Otmning nomi va joylashgan manzili


Chidamlilikni tarbiyalash



Download 4,53 Mb.
bet57/90
Sana13.02.2023
Hajmi4,53 Mb.
#910786
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90

Chidamlilikni tarbiyalash


Chidamlilik - markaziy asab tizimining holati, funktsional tayyorgarlik, jismoniy fazilatlar, harakatlanish malakalarining toliqishga bardosh byerishi hamda psixologik turg’unlik bilan byelgilanadi. Chidamlilik darajasi faollik ko’rsatkichlari va uzoq davom etgan musobaqa harakatlarining samaradorligi bilan baholanadi.
Chidamlilikni oshirishga qaratilgan tryenirovka yuklanmalarining o’ziga xos xususiyatlari shundaki, gandbolchining organizmiga ta’sir qilayotgan mashqlar musobaqalar paytidagidyek yoki undan ham ortiqroq bo’lib, bu mashqlardan sistyemali ravishda foydalanish kyerak.
Analitik nuqtai nazardan qaraganda, chidamlilikning yuqori darajasiga erishish yo’li o’z ichiga ko’p marotaba takrorlanadigan va bir-biriga qo’shilgan jadal yugurish; to’xtash, tyezlanish, aylanish, sakrash (kichik yuk yoki qarshilik bilan), og’irlik ko’tarib (suv, qum, qor qarshiligida) kabi katta hajmli mashqlar orqali vujudga kyeladigan kuch, tyezkorlik, chaqqonlikdir.
Tryenirovkaning ayrim bosqichlarida gandbolchi fazo-vaqtni hisobga olgan holda tyezkorlik va aniqlik bilan bog’liq bo’lgan katta hajmdagi mashqlarni bajarishi lozim. Bunda o’yinchining markaziy asab tizimiga katta yuklanmalar to’g’ri kyeladi, bu esa muhim maqsadga qaratilgan tayyorgarlik bilan bog’lanadi. Ilmiy tyekshirishlar natijalari va ko’zga ko’ringan jamoalarning tryenirovka tajribasi shuni ko’rsatadiki, uzoq vaqt o’rta jadallikdagi o’yin tyexnikasini takomillashtirishga qaratilgan dars paytida yuqori jadallikdagi oddiy tsiklik shakllarning 5-7 minutli komplyeksini 2-3 marotaba kiritish kyerak. Bunday o’zgarishlar mashg’ulotning umumiy tonusini ko’taradi, asab toliqishini yo’q qilishga yordam byeradi va syekin-asta o’yinchining markaziy asab tizimi qobiliyatini oshirib borib, murakkab mashqlarning oshib borayotgan xajmiga bardosh byerishga yordamlashadi.
Chidamlilikni rivojlantirish uchun ko’p marotaba takrorlanadigan va maxsus uyushtirilgan o’yin tyexnikasi va taktikasiga oid mashqlardan (ayniqsa, pryessingda va tyez yorib o’tishda), 2x2 va 3x3 o’yin mashqlaridan, ikki tomonlama tryenirovka o’yinlaridan ham foydalaniladi. Shu bilan birgalikda, tryenirovka o’yini vaqtini sportchilarni oldindan alohida ogohlantirmasdan, odatdagidan 5-10 minut uzaytirish kyerak: o’yinga yangi yoki dam olgan raqiblar kiritiladi. Maxfiylashtirilgan fora (imtiyoz) byelgilangan holda bir nyecha jamoalar orasida bir kunlik turnir – gandikap o’tkazish mumkin.
Qiyinchiliklarga bardosh byerish uchun tayyorgarlik ko’rishda, tyekshirish o’yinlarida intyerval tryenirovka tamoyilidan foydalanish mumkin. Chunonchi, to’liq dam olishga 3-5-7 minutli tanaffus byerib, yangi vaqt hisobida har biri 12 yoki 15 minut davom etadigan to’rt bo’limdan iborat o’yin o’tkazish. Bunda ayniqsa «aylanma tryenirovka» yaxshi natija byeradi. Aylanma tryenirovkaning har bir «byekatida» aniq dozalangan yuklanmalar dam olishning xilma-xil turlanishi ehtimolligining kyeng diapazoni quyidagilarni kuzatishga «imkon» yaratadi:

  • o’zgaruvchan jadallikdagi ishni to’xtamasdan, uning ancha cho’zilishini ta’minlab byeradi;

  • yuqori jadallikdagi ishning intyervalligini ta’minlab byeradi (10-15 syek ishdan so’ng 20-30 syek dam olish; 30-40 syek ish - 1-1,5 min dam olish; 1,5-2,5 min ish – 3 min dam olish);

  • o’yin ryejimining qisqartirilgan modyeli asosida qayta-qayta ish bajarish (4-3 min ish, 5 min dam olish).

Chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan intyerval va aylanma tryenirovkaning jiddiy dasturlarini amalga oshirishda tryenirovka va musobaqaga oid ta’sirlar o’yinchining funktsional imkoniyati va tayyorgarligi darajasiga qanchalik muvofiq ekanligini nazarda tutish kyerak. Faqat organizmda tiklanish jarayonlariga yaxshi sharoit (stimul) yaratib byergan holda yuklanmalarini jadallashtirish mumkin.
Tiklanish jarayoni dastavval mashg’ulotlarning ratsional tuzilishi bilan ta’minlanadi. Bunda quyidagilar katta ahamiyatga ega:

  • tryenirovka jarayonining hamma elyemyentlarida yuklanmalar va dam olishni bir-biriga nisbatan to’g’ri olib borish, tryenirovka vositalari va usullarning variativligi;

  • maksimal yuklanmadan kyeyin kyeladigan kunni faol dam olish bilan

o’tkazish;

  • asosiy mashqlar oralig’ida dam oldiruvchi va bo’shashtiruvchi mashqlarni bajarish;

  • mutlaqo bo’shashgan passiv holda dam olish (suvda bo’lgani ma’qul);

  • musiqa va ritmolidyerdan foydalanish;

  • turli sharoitlarda tryenirovkalar o’tkazish (stadionda, o’rmonda, bog’da, daryo yoqasida va hokazo);

  • yaxshi turmush sharoitini yaratib byerish va salbiy ta’sir etuvchi omillarni yo’qotish;

  • to’g’ri ovqatlanishni ta’minlash, farmakologik pryeparatlar, uqalash, suv muolajalari, fiziotyerapiyadan foydalanish.


Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish