Oz tilim – o‘zbek tilim



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/89
Sana01.01.2022
Hajmi0,85 Mb.
#291138
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   89
Bog'liq
ozbek tilining boyligi

 
Osiy banda 
 
Shu qadar donoki, koinotning olis puchmoqlarida yuz yildan keyin nima ro‘y 
berishini ayta oladi. 
Shu qadar nodonki, ertaga o‘zining nima bo‘lishini bilmaydi. 
Shu qadar mehrliki, chumoliga ozor bermaydi. Shu qadar qahrliki, bir-birining 
dilini vayron qilib, huzur topadi. 
Qalbi shu qadar uyg‘oqki, osmonda charaqlab yotgan yulduzlarni tomosha 
qilib, ko‘ziga yosh oladi. Qalbi shu qadar so‘qirki,  o‘z bolasini yetimxonaga, o‘z 
otasini g‘aribxonaga tashlab ketadi. 
Bir burda nonga to‘yadi. Dunyoning jamiki boyliklari kamlik qiladi. 
Bir qo‘li bilan samo kemalari, “oynayi jahon”lar yaratadi. Bir qo‘li bilan yer 
yuzini kultepaga aylantiruvchi qurol yasaydi. 
Bir fe’li – adolat. Bir fe’li – razolat. 
Bir hunari – sadoqat. Bir hunari – xiyonat... 
Nachora... Odamzot shunday: nur va zulmat qorishig‘idan bino bo‘lgan. 
 
 
Kommunizm 
– Jannat bilan kommunizm orasida farq bormi? 
– Bor! Jannatdan hech kim qaytib chiqmaydi. Kommunizmga hech kim yetib 
bormaydi! 
 
Orzuli dunyo 
…Bir kunlari o‘tib turuvdi. Birovdan oldin, birovdan keyin degandek... Qora 
qozon qaynab turuvdi... 
... Orzuli dunyo ekan. Xotin dugonalari bilan gap yedi. Unisini ko‘rdi, 
bunisini ko‘rdi... O‘kindi: 


 
79 
– O‘rtoqlarim brilliantga belanib yuribdi. Men sho‘rlikda tuzukroq uzuk ham 
yo‘q. Peshonam sho‘r bo‘lmasa, shu noshudga tegarmidim?! Nima qilay? 
O‘zimni sotaymi? 
Erning hamiyati ozor chekdi. Ayoliga oltin “komplekt” olib berdi. 
... Orzuli dunyo ekan. Xotin tag‘in nolidi: 
Paxmoq qizning baxtini bersin, degani rost ekan. Anavi Humayradan nimam 
kam? Maktabda eng xunuk qiz edi. Eri “Mersedes»da olib yuradi. Bu 
noshud mashina tugul bittagina o‘g‘liga velosiped ham oberolmaydi. Peshonam 
sho‘r ekan! O‘zimni sotaymi endi?! 
Erning hamiyati ozor chekdi. Judayam “Mersedes” emas-ku, “Matiz” sotib 
oldi. 
Ittifoqo yon qo‘shni imorat soldi. “Uchastka”. Ikki qavatli. Saunasi bilan. 
 
Basseyni bilan! Qo‘shnining qasri oldida ularning “shipir” tomli uyi 
bostirmaga o‘xshab qoldi. Xotin o‘kinib nola qildi: 
– Shu xonadonga tushganimga o‘n besh yildan oshdi. Bu noshud bittayam 
g‘isht qo‘ygani yo‘q! Gadoyning kulbasi yaxshidir bundan! Peshonam sho‘r 
bo‘lmasa, shunga tegarmidim? O‘zimni sotaqolay endi! 
Er “uchastka” soldi. Saunasi bilan. Hovlida fontani bilan! 
... Orzuli dunyo ekan... Xotin endi tog‘da quriladigan dachani orzu qilib 
turganida... to‘satdan qiy-chuv bo‘lib qoldi. Xotin ertalab “jinday suyagini qizitish 
uchun” saunaga kirsa, er o‘zini osib qo‘yganmish! 
Xotin dod ustiga dod soldi: 
– Voy-dod! Peshonam sho‘r bo‘lmasa shu noshudga tegarmidim?! O‘lmay 
o‘lgur bir parcha xat tashlab ketibdi. Olam-jahon qarzi bor ekan! “Prasan”ining 
o‘zi sakson ming dollarmish! Nima qilay, o‘zimni sotaymi, endi?! 
... O‘zini sotmoqchi edi... xaridor chiqmadi... (O‘. Hoshimov) 
      
  Savol va topshiriqlar: 
1.  O‘. Hoshimovning qanday asarlarini o‘qigansiz? 
2. 
Ularda sof o‘zbekona timsollarning tasvirlanishini izohlab bera 
olasizmi? 


 
80 
3. 
Adib qanday vositalar bilan kulgi hosil qilmoqda? Izohlab 
bering.  

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish