Oybek rashidov


  Arxivlarni  markazlashtirish.  Yagona  davlat  arxiv  fondi  (YADAF)



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/103
Sana01.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#303253
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103
Bog'liq
ozbekistonda arxiv ishi tarixi (1)

2.  Arxivlarni  markazlashtirish.  Yagona  davlat  arxiv  fondi  (YADAF) 
faoliyati.
  1917-yilgi  oktyabr  voqealariga  qadar  hujjatlar  har  bir  idorada  va 
tashkilotning  o‘zida  saqlangan.  Arxivlar  tarqoq  holda  bo‘lib,  hujjatlar  bir  joyda 
yig‘ilmagan,  markazlashmagan  edi.  Hukumat  manbalarini saqlash va  ulardan  har 
tomonlama foydalanish maqsadida RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining 1918-yil 
1-iyunda  “RSFSRda  arxiv  ishini  qayta  qurish  va  markazlashtirish  haqida”  deb 
atalgan dekreti e’lon qilindi. Shu chiqarilgan dekretga asosan RSFSRda Davlat arxiv 
fondi (DAF) tashkil etildi. Keyinchalik bu DAF tarkibiga inqilobgacha  bo‘lgan davr 
va  inqilobdan  keyingi  barcha  sovet  tashkilotlari  faoliyati,  muassasalar  va  ayrim 
shaxslar, shuningdek tarixiy yozma yodgorliklar, huquq, san’at, adabiyot  va SSSR 
xalqlarining  maishiy,  ma’naviy  madaniyati,  kino  foto  hujjat  fondlari  kinofilm 
negativlari,  fotosuratlari,  ularni  to‘latuvchi  pozetivlar,  grammafon,  potifon, 
plastinkalari va yozib olingan ovoz materiallari, ilmiy-tarixiy va amaliy ahamiyatga 
ega  bo‘lgan:  illyustratsiyalar,  qo‘l  yozma  negativlar,  shunigdek,  ogitatsiya  va 
propoganda maqsadida nashr qilingan plakatlar, varaqalar, chaqiriqlar, e’lonlar va 
boshqalar, mikrofoto hujjatlar kiritilgan.  
Shundan kelib chiqqan holda Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi Markaziy 
Ijroiya  Komiteti  (MIK)  1919-yil  5-noyabrda  “Arxiv  ishini  qayta  qurish  va 
markazlashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Bu qarorga asosan 1917-yilga qadar 
bo‘lgan barcha idoraviy arxivlar tugatildi, arxiv hujjatlari Turkiston Avtonom Sovet 
Respublikasining Yagona davlat arxiv fondi (YADAF) ni tashkil qiladi, deb e’lon 
qilindi.  YADAFni  boshqarish  uchun  Turkiston  Respublikasi  Arxiv  ishi  bosh 
boshqarmasi  tashkil  qilindi.  YADAFga  1917-yil  25-oktyabrgacha  bo‘lgan  barcha 
hujjatlar topshirilishi kerak edi. 
Yuqorida ta’kidlangan qarorda arxiv hujjatlarini yo‘q qilish tartibi o‘rnatildi. 
Davlat idoralari Arxiv ishi bosh boshqarmasi ruxsatisiz o‘z hujjatlarini yo‘q qilish 
huquqiga  ega  emas,  deb  ko‘rsatilgan.  Sovet  idoralarida  tashkil  bo‘lgan  hujjatlar 
YADAFning  tarkibiy  qismi  deb  qayd  qilingan.  Bu  hujjatlarni  arxiv  ishi  bosh 


54 
 
boshqarmasiga  nazorat  qilib  turish  topshirilgan.  Bu  boshqarma  Maorif  xalq 
komissarligi huzurida tashkil qilingan. 
YADAF  8  ta  seksiya  va  4  ta  bo‘limdan  iborat  edi.  Bo‘limlar  quyidagilardan 
iborat bo‘lgan: 
1-bo‘lim. Ma’muriy-diplomatik (yuridik seksiyalarni birlashtiradi); 
2-bo‘lim. Harbiy seksiya; 
3-bo‘lim. Maorif va iqtisodiyot seksiyalari; 
4-bo‘lim. Tarixiy-inqilobiy, Sharq va matbuot seksiyalaridan iborat bo‘lgan. 
Davlat arxivi fondiga faqat 1917-yildan oldingi tashkilotlar arxiv hujjatlarigina 
emas,  balki  sovet  tashkilotlari  arxiv  hujjatlari  ham  qabul  qilingan.  Tashkilotlarda 
hujjatlar 5 yil saqlanishi va keyin davlat arxiviga topshirilishi belgilangan.  
Shu  davrdan  boshlab  YADAF  tarkibidagi  arxiv  hujjatlari  ekspertiza  qilinib, 
doimiy saqlash uchun ajratilgan hujjatlar tartibga solindi va ro‘yxatlashtirildi. 1920-
1922-yillarda YADAFda 150 mingga yaqin hujjatlar ro‘yxatga olingan. 1924-yilga 
kelib butun saqlanayotgan arxiv materiallarining uchdan bir qismi tartibga solingan 
edi. 
Shunday  qilib,  arxiv  hujjatlarini  tartibga  solish,  ulardan  ilmiy  va  amaliy 
maqsadda  foydalanish  imkoni  berildi.  Arxivning  ilmiy  xodimlari  bir  necha  ilmiy 
ishlar  tayyorlashdi.  Masalan,  A.A.  Galperin  “1918  yil  martda  Kolesovning 
Buxoroga yurishi” asarini yozgan edi. 
Arxiv  ma’lumotlarini  bosmadan  chiqarish  say-harakatlari  1922-yilda  “Qizil 
arxiv” deb nomlanuvchi jurnalning nashr qilinishi bilan boshlangan. Uning birinchi 
galdagi  vazifasi  hech  qanday  yashirin  sirning  yo‘qligini  ko‘rsatish  edi.  Jurnalda 
imperiyadagi  mavjut  korrupsiya  va  tengsizliklarni  takidlaydigan  izohlar  bilan 
birgalikda  chor  Rossiyasi  hujjatlari  ham  nashr  qilingan.  Ba’zi  maqollalar  esa 
masxara qilish uchun nashr qilingan. O‘rta Osiyo qo‘zg‘olonining yigirma yilligiga 
bag‘ishlangan,  1936-yilda  nashr  qilingan  maqolada  Farg‘ona  viloyat  harbiy 
gubernatori  general-letenant  Gippiusning  tartibsizliklarni  bostirish  yo‘lidagi  say-
harakatlari aks ettirilgan (Antonina Burton. Archive Stories.(facts, fictions and the 
writing of  history). – London.2005.–R.-50.). 


55 
 
1920-1924-yillarda  Turkistonda  metodik  qo‘llanmalar  ham  yozildi.  Masalan, 
arxiv fondlarini bayon qilish, tashkilotlarda joriy arxivlar ishlarini olib borish tartibi, 
joriy arxivlarni nazorat qilish va hisobga olish, hujjatlarni ajratish hamda yo‘q qilish 
to‘g‘risida  yo‘riqnomalar  tuzildi.  Shunday  qilib,  oktyabr  to‘ntarishidan  keyingi 
dastlabki  yillarda  Turkiston  arxivchilari  respublika  markazlashgan  arxivni  tashkil 
qilish uchun bor kuchlarini ayamadilar. Arxiv hujjatlarini tashish uchun transport va 
mablag‘ bo‘lmagan hollarda ularni arxivchilarning o‘zlari tashidilar, saqlab qolish 
uchun  qo‘ldan  kelgan  barcha  choralarni  ko‘rdilar.  O‘sha  yillar  og‘ir  yillar  bo‘lib, 
maoshlar  yarim  yillab  berilmas  edi.  Lekin  arxivchilar  isitilmaydigan  sovuq 
xonalarda, och holda ishlasalar ham ishni tashlamay davom ettirganlar. 
Turkiston  Avtonom  Sovet  Respublikasining  arxiv  hodimlari  oktyabr 
to‘ntarishidan  oldingi  tashkilotlarning,  ya’ni  Turkiston  general-gubernatorligi 
tashkilotlarining  arxivlarini  saqlab  qolish  uchun  katta  ishlarni  bajardilar.  Yagona 
davlat  arxiv  fondining  tashkil  etilishi  natijasida  arxiv  hujjatlarini  yig‘ish  bilan 
birgalikda ularni tartibga solish, bayon qilish, ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish 
bo‘yicha ham ko‘pgina ishlar amalga oshirildi.  

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish