O‘Z TILIM
–
O‘ZBEK TILIM
T O S H K E N T – 2 0 1 0
Ushbu qo‘llanma o‘zbek tiliga oid bilimlarini, imlo va savodxonlikka oid
ko‘nikma va malakalarini mustaqil tarzda rivojlantirish, takomillashtirishni niyat
qilgan tildosh va dildoshlarimizga mo‘ljallangan.
Kitobning qiziqarliligini ta’minlash uchun undagi matn va materiallarning
rang-barangligiga e’tibor berildi.
Kitobdan o‘zbek tilining barcha muxlislari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari,
akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlarining
talabalari, shuningdek, o‘qituvchi va murabbiylar foydalanishlari mumkin.
Metodik qo‘llanmani yozishda:
“O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” (Sh.Rahmatullayev), “O‘zbek tilining
imlo lug‘ati” (Sh.Rahmatullayev va A.Hojiyev), “O‘zbek tilining
yangi alifbosi va
imlosi”, “Yozuv tarixidan qisqacha lug‘at”; (N.Mahmudov), “O‘zbek tili
ma’lumotnomasi” (A.Aliyev, K.Nazarov), “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”
(S.Akobirov, T.Aliqulov va boshqalar), “Hamrohim” (Y.Abdullayev), “O‘zbek
xalq maqollari”, yangi o‘zbek alifbosi kursi uchun tuzilgan
dasturlar va metodik
qo‘llanmalardan foydalanildi.
Mas’ul muharrir:
Filologiya fanlari nomzodi N.Mahkamov
Taqrizchilar:
Filologiya fanlari doktori, professor M. Yo‘ldoshev
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent R. Jomonov.
Mazkur o‘quv qo‘llanmasi Nizomiy nomidagi TDPU Ilmiy kengashida
muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan.
2
B. To‘xliyev, O. Ametova,
D. To‘xliyeva
O‘Z TILIM –
O‘ZBEK TILIM
(mustaqil o‘rganuvchilar uchun)
T o sh ke n t – 2010
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI
Madhiya – «madh»,«maqtov» so‘zidan kelib chiqqan. Madhiya – gimn o‘z
mustaqilligiga ega bo‘lgan, rivojlangan har bir mamlakatning alomati ramzi.
Madhiya tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Diniy, jangovar mazmunga ega
bo‘lgan madhiyalar ma’lum.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi (matni va musiqasi)
tanlovida so‘zini shoir
Abdulla Oripov, musiqasini bastakor Mutal (Mutavakkil)
Burhonov yozgan madhiya g‘olib chiqdi va o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston
3
Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi (1992-yil 10-dekabr)da O‘zbekiston
Respublikasining Davlat Madhiyasi sifatida tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
tantanali damlarda ijro
etiladi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
DAVLAT MADHIYASI
Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay
to abad ilm-u fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh
urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!
Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!