O'yinlar nazariyasining zamonaviy matematika va iqtisodiyotda tutgan o'rni


o'yin va uning ishtirokchilari  o'yinchilar



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana07.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#755381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
o'yin
va uning ishtirokchilari 
o'yinchilar
deb 
ataladi. 
Shubhasiz, ushbu yondashuv doirasida o'yinlar nazariyasi modellarini 
qo'llash doirasi juda ham keng. Klassik o'yinlarga (qimor o'yinlari, sport, ularni 
o'rganishdan barcha mavjud nazariya kelib chiqqan) qo'shimcha ravishda, har 
qanday insonlarning o'zaro munosabatini ziddiyatli vaziyat deb hisoblash mumkin. 
Shunday qilib, o'yinlar nazariyasi predmeti nafaqat shaxmat yoki futbol o'yini 
bo‟lmasdan, balki umuminsoniy nuqtai nazardan ancha muhim bo'lgan boshqa 
ziddiyatlar ham bo'lishi mumkin. 
O'yinlar nazariyasi harbiy sohada (masalan, "mudofaa-hujum" tipidagi 
modellar yoki duel modellari), iqtisodiyotda (masalan, deyarli barcha 


nomukammal raqobat bozorlari modellari mikroiqtisodiyotda nazariy-o'yin 
xususiyatga ega, jamoat manfaatini ustuvorlashtirish modellari), shuningdek 
siyosatshunoslikda 
(xulq-atvorga 
mansub 
modellar, 
ta'sir 
taqsimoti
(
распределения влияния
)
modellari) va hatto biologiyada (evolyutsion 
dinamikaning ba'zi modellari asosi cheksiz takrorlanadigan o'yinlardir) hamda 
davlat va korporativ boshqaruv sohalarida keng qo‟llaniladi. 


2.2. O'yinlar nazariyasi tarixi va o'yin modellarining tasnifi. 
"Tosh-qog'oz-qaychi" o'yini 
 
Tarixiy jihatdan oʻyinlar nazariyasi 18-asrda maʼrifatchilik davrining 
boshlanishi va iqtisodiy nazariyaning rivojlanishi bilan vujudga kelgan. 
Keyinchalik o„yinlar nazariyasiga aylangan bu ilmiy yo„nalishning birinchi 
iqtisodiy modellari 19-asrda A.Kurno va J.Bertran tomonidan tadqiq etilgan. 
Keyinchalik, bu modellar oligopoliyada ishlab chiqarish va narxlashning 
modellariga aylandi va hozirda o'z yaratuvchilari nomini oldi (Kurno va 
Bertranning oligopoliya modellari). XX asr boshlarida E. Lasker (27 yil davomida 
shaxmat bo'yicha mutlaq jahon chempioni), E. Zermelo va E. Borel manfaatlar 
to'qnashuvining matematik nazariyasi g'oyasini ilgari surdilar. 
Rasmiy matematik jihatlar va nazariyaning qo'llanilishi birinchi marta 1944 
yilda Jon fon Neumann va Oskar Morgenstern tomonidan yozilgan “O'yinlar 
nazariyasi va iqtisodiy 
munosabatlar
(xulq-atvor)” kitobida bayon etilgan. O'sha 
paytda ilmiy tadqiqotlarning “asosiy nishoni” antagonistik o'yinlar - bitta 
o'yinchining daromadi sheriklarining yo'qotishlariga teng bo'lgan o'yinlar edi. 20-
asrning o'rtalariga qadar iqtisodiyotda qo'llash uchun aniq imkoniyatlar mavjud 
bo‟lishiga qaramasdan, o'yinlar nazariyasi faqat matematik nazariya deb 
hisoblangan. Biroq, Qo'shma Shtatlardagi Ikkinchi Jahon urushidan keyin (ilm-
fanni moliyalashtirishni oshirish tufayli), o'yinlar nazariyasini iqtisod, biologiya, 
kibernetika, texnika, antropologiyada amaliy qo'llashga urinishlar boshlandi. 
Ikkinchi jahon urushi davrida va undan keyin o'yinlar nazariyasida strategik 
qarorlar tadqiqoti uchun kuchli apparatni ko'rgan harbiylar darhol bu fanga jiddiy 
qiziqishdi. 1950-yillarning boshlarida Jon Nesh keyinchalik butun o'yinlar 
nazariyasining kalitiga aylangan antagonistik bo'lmagan o'yinlarda Nesh 
muvozanati tushunchasini shakllantiradi. Bu kontseptsiyaga binoan ziddiyat 
ishtirokchilari barqaror muvozanat yaratishga olib keladigan optimal strategiyadan 
foydalanishlari kerak. O'yinchilar uchun bu muvozanatni saqlab qolish foydalidir, 
chunki har qanday o'zgarish ularning holatini yomonlashtiradi. 


Neshning iqtisodiy modellashtirishning matematik vositalarini qayta ko'rib 
chiqish tadqiqotlari o'yinlar nazariyasi rivojlanishiga katta hissa qo'shdi. Umuman 
olganda, zamonaviy o'yinlar nazariyasi Nesh asarlarida yoritilgan yondashuvlar va 
natijalarga asoslangan. Keyingi yillarda bu ilmiy yo„nalish jadal rivojlanmoqda. 
Ba‟zi zamonaviy iqtisodiy nazariyaning ayrim yo'nalishlarini o'yinlar nazariyasini 
qo'llamasdan shakllantirish mumkin emas. Bundan tashqari, so'nggi yillarda 
iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofotlarining asosiy ulushini aynan o'yin modellari 
uchun katta e'tibor berilgan ishlar tashkil etadi. 
Ular orasida 2005 yil (R.I. Aumann va T.K. Shelling, “Ziddiyat va 
hamkorlik muammolarini atroflicha o‟rganish jarayonini o'yinlar nazariyasi 
doirasida tahlili uchun”), 2007 yil (L. Gurvich, E. Maskin, R. Myerson, ”Optimal 
mexanizmlar nazariyasi asoslarini yaratish uchun”), 2012 yil (L.Shapley va 
E.Roth, “Bozorda barqaror taqsimot nazariyasi va uni modellashtirish amaliyotiga 
qo‟shgan hissasi uchun”) lardagi mukofotlar ham bor. 
An'anaviy matematik o'yinlar nazariyasining asosiy yo'nalishlari ikkiga 
bo'linadi. 

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish