Ruhiy tayyorgarlik
Gandbolchilarning ruhiy tayyorgarligi umumiy ruhiy tayyorgarlikni va oldinda turgan musobaqaga tayyorgarlikni o’z ichiga oladi.
Aqliy-irodaviy hislatni tarbiyalash umumiy ruhiy tayyorgarlikning asosiy vazifasidir.
/alaba qilishga intilishni tarbiyalash lozim. Bunday intilishning eng ta’sirchan usuli ijtimoiy burch va jamoa oldida javobgarlikni anglash hisoblanadi.
Ayrim gandbolchilarga, guruhlarga va butun jamoaga maxsus topshiriqlar byerish katta ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. O’yin natijasining ahamiyatini, albatta g’alaba qilish zarurligini xadyeb eslatish ham kyerak emas. Bo’lajak o’yin va uning natijasini xaddan tashqari ko’p o’ylayvyerishdan o’yinchilar e’tiborini chalg’itish ma’qul.
Har bir sportchida irodaviy sifatlar yuqori darajada rivojlangan bo’lishi lozim. Dadillik, qat’iyatlilik, bosiqlik va esankiramaslik, tashabbuskorlik, intizomlilik asosiy irodaviy xislatlardir.
Bu hislatlar o’quv-mashg’ulot jarayonida tarbiya-lanadi.
Maxsus ruhiy tayyorgarlik sportchidan aqliy qobi-liyatning rivojlanishini, qiziquvchanlikni, sharoitni tanqidiy baxolay olishni, o’z xatti-harakatini to’g’ri tahlil qila bilishni talab qiladi. Bu sifatlar tyegishli maxsus bilim va malaka egallash uchun zarurdir. Murabbiy, ayniqsa, sportchiga musobaqaga tayyorlanish jarayonida ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi mumkin bo’lgan emotsional ruhiy xususiyatlarni tarbiyalashga alohida e’tibor byerishi kyerak.
Funktsional tayyorgarlik
Gandbolchi organizmining funktsional imkoniyatlari undagi jismoniy tayyorgarlikning asosini tashkil etadi. Funktsional imkoniyatlarning darajasi aniq sport ishchanligida namoyon bo’ladi. Mashg’ulotlar ta’sirida bo’ladigan o’zgarishlar mustahkam bo’lishi uchun o’yinchi uzoq vaqt davomida o’ziga xos maxsus ishni bajarish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim. Mashg’ulotlar jarayonida gandbolchiga hajm va shiddatliligi jihatidan anchagina katta yuklamani bajarishga to’g’ri kyeladi. Ko’pincha bu yuklamalar musobaqadagi yuklamalardan ham ortiqroq bo’ladi. Ma’lumki, o’yinda faol ishtirok etgan o’yinchi 60 daqiqa ichida hamisha qarshilikka uchraydigan sharoitda har xil tyezlikda 5-6 km masofani yugurib o’tadi. Bunday sharoitda bajarilayotgan ishning darajasi organizmning faqat enyergyetik imkoniyatiga bog’liq bo’lmay, balki ma’lum darajada jismoniy tayyorgarlikka, asabmushak muvozanatiga, tyexnik kamolotga va harakat faoliyatining mustahkamligini hamda tyejamkorligini ta’minlab byeruvchi boshqa omillarga ham bog’liq bo’ladi.
Shug’ullanuvchilarning funktsional imkoniyatlari mushaklardagi enyergyetik moddalarning umumiy zahirasidan tashqari «gipoksiya» (havo yetishmaslik) holatiga – ruhiy tayyorgarlik bilan qarshilik ko’rsata bilish, ya’ni toliqishni kyeltirib chiqaradigan kislorod yetishmasligiga bardosh byera olishga ham bog’liq.
Organizmni haddan tashqari katta ish taьsiridagi toliqishdan saqlab qolishga subьyektiv toliqish syezgisi yordam byeradi. Toliqish sportchi bajargan ishga doimo o’xshash bo’lavyermaydi. Murabbiy sportchini toliqish alomatlariga to’g’ri baxo byerishga, o’z organizmining haqiqiy ishchanligi chyegarasini bilishga o’rgatishi kyerak. Shu bilan bir qatorda, shikastlanishlar dastavval qattiq toliqishdan, yuklamaning hajmi va shiddatliligi juda katta bo’lishidan, mashg’ulot va o’yinga yetarli darajada tayyor bo’lmaganligidan kyelib chiqishini eslatib o’tish lozim.
Gandbolda harakat faoliyati o’ziga xos bo’lgani uchun mashg’ulotning turli shiddatda bajariladigan mashqlari qisqa va ancha uzoq vaqt sust va faol dam olishni almashlab olib borish lozim. O’yin harakatlarining tavsifi to’xtab-to’xtab o’tadigan bo’lgani uchun, u nafas olish jarayonining maksimal miqdorda kuchaytirilishini talab qiladi.
Gandbolchilarning funktsional tayyorgarligini oshirish uchun maxsus vositalardan foydalaniladi.
O’yinchilarning funktsional qobiliyatlarini hisobga olib, ularning funktsional tayyorgarligini oldindan ryejalashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |