CO2 - molekulasining tebranishlari
a - muvozanat konfigurasiyasi, b - simmetrik tebranish,
v - antisimmetrik tebranish
CO2 molekulasining deformasion tebranishi
Molekulalar tebranishlarini ikki asosiy sinfga ajratish mumkin. To‘lasimmetrik va noto‘lasimmetrik tebranishlar.
CO2 molekulasining tebranishlariga e’tibor qilaylik.
To‘lasimmetrik tebranishlarda molekula simmetriyasi buzilmaydi
b) holat.
v) holat.
Bundan tashqari tebranish formasiga qarab tebranishlarni ikkiga ajratish mumkin. Valent tebranishlar va deformasion tebranishlar.
Valent tebranishlar deb bog‘lanish uzunligi o‘zgaradigan, bog‘lanishlar orasidagi burchak o‘zgarmaydigan tebranishlarga aytiladi. q≠0, =0.
Deformasion tebranishlar deb bog‘lanishlar orasidagi burchak o‘zgaradigan, bog‘lanish uzunligi o‘zgarmaydigan tebranishlarga aytiladi. q=0, ≠0.
Valent va defarmasion tebranishlarni tenglashtirishda asosiy rolni atom massalari o‘ynaydi. Vodorod atomi massasining kichikligi tufayli valent tebranish C-N, O-N, N-H 3000-3500 sm-1 interval orasida bo‘ladi. C-C 1000 sm-1 tashkil qiladi. Bu shundan dalolat beradi C-C keltirilgan massasi C-N ning keltirilgan massasidan ancha katta C-Cl uchun 700 sm-1 C-J uchun 500 sm-1. Xuddi shunday deformasion tebranishlar uchun N-C-N uchun 1400 sm-1 ga yaqin C-C-C 300-400 sm-1 3 marta kichik valentli tebranishdan.
Kombinasion sochilish metodi moddaning molekulyar tuzilishini tadqiq etishning muhim usuli hisoblanadi. Molekula tebranishlarining xususiy chastotalari bu usul yordamida osongina aniqlanadi; bu usul molekula simmetriyasining xarakteri, molekulalar ichida ta’sir qiladigan kuchlarning kattaligi va umuman molekulyar dinamikaning o‘ziga xos tomonlari to‘g‘risida fikr yuritishga imkon beradi.
Ko‘p hollarda bu usul infraqizil yutilish usuli bilan birga qo‘shib o‘rganilib, molekulani to‘liq tadqiq etish imkonini beradi. Kombinasion sochilish spektrlari molekulalar uchun shunchalik xarakterlidirki, bu spektrlar yordamida murakkab molekulyar aralashmalarni, ayniqsa ximiyaviy yo‘l bilan analiz qilish qiyin yoki hatto analiz qilib bo‘lmaydigan organik molekulyar aralashmalarni analiz qilish mumkin.
Masalan: uglevodorodlarning juda murakkab aralashmasi bo‘lgan benzinlarning tarkibi kombinasion sochilish metodi yordamida samarali analiz qilinadi.
Yorug‘likning kombinasion sochilish hodisasini klassik fizika doirasida turib tushuntirib berish mumkin, lekin uning kvant talqini yorug‘likni kvant tabiatini mohiyatan tasdiqlaydi.
Molekulalar strukturasini, ichki molekulyar va molekulalararo o‘zaro ta’sir kuchlarini o‘rganishda, murakkab aralashmalarni taxlil qilish va u yoki bu birikmalarni ajratishda kombinasion sochilish usuli muxim anjomdir.
Yorug‘lik to‘lqini tarqalayotganda ikki muhit chegarasidan qaytish va sinish qonunlari bizlarga ma’lum. Shu bilan birga yorug‘lik to‘lqini biror bir moddada tarqalayotganda yutilish bilan birga sochiladi ham. Bu hodisani biz kundalik hayotimizda har kuni kuzatamiz. Yorug‘likning atmosferada sochilishi natijasida osmon ko‘m-ko‘k bo‘lib ko‘rinadi. Agar yorug‘lik atmosferada sochilmaganda edi kunduz kuni ham biz quyosh va yulduzlarni qorong‘i osmonda kuzatgan bo‘lar edik.
Umuman elektromagnit to‘lqinni (radiasiyaning) modda bilan ta’sirini o‘rganadigan fan bu molekulyar spektroskopiyadir. Elektromagnit radiasiya bilan moddaning ta’siri natijasida yutilish va sochilish hodisalari vujudga keladi. Kuzatish ob’ekti sifatida har xil agregat holatdagi ob’ektlarni qo‘llash mumkin. Spektroskopiyaning rivojlanish tarixi asosan ikki davrga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |