O`zbek abiyotshunosligi” kafedrasi «O‘zbek folklori»



Download 0,8 Mb.
bet17/84
Sana09.03.2022
Hajmi0,8 Mb.
#486685
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84
Bog'liq
O`zbek folklori UMK (2)

Nazorat savollari

  1. Folklorda an'ana deganda nimani tushinasiz?

  2. Epik bilim nima va uning ijrochilar va tinlovchilar o‘rtasidagi vazifasi nimalarda ko‘rinadi?

  3. O‘zbek folklorshunosligida yetakchi o‘ringa chiqqan qanday tadqiqot usullarini bilasiz?

  4. Folklordagi har bir obraz, umumiy mazmun ramziy va timsoliy ma'noga ega ekanligini tushuntirib bering.

Foydalanish uchun adabiyotlar:

  1. Islom Karimov. Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor. T., “O‘zbekiston”. 2009.

  2. Mirzaev T. Epos i skazitelь. – Tashkent: Fan. – 410 s.

  3. Mirzayev T: Hodi Zarif suhbatlari. – Toshkent: SHAMS ASA. 2013.

  4. Jo‘rayev O‘zbek xalq samoviy afsonalari. - Toshkent.: "Fan", 1995;

  5. Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasi.–Toshkent: Fan, 2010. – 307 b.

  6. Turdimov Sh. «Go‘ro‘g‘li» dostonlarining genezis iva tadrijiy bosqichlari. –Toshkent:Fan, 2011. – 240 b.

  7. Turdimov Sh. Hikmat xazinasi, -T.: “O‘zbekiston ” 2016.

  8. Eshonqulov J. Epik tafakkur tadriji. Toshkent, “Fan” 2006. B-128

  9. Eshonqul Jabbor. O‘zbek folklorida tush va uning badiiy talqini. –Toshkent: Fan, 2011. – 304 b.

5-mavzu. Qahramonlik dostonlarining g‘oyaviy badiiy xususiyatlari


Reja:

  1. Qahramonlik dostonlarining belgilari.

  2. Alplik tizimi qahramonlik dastonlari uchun mezon.

  3. “Alpomish” qahramonlik dostonining mumtoz namunasi.

  4. Qahramonlik dostonida etnos va epos muamosi.

Tayanch so`z va iboralar: doston, sujet, sujet xalqasi,motiv, mif, mifologik talqin, epik makon, epik zamon, epik qahramon.
1. Qahramonlik dostonlarining belgilari.
Qahramonlik dostonlari baxshilar repertuarida muxim o‘rin tutadi. Qahramonlik dostonlari voqyeligini olimlar urug‘chilik munosabatlari, ko‘chmanchilik va yarim ko‘chmanchilik xayoti bilan bog‘lakb talqin etishadi. Bunday dostonlar bir qator urug‘ va qabilalarning muayyan xalq sifatida tashkil topa borishi, ilk davlatchilik kurtaklarining paydo bo‘lishi va shu munosabat bilan xalq va elatlarning o‘z mustaqilliklari uchun chet el bosqinchilarnga qarshi mardonavor kurashlari qahramonlik dostonlari uchun boy material bo‘ldi. Mana shu kurashlar, tarkib topishlar, birlashishlar va joylashishlar jarayonida o‘z-o‘zini anglashning buyuk ifodasi sifatida qahramonlik eposi yuzaga keldi. Zotan, qadimiy qahramonlik eposi «xalqning faqat go‘daklik davrlarida..., uning kuchqudrati va toza faoliyati faqat qahramonlik g‘alabalarida ko‘ringan zamonlardagina paydo bo‘lishi mumkin»20.
Demak, epik mazmunning qahramonlik xarakteriga ega bo‘lishi qahramonlik dostonlarining bosh xususiyatidir21. Ana shu xususiyat uning butun mohiyati va asosiy yo‘nalishini belgilab, o‘ziga xos tasvir metodini tayin etadi. Ushbu xususiyatlarni «Alpomish» dostonida to‘la ravishda ko‘rish mumkin.
Ko‘chmanchi qo‘ng‘irot qabilasida patriarxal-urug‘chilpk munosabatlari yemirila boshlagan zamonlarda yaratilgan bu monumental asar o‘zbeklar o‘rtasida ikki versiya va kuplab variantlarda juda keng tarqalgan. Bu paytgacha dostonning yigirma sakkiz varianti o‘ttiz uch marta (to‘la teksti, parcha, mazmuni) yozib olindi22. Epos turkiy xalqlar o‘rtasida juda keng tarqalgan. Uning o‘zbek23, qozoq 24, qoraqalpoq25 versiyalari epik poema holida, tojik2627, uyrot29, tatar28, boshqird29, O‘rta Osiyo arablari30 versiyalari ertak va rivoyatlar tarzida mashhurdir. O‘rta asr o‘g‘iz eposining muhim yodgorligi «Kitobi Dada Qo‘rqut» tarkibidagi «Bomsi Bayrak» asari o‘zining syujeti va kompozitsion qurilishi jihatidan «Alpomish» dostoniga juda ham yaqin turadi33. Turkiy xalqlarning «o‘rtoq bir dostoni» (Hamid Olimjon) bo‘lgan «Alpomish»ning bunchalik keng tarqalishi shu xalqlarning bir xil ijtimoiy-tarixiy sharoitda hayot kechirganliklari, o‘zaro yaqin madaniy munosabatda bo‘lganliklari, yaratish va ijodda hamkor, hamfikr ekanliklarinn ko‘rsatadi. Ammo «Alpomish»ning yaratuvchisi bo‘lgan har bir xalq unda o‘z tarixini, etnik va an'anaviy xususiyatlarini, ozodlik va tenglik haqidagi o‘z ideallarini aks ettiradi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish