iz xalq ijodidagi “Manas”ga ham shunday baho berish mumkin. Bunday asarlarda qahramonlik va favqulodda mardlik ko‘rsatgan xalq farzandining yurt ozodligi, elni birlashtirish maqsadidagi safarlari, son va kuch jihatdan ustun turgan dushman bilan olishuvlari aks etadi. O‘zbeklarda qahramonlik eposiga “Alpomish” dostoni misol bo‘ladi. Unda yurtimizdagi milliy an'analarning shakllanishi, tashqi dushmanga qarshi kurash, xalq birligini saqlash, mustaqil hayotni muhofaza qilish g‘oyalari o‘z ifodasini topgan.
Xalqimiz baxshilari repertuaridagi dostonlarning salmoqli qismi sevgi-romanik turga mansubdir. “Roman” so‘zi fransuz tilidan olingan bo‘lib, eposning bir turi ma'nosini bildiradi. Keyinchalik badiiy adabiyotda roman janr sifatida ajralib rivojlandi. Endi sevgi-sarguzasht voqyealari, yetakchi asarlar bu nom bilan ataldi. Xalq ijodida sevgi-romanik atamasi bilan atalgan doston deganda, asosan, muhabbat bilan aloqador sarguzashtlar aks etgan asarlar nazarda tutiladi. Ularda voqea tuguni oshiqning ma'shuqa haqida xabar topishidan boshlanadi. Keyinchalik qahramon ishqiy sarguzashtlariga boy safarga otlanadi. Bu yo‘lda baxshi kashfiyotlariga boy lavhalar o‘ylab topiladi.
Jangnoma dostonlarida jang lavhalari tasviriga e'tibor qaratiladi. Baxshilar bunday dostonlarni nisbatan kam ijro etganlar. Hayratli janglar tasviri, asar qahramonlarining botirliklari baxshi tomonidan fantastik talqinda ifodalanadi. “Yusuf bilan Ahmad”, “Alibek bilan Bolibek”, “Qirq ming” kabi epos namunalari shular jumlasidandir. Adabiyotshunoslikda badiiy ijodning bu namunalari xalq kitoblari nomi bilan o‘rganildi. Yozma adabiyot vakillari tomonidan yaratilgan dostonlardagi qiziqarli va ibratli voqyealar bilan tanishgan baxshilar ularga suyangan holda o‘z nusxa (variant)larini yaratdilar. Shu bois xalq kitoblari ko‘proq folklorshunoslik tomonidan tahlil etildi. “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Sayyod va Hamro”, “Vomiq va Uzro” dostonlari shu tarzda vujudga keldi va o‘rganildi. Xorazm dostonchiligi, asosan, xalq kitoblarini yoddan ijro qilish zaminida shakllandi.
Tarixiy dostonlar. Xalq og‘zaki ijodidagi qo‘shiq, ertak janrlarida tarixiy voqyealar o‘z ifodasini topgani kabi dostonlarda ham o‘tmish muhrlangan asarlar bor. Bunday asarlar folklorshunoslikda tarixiy dostonlar deb yuritiladi. Qizig‘i shundaki, tarixiy dostonlarning mumtoz namunasi “Oysuluv” yurtimizda ikki yarim ming yil oldin ro‘y bergan mustaqillik uchun olib borilgan kurashning badiiy ifodasi bo‘lib chiqdi. Hyerodotning “Tarix” kitobidagi To‘maris voqeasi “Oysuluv” dostonidagiga juda o‘xshaydi.
Xalq epik ijodining shoh asarlari dostonlar misolida o‘zbek millatining jahon xalqlari ma’naviy va madaniy xazinasiga qo‘shgan munosib hissasi haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Mazkur merosni o‘rganishda H.Zarifov, M.Alaviya, M.Afzalov, T.G‘oziboev, O.Sobirov, Z.Husainova, M.Saidov, J.Qobulniyozov, M.Murodov, B.Sarimsoqov, A.Qahhorov kabi marhum olimlar va T.Mirzayev boshchiligida bugungi kunda tinimsiz mehnat olib borayotgan S.Ro‘zimboev, O.Safarov, A.Musaqulov, M.Jo‘rayev, U.Jumanazarov, Sh.Turdimov, J.Eshonqul, A.Ergashev kabi tadqiqotchilar xalq oldidagi burchlarini ado etish yo‘lida xizmat qilmoqdalar.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish