20.Cho‘zilmas va vaznsiz ipga osilgan, massasi bir nuqtada mujassamlashgan va faqat og‘irlik kuchi ta’sirida tebranma harakat qila oladigan sistemaga matematik mayatnik deb ataladi. Matematik mayatnik ipi vertikal vaziyatda bo‘lsa, sharchaga ta’sir etuvchi og‘irlik kuchi (P ) ipning taranglik kuchi (T ) bilan muvozanatlashadi (5 – rasm). Lekin mayatnikni muvozanat vaziyatidan biror (alfa belgisi) burchakka og‘dirsak, sharchaning og‘irlik kuchi (P) va ipning taranglik kuchi (T ) bir to‘g‘ri chiziqda yotmaydi. Natijada ularning teng ta’sir etuvchisi F=P+T bo’ladi. Bu yerda, F- ipga perpendikulyar yo‘nalga qaytaruvchi kuch
21. Fizik mayatnik deb, inertsiya markazidan o‘tmaydigan gorizontal qo‘zg‘almas aylanish o‘qi atrofida og‘irlik kuchi ta’sirida harakatlana oladigan qattiq jismga aytiladi. Aylanish o‘qi fizik mayatnikning osilish o‘qi deb ham ataldi. Fizik mayatnikning inertsiya markazi (C) dan osilish o‘qiga o‘tkazilgan perpendikulyar (OC) chiziq vertikal chiziq bilan mos tushgan holda mayatnik muvozanat vaziyatida bo‘ladi. Muvozanat vaziyatidan biror burchakka og‘dirilganda (6- rasm) P va T kuchlarning teng ta’sir etuvchisi–fizik mayatnikni muvozanat vaziyati tomon qaytarishga intiluvchi F kuch paydo bo‘ladi. Fizik mayatnikning harakati uchun aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasini quyidagi ko‘rinishda yoziladi:
(92) bunda, I – fizik mayatnikning osilish o‘qiga nisbatan inersiya momenti, m– fizik mayatnik massasi, h esa fizik mayatnikning osilish o‘qi va inersiya markazi orasidagi masofa. Kichik tebranishlar uchun sina=a ekanligini hisobga olsak, (92) ifoda quyidagi ko‘rinishga keladi
belgilash kiritamiz va fizik mayatnikning kichik og‘ishlaridagi tebranishlar–garmonik tebranishlar bo‘lib, ularning tebranish davri (95)
formula orqali aniqlanadi. a
25Tebranish chastotalari 20000 Hz dan katta bo‘lgan mexanik tebranishlarni inson qulog‘i tovush sifatida qabul qilmaydi. Ularga ultratovush tebranishlari yoki ultratovushlar deyiladi. Ultratovush chastotalarining yuqori chegaralari shartli ravishda 108 Hz deb qabul qilingan. Ultratovushni hosil qilish (generatsiyalash) va qabul qilish uchun ultratovush nurlatgich va priyomnik (qabul qilgich) deb ataluvchi asboblar ishlatiladi. Ultratovush nurlatgichlardan eng ko‘p tarqalgan elektrotexnik nurlatgichlar bo‘lib, ularning ishlash tamoyili teskari p’ezoelektrik hodisasiga asoslangan. Ultratovushlar biologik va fiziologik ta’sirga ega.
24Elastik muhitda tarqalayotgan to‘lqinlar chastotasi 16 dan 20000 Hz gacha bo‘lsa, bunday to‘lqinlarni inson eshitish organi – qulog‘i orqali sezadi. Shuning uchun, chastotasi 16 dan 20000 Hz gacha bo‘lgan bo‘ylama mexanik to‘lqinlar tovush to‘lqinlari yoki tovush deb ataladi.
22Elastik toʻlqinlar — elastik muhit (gaz, suyuklik va qattiq jismlar)da tarqaladigan mexanik tebranishlar. [[Toʻlqinlar tarqalayotgan muhitning zarralari toʻlqinlar bilan birga koʻchmaydi, ular faqat oʻz muvozanat holatlari atrofida tebranib turadi. Elastik toʻlqinlarning boʻylama va koʻndalang xillari bor. Boʻylama Elastik toʻlqinlarda muhitning zarralari toʻlqinlar tarqalayotgan yoʻnalishi boʻylab, koʻndalang Elastik toʻlqinlarda esa tarqalayotgan yoʻnalishga perpendikulyar yoʻnalishda tebranadi. Mexanik koʻndalang toʻlqinlar faqat siljish qarshiligiga ega muhitda hosil boʻlishi mumkin. Suyuq va gaz holatdagi muhitlarda faqat boʻylama toʻlqinlar; qattiq muhitda ham boʻylama, ham koʻndalang toʻlqinlar vujudga keladi. Istalgan vaqtda tebranishlar yetib kelgan elastik muhit nuqtadarining geometrik oʻrni toʻlqin fronti deb, bir xil fazada tebranuvchi nuqtalarning geometrik oʻrni toʻlqin sirti deb ataladi. Toʻlqin sirtlari istalgan shaklda boʻlishi mumkin. Eng sodda holda ular tekis (yassi) yoki sfera (sferik) shaklida boʻladi. Elastik toʻlqinlar elastik muhit zarralarining tebranish amplitudasi va chastotasi, toʻlqin uzunligi, faza hamda guruh tezliklari va boshqalar koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi. Elastik toʻlqinlar chastotasi Gs ulushlaridan 1013Gi gacha. Elastik toʻlqinlardan seysmologiya va gidrolokatsiyada, okeanlarni oʻrganishda, qattiq, suyuq hamda gaz holatdagi moddalarning tuzilishini oʻrganishda, tibbiyot va boshqalar sohalarda keng foydalaniladi (yana q. [[Toʻlqinlar).