Mavzu 20: Qo’l to’pi. Ikki tomonlama o’yin.
Amaliy mashg’ulot o’tkazish jarayonida shug’ullanuv-chilarda, odatda, o’yin tyexnikasiga, taktikasiga, ta’lim va mashg’ulot usuliyatiga oid savollar tug’iladi. Amaliy mashg’ulot paytida uzundan-uzoq nazariy tushuntirishlar byerish noto’g’ri bo’lardi. Yaxshisi, tug’ilgan savollarning hammasini hisobga olib qo’yib, ularga maxsus suhbatlarda, masalan, «Gandbolchilar uchun chigil yozishning ahamiyati», «Yuksak sport natijalariga erishishda jismoniy tayyor-garlikning roli» mavzularida tayyorlangan suhbatlarda javob byergan ma’qul.
Nazariy mashg’ulotlarning shu tarzda taqsimlanishi va ularning amaliy mashg’ulotlar bilan yaqin bog’liqligi gandbolchilarda mashg’ulotga qiziqish uyg’otadi hamda o’yinning nazariy va amaliy asoslarini puxta egallab olishga yordam byeradi.
O’yinga yo’l-yo’riq byerish. O’yinchi o’z jamoasining ham, uchrashiladigan jamoaning ham xususiyatlarini o’rganishi va chuqur bilishi, o’yin taktikasi va uning turli tizimlarini o’zlashtirib olishi talab qilinadi. Murabbiy o’yinga yo’l-yo’riq byerishga puxta tayyorgarlik ko’radi, raqib jamoasi haqida imkoni boricha ko’p ma’lumot to’playdi, mashg’ulotga puxta tayyorlanib, konspyekt tuzadi.
Odatda, yo’l-yo’riq byerish mazkur o’yinning aha-miyatini bayon etishdan va raqib jamoasi hamda uning o’yinchilariga tavsifnoma byerishdan boshlanadi. Shundan so’ng o’yinning taklif etilayotgan taktik ryejasining asosiy g’oyasi aniq va ixcham tarzda tushuntiriladi.
Murabbiyning raqib jamoasi to’g’risidagi tasavvuri noto’g’ri bo’lib chiqsa, yoki raqib kutilmagan tizimda hujum va himoyani amalga oshirsa, nima qilish kyerakligi to’g’risida ham o’z fikrlarini o’rtaga tashlaydi.
Shunday qilib bo’lg’usi o’yinga byeriladigan yo’l-yo’riq quyidagicha bo’ladi:
Bo’lg’usi o’yinning ahamiyati.
Raqib jamoasi tavsifnomasi.
Jamoa o’yinining taktik ryejalari.
Har bir o’yinchilarga topshiriq.
Shiddatli o’yin davomida o’yinchilar juda ko’p turli maslahatlarni eslab qololmay, ryejasiz o’ynay boshlaydilar. Murabbiy raqib kuchini batafsil tahlil qilishdan kyelib chiqib, o’yinning umumiy ryejasini va o’yinchilarga bo’lgan umumiy talablarnigina bayon qiladi-yu, o’yin paytida mustaqil qarorga kyelish xuquqini har qaysi o’yinchining o’ziga qoldiradi.
O’yinga yo’l-yo’riq byerish o’yin o’tkaziladigan kun amalga oshiriladi.
Murabbiy o’yinning birinchi va ikkinchi yarmi orasidagi tanaffusda aniq vaziyatdan kyelib chiqib, jamoaning taktik harakatiga zarur tuzatishlar kiritadi. Buning uchun u o’yinning borishi va jamoalar taktik niyatining amalga oshirilishini diqqat bilan kuzatib boradi. O’yinga oid mulohazalarni aytishdan oldin murabbiy o’yinchilarga tinchlanib olish uchun ikki-uch daqiqa vaqt byeradi. Kyeyingi 2-3 daqiqa mulohaza va tushuntirishlarni (masalan, to’p uzatishda, himoyada, hujumda, tyez yorib o’tishda, darvozaga to’p otishda va hokazo yo’l qo’yilgan xatolar) aytiladi.
Qolgan vaqt butun jamoaning diqqatini chalg’itmay, ayrim o’yinchilarga zarur ko’rsatmalar byerishga sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |