Spektroskopiya – o‘z ichiga umumiy qonuniyatlarga bo‘ysunadigan – usullar to‘plamini oladi. Lekin shu bilan birga bu usullar uziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega. Bu usullar fan va texnikaning juda keng sohalarida analitik maqsadlarda, turli xil ob’ektlarni tadqiq qilishda, shuningdek fizikaviy va kimyoviy murakkab jarayonlarni o‘rganishda samarali qo‘llanilib kelinmoqda.
Spektroskopik usullar bilan echiladigan masalalar juda ko‘p bo‘lib, masalaning qo‘yilishiga qarab usul tanlab olinadi. Ana shunday usullardan biri elektromagnit radiasiya bilan modda ta’sirlashuvi natijasida yuz beradigan fizikaviy, kimyoviy jarayonlarni o‘rganadigan usul molekulyar spektroskopiya usulidir. Keyingi paytlarda spektroskopik usullardan foydalanib, Astrofizikaning dolzarb masalalariga echim topilmoqda.
Ayniqsa spektroskopik tadqiqotlar Qashqadaryo viloyati uchun o‘ziga xos hususiyatga ega. Chunki Respublikamizda ishlab chiqiladigan neft va gaz mahsulotlarining asosiy qismi bizni viloyatimizga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari viloyatimizda Shurtan Kimyo kompleksi, Shurtan gazni qayta ishlash kompleksi, Muborak gazni qayta ishlash kompleksi, Dehqonobod kaliy zavodi, Maydanak baland tog‘ astrofizika observatoriyalarining mavjudligi fizika, kimyo yo‘nalishini tamomlayotgan talabalardan gazlarda suyuqliklarda va plazmada sodir bo‘layotgan fizik jarayonlarni yaxshi tushunishini va ularni yuqori ilmiy saviyada tahlil qilishni bilishlarini talab etadi. Bu o‘rinda spektroskopiya asosiy anjomdir.
Spektroskopiyada o‘rganilayotgan masalaga asosan ikki xil yondashish mumkin bo‘ladi.
Qaralayotgan moddaning tuzilishi, tarkibi va boshqa parametrlari to‘g‘risida etarlicha ma’lumotga ega bo‘lib, uning spektrini ko‘rinishini oldindan aytish mumkin.
Moddannig xossa va xususiyatlarini uning spektrining tuzilishi orqali aniqlash.
Muhtaram Prezidentimizning 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-1533 sonli qarori Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora tadbirlari to‘g‘risida bo‘lib, 2011-2016 yillarda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy texnik bazasini modernizasiyalash va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha qabul qilingan dastur Oliy o‘quv yurtlari tarixida unutilmas dastur hisoblanadi.
Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan zamonaviy ilmiy tadqiqot laboratoriyalari OTM da yuqori malakali kadrlar tayyorlashda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Bizning universitetimizda ham “Tabiiy birikmalar va polimerlarni spektroskopik tadqiq etish” mavzusida katta ilmiy - tadqiqot laboratoriyasi tashkil etilmoqda.
Bu kafedraning ilmiy tadqiqot yo‘nalishiga mos keladi: Gaz va suyuq holatdagi uglevodorodlar va boshqa tabiiy birikmalar tarkibini hamda ichki va tashqi molekulalararo o‘zaro ta’sir tabiatini spektroskopik tadqiq etish (01.04.05 - optika).
Spektroskopiyaning rivojlanish tarixi asosan ikki davrga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |