8-Mavzu: O‘zbekiston SSRda arxiv ishining holati
(1946-1991yy.)
Reja:
1. Ikkinchi jahon urushdan keyingi yillarda O‘zbekiston SSRda arxiv ishi.
2. O‘zbekiston SSRda arxivlarning markazlashuvi.
1. Ikkinchi jahon urushdan keyingi yillarda O‘zbekiston SSRda arxiv
ishi.
Ikkinchi jahon urushdan keyingi yillarda arxivchilar oldida turgan muhim
vazifa arxiv materiallarining saqlanish holatini yaxshilash edi. Hujjatlardan
foydalanishni yaxshilash uchun ko‘rsatgich (putevoditel)lar, ilmiy ro‘yxatlar,
kataloglar va boshqa axborotnomalar tayyorlash zarur edi. Bu ishlarni amalga
oshirishdan avval arxivchilar davlat arxivlarida saqlanayotgan tartibsiz arxiv
fondlarini tartibga soldilar. 1946
–
1951-yillarida 280 mingga yaqin saqlov birligi
tartibga solindi, 150 ming keraksiz, ahamiyatsiz yig‘majildlar yo‘q qilishga ajratildi.
Shunday qilib, davlat arxivlaridagi hujjatlarning barchasi tartibga solindi. Bu esa,
arxiv hujjatlaridan foydalanishni osonlashtiradigan ilmiy axborotnomalar tuzish
ishiga kirishishga imkon berdi.
Urushdan keyingi yillarda O‘zSSR Markaziy davlat tarix arxivining
ko‘rsatgichi tayyorlandi va O‘zSSR Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi
ko‘rsatgichi ustida ish boshlandi. Bundan tashqari, 10 dan ortiq arxiv fondlarining
sharhi
–
axborotnomasi tuzildi, tematik sharhlar yozildi. Ayrim muhim arxiv
68
fondlarining ro‘yxatlari nashr qilish uchun tayyorlangan edi, lekin e’lon qilinmay
qoldi.
Xorijlik arxivshunos olim A.Burton O‘zbekiston SSRda ikkinchi jahon
urushidan keyingi arxiv hujjatlariga bo‘lgan munosabat haqida fikr yuritar ekan
jumladan shunday degan edi: “Tarixchilar 1930-yillarda oxir oqibatda milliy
bo‘linishlarni emas, ijtimoiy tabaqalanishni aks ettiradigan hujjatlarni izlashga
kirishdilar. 1937-yilgacha Stalin Rossiya imperiyasining yangi talqinini
shakllantirdi. Tarixchilar uni jabr sitam etkazuvchi hukumat emas, balki qattiqqo‘l
hokimiyat deb ta’riflay boshladilar. Go‘yoki Evropaga qaraganda imperiyaning
ichki sinfi Rossiya hukumronligi ostidagi qatlam holati ancha yaxshilangandek edi.
Urushdan keyingi davrda ham sovet tarixchilari tarixni qo‘llashda davom etdilar.
1953-yilda Rossiyaning tarixiy adabiyotlarida "bosib olish" so‘zining o‘rniga
qo‘llaniladigan "birlashtirish" terminining ahamiyatli tomonlarini muhokama qilina
boshlandi. Bu kabi ta’riflar jamoatchilikning ko‘ngliga yo‘l topishga imkon yaratdi.
Sovet Ittifoqi qardosh xalqlari deb nomlanuvchi o‘zbek kommunistik partiyasining
1-sekretari 1956-yildagi nutqi chor hukumati bosqiniga qarshi o‘zbek-rus
xalqlarining ittifoqqa kirishi haqida edi. Pravdo Vostoka deb ataluvchi partiya
gazetasida mazkur mavzu xususida fikr bildirilgan. Bunda ushbu mavzu yuzasidan
turli konferensiyalarning o’kazish kerakligi ta’kidlangan. Ammo bu masala mahalliy
tarixchilarda noqulayliklar tug‘dirganini ko‘rsatdi. Ma’lum bir o‘zbek tarixchilari
iqtisodiy o‘sish izchil rivojlanayotgan masalalar xususida va Rossiya tomonidan olib
borilayotgan ba’zi bir ishlarni ochiqdan-ochiq qoraladilar. Ular mahalliy aholini
oyoq osti qilishga qarshi ochiqdan-ochiq so‘zga chiqdilar. Arxivlarda saqlanayotgan
ularning nutqi bugungi taqiqotchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi (Antonina
Burton. Archive Stories.(facts, fictions and the writing of history).
–
London.2005.
–
P.51.).
Urushdan keyingi yillarda fotohujjatlar uchun ham tematik va ismlar
kataloglari tashkil qilindi. Bu qilingan ishlar davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv
hujjatlari haqida tadqiqotchilarga to‘laroq axborot olish va ulardan kengroq
foydalanish uchun imkoniyat ochib berdi.
69
Arxiv tashkilotlarining muhim ishlaridan yana biri idoralar arxivlarini tartibga
solish va hujjatlarni ehtiyot qilib saqlashni tashkil etish edi. Bu ishda O‘zSSR
Ministrlar Sovetining 1949-yil 13-yanvardagi davlat va idoraviy arxivlar ishini
yaxshilash to‘g‘risidagi qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qaror e’lon
qilingandan keyin ko‘plab tashkilotlar arxivlari uchun maxsus binolar ajratdilar,
arxivlarini tartibga soldilar. 1951-1954-yillari Toshkentda 378 tashkilot arxivlari
tartibga solindi.
Idoralar arxiv ishlarini yaxshilash uchun bir necha metodik qo‘llanma
tayyorlandi. Masalan, «Tashkilotlarda arxiv hujjatlarining ekspertizasini o‘tkazish
uchun esdalik», «Idoralar arxivlari ishini nazorat qilish uchun ko‘rsatmalar»,
«Ministrliklar arxivlari ishini rejalashtirish va hisobot qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar»
shular jumlasidandir.
1963-yil 14-oktyabrda O‘zSSR Ministrlar Soveti «O‘zSSRda arxiv ishini
yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Bu qaror idoraviy arxivlar, ya’ni
tashkilotlar arxivlari ishini yaxshilashda muhim rol o‘ynadi. Unga ko‘ra idora
arxivlarini yaqin 2-3 yil ichida tartibga solishni tugatish, doimiy saqlanadigan
hujjatlarni davlat arxivlariga topshirish, arxivlarning o‘zini esa, hujjatlarini
beshikast saqlashga yaraydigan binolarga joylashtirish va ularni malakali kadrlar
bilan ta’minlash keng yo‘lga qo‘yildi.
Davlat arxivlari tashkilotlar arxivlari ishini nazorat qilishni kuchaytirdilar. Shu
bilan birga, ularga yordam berishga katta e’tibor qaratdilar. Bu ishlar natijasida
respublikada 1964-yili 1809 tashkilotda, 1965-yili 1759 tashkilotda arxiv hujjatlari
tartibga solindi.
Idoraviy arxivlar bilan bir qatorda tashkilotlarda ish yuritish ishini yaxshilashga
ham katta e’tibor berildi. Davlat arxivlari idoralarda ish yuritishni yaxshilashga
yaqindan yordam berishdi. 1959-yili Toshkent shahrida birinchi bor ish yuritish
kursi ochilib, kotiba va ish yurituvchilar malakasi oshirildi. Keyingi yillarda bunday
tadbirlar doimiy amalga oshirilib turildi. Bu masalaga oid har xil qo‘llanmalar,
ko‘rsatmalar ishlab chiqildi. Bu qo‘llanmalar idoraviy arxivlar ishini va ish
yuritishini yaxshilashga katta hissa qo‘shdi.
70
Davlat arxivlari uchun maxsus binolar ham qurildi. 1964-yili O‘zbekiston SSR
Markaziy Davlat arxiviga yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi. 1970-yili
O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar MDAga maxsus bino qurib berildi. Lekin
viloyatlarda ko‘p arxivlar eski binolarda faoliyat yuritib kelar, ularda hujjatlarni
saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan edi.
Davlat arxivlari hujjatlarni qabul qilish sohasida ham anchagina ishlar qildi.
1946-1955-yillarda 600 mingdan ko‘proq saqlov birligidagi hujjatlar vazirliklar,
idoralar arxivlaridan qabul qilib olindi. Bu sohada joylarda ham ancha tadbirlar
o‘tkazildi. 1947-yili respublikada 118 tuman va 5 ta shahar arxivida 137 ming saqlov
birligida yig‘majildlar saqlangan bo‘lsa, 1955-yili 8 shahar va 138 tuman davlat
arxivlarida 642 ming saqlov birligida hujjatlar saqlangan.
1946
–
1955-yillarda 5 ta hujjatlar to‘plami nashr qilindi. «Frontdan xatlar»
(1949-yil), «Afg‘onistonda Angliya agressiyasi» (1889-1917-yillar) ana shunday
hujjatlar to‘plamidir.
Arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishni yaxshilashda O‘zSSR
Ministrlar Sovetining 1956-yil 31-martdagi «O‘zSSR Ministrliklari va idoralar arxiv
materiallarini saqlash usullarini tartibga solish va ulardan foydalanishni yaxshilash
tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhim rol o‘ynadi. Respublika hukumati arxiv
tashkilotlariga hujjatlardan foydalanishni kengaytirish, hujjatli to‘plamlar,
ma’lumotnomalar,
arxiv
fondlari
axborotnomalarini
tayyorlashni
va
«O‘zdavlatnashr»ga ularni nashr qilishni topshirdi.
Bu qaror arxiv tashkilotlarining ilmiy ishlarni, hujjatlarni e’lon qilish borasidagi
ishlarini jonlantirib yubordi. Bir necha yil ichida 20 ga yaqin hujjatlar to‘plamlari
nashr qilindi. Shu jumladan Oktyabr to‘ntarishiga oid 2 ta, "bosmachilar" harakatiga
doir 2 ta, kollektivlashtirishga oid 4 ta, «O‘rta Osiyoni tadqiq qilgan rus olimlari»
nomli seriyada 4 ta to‘plam tayyorlanib nashr qilindi.
XX asr 60-yillaridan boshlab mavzular bo‘yicha arxiv hujjatlarining
kataloglari tayyorlana boshlandi. 1963-1967-yillarda 50 mingdan ortiq kartochka
yozilgan edi. Markaziy davlat arxivida ilmiy ma’lumotnoma apparati bo‘limi tashkil
qilinib, bu bo‘lim xodimlari MDAning tizim (sistematik) katalogini tayyorlashga
71
kirishdilar. Oldin tuzilgan tematik kartotekalar kartochkalari sistematik katalogiga
qo‘shildi. Shuningdek, fotohujjatlarga ham 50 ming kartochka tuzildi. Bu kataloglar
hozirgi kunga qadar to‘ldirib borilmoqda va tadqiqotchilarga hujjatlar qidirish
ishlarini engillashtirmoqda.
1960-yili O‘zSSR MDA sovet fondlari ko‘rsatgichi (putevoditel) nashr qilindi.
1964-yili O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar MDA ko‘rsatgichi e’lon qilindi. Bu
ko‘rsatgichlar tadqiqotchilarning arxiv materiallaridan foydalanishida juda katta
qulayliklar yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |