Tyezkorlikni tarbiyalash
Jismoniy fazilatlardan biri bo’lgan tyezkorlik dyeganda, biz gandbolchining ma’lum sharoitda qisqa vaqt ichida, eng ko’p harakatlarni xarakatlarni bajara olish qobiliyatini tushunamiz.
Tyezkorlik namoyon bo’lishining quyidagi shakllari mavjuddir:
tafakkur (fikrlash) jarayonining tyezligi;
oddiy va murakkab ryeaktsiyalarning qanday bo’lma-sin biron-bir tashqi ta’sir yoki komplyeks ta’sirlarga javoban tyezligi;
yakka harakatni bajarish tyezligi;
harakatlar tyezligi (ayrim harakatlar syeriyasini bajarish vaqti).
O’yinchi harakat faoliyatining tyezligi, birinchi navbatda, harakatlarni muvofiqlashtiruvchi markaziy nyerv tizimining faoliyatiga munosib bo’lishi lozim. Gandbolchining tyezkorligi muayyan ryeaktsiya tyezligida, jadal siltanishda, 25-30 m masofada ko’rsatiladigan yugurish tyezligida hamda to’p bilan yoki to’psiz tyexnik usullarni bajarish tyezligida aniq ifodalanadi. Tyezkorlikni rivojlantirish uchun yugurishda qayta tyezlanish, vyelosipyedda uchish va shunga o’xshash har xil maksimal tyezlik bilan bajariladigan tsiklik mashqlardan foydalaniladi. Qayta tyezlanishda maksimal darajaga yetkazadigan qilib tyezlikni syekin-asta, tyekis oshirib borib, harakat amplitudasini kattalashtirish lozim.
Tyezkorlikni rivojlantirishga yordam byeradigan yana ko’pgina mashqlarni kyeltiramiz:
yonboshlab, orqa bilan jadal yugurishni bajarish;
tizzani yuqoriroq ko’tarib va qadamlarni maksi-mal tyezlikda qo’yib yugurish;
25-80 m masofaga oyoq uchida dyepsinib tyez sakrab-sakrab harakat qilish;
maksimal sur’atda aylantirilayotgan kalta va uzun arg’amchi bilan sakrash; aylanib turgan arg’amchi tagidan yoki ustidan yugurib o’tish;
o’rta masofaga yugurayotganda sur’atni to’satdan o’zgartirish;
dastlab yugurib borishdan so’ng (6-8 m) 20-30 m masofada maksimal tyezlikka erishish.
Siltanish (ro’vok) va tyez yugurishlar har xil estafyetalarda musobaqa uslubida o’tkazilgani ma’qul. Bir mashg’ulotga mo’ljallangan tyezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mashq-larning hajmi uncha katta bo’lmasligi kyerak.
Tyezkorlikni rivojlantirish uchun o’yin tyexnikasi va taktikasiga oid ayrim mashqlardan foydalanish mumkin. Shuningdyek, tyez yorib o’tish, pryessing ham, maksimal tyezlikda to’pni yerga urib yurish va chalg’itib o’tish kabi mashqlar ham tyezkorlikni rivojlantirishga imkon yaratadi.
O’yinchilarning yakka harakatida - hujum va himoyada oyoq harakatini tyezlashtirib, harakat tyezligini rivojlantirishga katta ahamiyat byerish kyerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |