2. Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasining tashkil etilishi.
Turkiston general-gubernatori huzuridagi kanselyariya general-gubernatorlik
rasmiy hujjatlarini yuritish va jamlash maqsadida 1967-yilning noyabr oyida o‘lkaga
tashrif buyurgan fon K.P.Kaufman tomonidan tashkil etilgan. Unda o‘lkaning
Rossiya imperiyasi tomonidan mustamlakaga aylantirilishi, Turkistonda rus harbiy-
ma’muriy boshqaruv tizimining o‘rnatilishi, o‘lkada ma’muriy-hududiy, siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-madaniy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda qabul qilingan
huquqiy hujjatlar va ularning amalga oshirilishi borasidagi chora-tadbirlarga oid
rasmiy hujjatlar, o‘lka aholisi va ularning etnik tarkibiga oid statistik ma’lumotlar,
mahalliy aholini ruslashtirish masallariga oid, o‘sha davrda tashkil etilgan davlat
muassasalari tarixiga oid va boshqa rasmiy hujjatlari to‘plangan. Bunda shuningdek,
general-gubernatorlikning Rossiya imperiyasi imperatori, Buxoro amirligi, Xiva va
Qo‘qon xonliklari bilan olib borgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy aloqalariga oid
hujjatlar ham o‘rin olgan.
Ushbu kanselyariya dastlab to‘rtta bo‘limdan iborat bo‘lib, ularning biri ya’ni
sud ishlari bo‘limi bir necha yilgina faoliyat yuritgan. Shuningdek, kanselyariya
tarkibida vaziyat taqozosi bilan vaqtincha tog‘-kon bo‘limi, harbiy yurishlar bo‘limi,
qochoqlar stoli kabi bo‘limlar tashkil etilgan. Ushbu muhim masalalar
kannselyariyaning doimiy mavjud bo‘lgan va qimmatli hujjatlarga boy 1-3
bo‘limlarida jamlangan.
Birinchi bo‘lim ma’muriy boshqaruv va inspektorlik xizmati masalalari bilan
shug‘ullangan bo‘lib, bunda jami hujjatlar to‘rtta stolda taqsimlangan. Ushbu to‘rtta
46
stolning uchtasi asosan shaxsiy tarkib hujjatlarini, to‘rtinchi stol esa “sud ishlari va
chet elliklar haqida”gi hujjatlarni yuritish va jamlash bilan shug‘ullangan.
Ikkinchi bo‘lim o‘lkaga hamda majburiyatlarga oid savollar masalasi bilan
shug‘ullangan bo‘lib, hujjatlari beshta alohida stolda taqsimlangan. Ushbu
bo‘linmada shuningdek, moliya va xo‘jalik bo‘linmasi faoliyat yuritgan. Bunda
yuqorida keltirilgan alohida yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar yuritilgan va jamlagan.
Uchinchi bo‘lim yer mulk va soliq ishlari bo‘yicha hujjatlarni yuritish bilan
shug‘ullangan. Bunda shaharlar qurilishi va ularning hisob-kitob ishlarini yuritish
alohida uchta stolda taqsimlangan.
Keltirib o‘tilgan bo‘limlardan general-gubernatorlik kanselyariyasida nazorat
palatasi bo‘limi ham faoliyat ko‘rsatgan. Bunda Turkiston general-gubernatorligi
hududida moliyaviy ishlarni nazorat qilish uchun tashkil etilgan komissiya
a’zolarining ishlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi hujjatlar majmui jamlangan.
Ushbu bo‘lim gubernatorlikda o‘lkaning moliya va soliq masalalari bilan
shug‘ullanuvchi amaldorlari ishlarini nazorat qiluvchi taftishchilarning imperatorga
bergan xabarnomalari, ma’ruzalari, hisobotlari, o‘rnatilgan tartib qoidalarni buzgan
rus va mahalliy amaldorlarni javobgarlikka tortish bilan shug‘ullangan.
Turkiston
general-gubernatorligi
kanselyariyasining
eng
muhim
bo‘limlaridan biri bu diplomatik aloqalar bo‘limi bo‘lib, unda gubernatorlikning
qo‘shni davlatlar, xususan, Buxoro va Xiva xonliklari, Afg‘oniston, Qashg‘ar va
boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalariga oid masalalar bilan shug‘ullangan.
Kanselyariyaning ushbu bo‘limida shuningdek, diplomatik aloqalarga oid hujjatlar,
xususan, Turkiston general-gubernatorligi qoshidagi diplomatik amaldor faoliyatiga
oid rasmiy hujjatlar yuritilgan va saqlangan. Shuningdek, general-gubernatorlik
kanselyariyasi huzurida Turkiston ommaviy bibliotekasi, muzeyi, “Turkestanskiye
vedomosti” gazetasi va uning bosmaxonasi (1872-1881 yy.) faoliyat yuritgan.
Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi so‘nggi general-gubernator
Kuropatkinning iste’foga chiqishi munosabati bilan o‘lkada yangi tashkil etilgan
Turkiston Muvaqqat hukumati kanselyariyasiga aylantirilgan (1917 yil aprel oyida).
47
Shunday qilib, Turkistonning birinchi general-gubernatori fon Kaufman
tomonidan XIX asrning ikkinchi yarmida tashkil etilgan, O‘zbekiston tarixini
yoritishda muhim ahamiyatga ega qimmatli manbalarni o‘zida jamlagan hujjatlar
majmui – Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi hisoblanadi. Ushbu
kanselyariya hujjatlari hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat
arxivi I-1 Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi fondida saqlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan eng katta hajmli
fondlardan biri hisoblangan ushbu jamg‘arma 35 ta ro‘yxat (opis)ga kiritilgan
hujjatlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |