O`zb tarix 11 узб indd



Download 1,97 Mb.
bet115/147
Sana16.01.2022
Hajmi1,97 Mb.
#374514
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   147
Bog'liq
11-sinf uzbek

109





- ilmiy va diplomatik aloqalar yo‘li bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘li O‘zbekiston hududidan o‘tgan. Hozirda ham Yevropa va Yaqin Sharqdan Osiyo - Tinch okeani mintaqasiga olib boradigan yo‘llar Markaziy Osiyodan, uning markazida joylashgan O‘zbekistondan o‘tadi; Markaziy Osiyoning mar- kazida joylashgan O‘zbekiston o‘zining geografik holatidan kelib chiqib, mazkur mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, iqtisodiy integratsiya jarayonini rivojlantirish, barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatiga ega. O‘zbekiston bugungi kunda qo‘shni dav- latlar - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘onis- ton o‘rtasida bog‘lovchi halqa vazifasini o‘tab kelmoqda. O‘zbekiston o‘zining joylashuviga ko‘ra Markaziy Osiyoning transport, energetika, kom- munikatsiya, suv tizimi markazida joylashgan. Tabiiy iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral - xomashyo zaxiralari va strategik materiallarga ega, dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o‘zini ta’min- lashga qodir. O‘zini neft, gaz, rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega. O‘zbekiston Respublikasining yer- ostida amaldagi Mendeleyev davriy tizimining barcha elementlari mavjud.

Mazkur imkoniyatlar orqali O‘zbekiston geosiyosiy joylashuvini noqulayliklardan mustasno deb bo‘lmaydi, Shu jihatdan O‘zbekiston Respublikasiga qiyinchiliklar tug‘diruvchi quyidagi omillar ham mavjud:


110








O‘zbekiston Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft
va gazga juda boy konlari joylashgan yarim halqaning strategik markazida
joylashgan. Shuning uchun bu hududda butun dunyoda energiya taqchilligi
sharoitida ko‘pgina davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari
o‘zaro to‘qnashmoqda. Dunyodagi kuchli davlatlar mazkur mintaqada
o‘z manfaatlarini izlamoqda. Shu bilan birga O‘zbekiston mintaqadagi
etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan
rag‘batlantirilib kelinayotgan, ichki mojarolar hali ham tugatilmagan
Afg‘oniston kabi davlat bilan chegaradoshdir. O‘zbekiston bevosita
dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz portlaridan eng uzoqda
joylashgan mamlakat hisoblanadi. Qora dengiz, Boltiq dengizi, Yapon
dengizi va Shimoliy dengizlarga olib chiquvchi eng qisqa temir yo‘li qariyb
3 ming kilometrni tashkil etadi. Mustaqil O‘zbekistonning umuman hamma
daryolari hamda respublika hududini kesib o‘tadigan, uzunligi 150 va undan
ko‘p kilometrli daryolar 50 tadan oshgan bo‘lishiga qaramasdan, uning suv
resurslari cheklangan va ekologik muammolari ham bor. Orol fojiasi ham
mamlakatimiz uchun noqulaylik omilidir.


O‘zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosati asoslarining
ishlab chiqilishi. Hozirda xalqaro hamjamiyat mustaqil O‘zbekiston diplo-
matiyasining dastlabki qadamlari, Markaziy Osiyodagi mavqeyi, mintaqa
xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni alohida ekanini tan olmoqda. O‘zbekiston
tashqi siyosatining ma’naviy yo‘nalishi, insonparvarlik, oshkoralik, qadr-
qimmat o‘z imkoniyatlariga tayanish va insoniyatning yagona oilasida o‘z
taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lishdir. Shu bois istiqlol yillarida mamlakatimiz
133 davlat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatgan, Toshkentda 45
ta xorijiy davlatning elchixonalari, 9 ta faxriy konsulxona, 11 ta xalqaro
tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat olib bormoqda.



Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish