6
1-Mavzu: O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi fanining maqsad hamda vazifalari
Reja:
1. Arxiv atamasi. Arxiv hujjati tushunchasi.
2. Fanning ob’ekti, pretmeti, maqsad va vazifalari.
3. Fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
1.
Arxiv
atamasi.
Arxiv
hujjati
tushunchasi.
Mustaqillikka
erishganimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizning ilmiy-tarixiy va
o‘tmishini xolis yoritishga asoslangan manbalarni tadqiq etish borasida tizimli ishlar
belgilab berildi. Istiqlol yillarida jamiyat hayotining barcha sohalari singari, tarix
fani sohasiga ham tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xolislik qoidasi – tarixiy
voqe’a, hodisalarni o‘rganayotganda ular bilan bog‘liq bo‘lgan barcha faktlarning
hech bir istisnosiz butun majmui bilan birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy
dalillarga asoslanishini talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda o‘rganishda
va haqqoniy yoritishda arxiv hujjatlarining o‘rni beqiyosdir. Shu maqsadda bugungi
kunda arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishga keng yo‘l ochib berilgan.
Arxiv atamasi – lotincha “arxivium” so‘zidan olingan bo‘lib, hukumat binosi
degan ma’noni anglatadi. Lekin arxiv atamasining hozirgi qo‘llanishi ma’nosi
butunlay boshqacha. Chunonchi, arxiv – bu idoralar, korxona va tashkilotlar,
shuningdek, tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan joy.
Xorijlik arxivshunos olim Craig Robertson muallifligidagi (Media History
and the Archive.
–
New York. Routledge, 2011) asarning birinchi paragrafi a
rxiv
haqidagi fikrlar va tarix haqida chizgilar deb nomlanadi. Muallif ushbu asarda arxiv
tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi. “Arxiv tushunchasi yaqin yillar ichida
arxivshunos bo‘lmagan insonlarning ham ilmiy tahlillari uchun doimiy mavzuga
aylandi. Albatta buning hayron qoladigan eri yo‘q. Chunki, olimlar o‘z izlanishlarida
arxivga doimiy manba, fan sifatida qarashlari boshlandi”
(Craig Robertson. Media
History and the Archive.
–
New York. Routledge, 2011.
–
B.8.).
Ba’zi muarrixlar hatto butun bir bo‘limni shu mavzuga bag‘ishlab yozishgan.
Masalan, arxivshunos olim Hemilton arxiv haqida quyidagi fikrni bildirgan.
“Bugungi kunda olimlar katta e’tibor berib qaraydigan bu jarayon shunday yuzaga
7
keladi. Har qanday ilova yoki ma’lumot oldin yoziladi, keyinchalik ishlab chiqiladi
va shu ikkala jarayon arxivga kiritiladi. Natijada bular arxiv ma’lumotlarining bir
qismiga aylanadi”
(Craig Robertson. Media History and the Archive.
–
New York.
Routledge, 2011.
–
B.8.).
Boshqa bir arxivshunos olim o‘zining tadqiqotida arxiv tushunchasiga
tanqidiy yondashib, quyidagicha fikrlarni keltiradi: “Arxiv shunday joyki undan
foydalanuvchi har qanday kishi o‘zi uchun kerakli ma’lumotlarni qiyinchiliksiz
topishi, shu ma’lumotlarning aniqligi, tarixi va foydalanuvchilarga tasirini
kafolatlaydigan holatda bo‘lishi kerak (Antonina Burton. Archive Stories (facts,
fictions and the writing of history). – London. 2005.6-bet).
Graig Roberson yana bir arxivshunos olimning arxiv tushunchasiga bergan
ta’rifini keltiradi. Uning fikricha arxiv “haqiqiy hujjatlar uyi” deb fikr bildirladi.
(Antonina Burton. Archive Stories (facts, fictions and the writing of history). –
London. 2005.7-bet).
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek arxivda xolisona, haqiqiy, aniq bo‘lgan
ma’lumotlar va hujjatlar kiritilishi hamda saqlanishi lozim. Haqiqatdan sodir
bo‘lgan voqealarni qanday va qaysi holatlarda yuzaga kelishini bilib olish uchun
nima qilish kerak. Bu haqda Charlin Stidman shunday deydi:
-
berilgan ma’lumotlar iqtibos (snoska) lar bilan bo‘lishi;
-
bayon etilgan voqe’a hodisalarga muallif bevosita ishtirok etishi;
-
ma’lumotlar telefon orqali, og‘zaki yoki tashlab ketilgan har qanday xatlar
orqali emas, aynan arxiv xodimi tomonidan foydalanuvchining o‘zigagina
taqdim etilgan bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 15 iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi
to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida arxiv atamasiga quyidagicha izoh beriladi.
Arxiv – arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni
amalga oshiruvchi muassasa hisoblanadi.
Vatanimiz tarixini o‘rganishda arxeologiya, etnografiya, toponimika va
moddiy madaniyat yodgarliklari bilan bir qatorda arxivshunoslik ya’ni arxiv
hujjatlaridan foydalanishning ahamiyati benihoya kattadir. Arxiv hujjatlarini qidirib
8
topish, ular ustida ishlash va olingan ma’lumotlarni hayotga tadbiq qilish juda
murakkab ish hisoblanadi. Arxivda tashkilotlar, muassasalar, korxonalar va ayrim
shaxslarning ko‘p yillik faoliyatlari haqidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |