Egiluvchanlikni tarbiyalash
Egiluvchanlik - bu gandbolchilarning o’yinda uchrab turadigan harakatlarni katta amplitudada bajara olish qobiliyati. Bo’g’inlarning harakatchanligi mushaklar va paylarning cho’ziluvchanligiga bog’liq. Shuning uchun ham dastavval barcha bo’g’inlarning harakatchanligini oshirishga alohida e’tibor byerish kyerak. Egiluvchanlikka oid mashqlarni dastlab har kungi ertalabki mashg’ulot va yakka tryenirovkaga kiritgan holda bajara boshlash kyerak. Talabga muvofiq bo’lgan egiluvchanlikka erishilgandan kyeyin, katta xajmdagi mashqlarning zaruriyati ham kyerak bo’lmay qoladi, chunki yaxshi egiluvchanlikni saqlab qolish uchun xaftada 23 marta kichik dozirovka bilan bajariladigan tyegishli mashqlarning o’zi kifoya qiladi.
Asta-syekin kattalashtirilib boruvchi amplitudada bajariladigan, cho’ziluvchanlikni oshiradigan, kichik og’irlik bilan qayta-qayta bajariladigan prujinasimon harakatlar, shyerik yordami bilan bajariladigan mashqlar egiluvchanlikni rivojlantirish uchun asosiy vositalar hisoblanadi. Mashqlar inyertsiya kuchlaridan to’laroq foydalanilgan holda har doim amplitudasi, salmog’i va sur’ati oshib boradigan va 3-5 harakatni o’z ichiga kiritgan syeriyalar bilan bajariladi. Bo’g’imlarning har qaysi guruhi uchun mo’ljallangan takroriy mashqlarning umumiy soni asta-syekin ortib borishi kyerak.
Cho’ziluvchanlikka qaratilgan mashqlar va, shuningdyek, dastlabki badan tarbiya, uqalash, issiq vanna, iliq dush, bo’shashishga imkon yaratadigan mashqlar mushak va paylarning tarangligini rivojlantirishga yordam byeradi. Takrorlash usuli egiluvchanlikka qaratilgan mashqlarni qo’llashda yetakchi hisoblanadi.
Bo’shashtiruvchi mashqlarni bajarishda maydonga nisbatan yuqoriroq joylashganligi uchun tananing ayrim qismlarining og’irligidan foydalanish oddiy va odatiy bo’lib qolgan mashqlardir. Bajarish uchun og’irlik markazini o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan mashqlar murakkabroq mashqlardan hisoblaniladi. O’yin jarayonida zarur bo’lgan harakatlarni ta’minlab byeruvchi mushaklarning asosiy guruhini bo’shashtira bilish gandbolchida quyidagi mashqlar orqali vujudga kyeladi:
qo’l panjalarni silkitish;
gavdani o’ngga va chapga burgan holatda qo’llarni erkin aylantirish yoki
silkitish;
bir joyda turib sakrash yoki qo’llarni erkin tutgan holda mayda qadam bilan yugurish;
oyoq uchlarini poldan uzmasdan, oyoq tizzalarini galma-galdan tyez bukib, gavda og’irligini bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa ko’chirish;
sonni ikki qo’l bilan ko’tarib, qayta tushirish (boldir va payni bo’shashtirgan holatda);
joyda turib bir oyoqda sakrash (boshqa oyoq bo’shashgan holatda bo’lishi kyerak);
engashgan holatda qo’llarni erkin qo’yib, gavdani aylantirish;
yotgan holatda oyoqni ko’tarib yon tomonga burilish, kyeyin bo’shashgan holatda oyoqni joyiga qo’yish.
Hozirgi vaqtda bir qator sport turlarida mushaklarni bo’shashtirishni ta’minlash uchun autogyen tryenirovka va uning yangi turi - psixoryegulyatorli tryenirovkadan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |