5- rasm. Mexanik tipidagi «Mexanobr» flotatsion mashina
1-cho‘ntak; 2- patrubok;3-impellyer; 4- statordiski; 5- stator yo‘naltirgich; 6- impellyerval; 7- markaziy quvur; 8- havo uzatuvchi quvur; 9-stakan; 10-tiqin; 11- qarama qarshi joylashgan aylana teshiklar; 12-shiber; 13- tyaga; 14- to‘sqich; 15-metall korobka; 16- teshiklar; 17-sterjen; 18-teshik; 19-qopqoq; 20 - richag
Bo‘tanani havoga to‘yintirish (ayeratsiya) va aralashtirish usuliga qarab flotatsiya mashinalari mexanik, pnevmomexanik va pnevmatik mashinalarga bo‘linadi.
Pnevmomexanik flotatsiya mashinalari mexanik mashinalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: bir xil texnologik ko‘rsatkichlarda flotatsiya vaqti 35-40% ga kam; 1 t rudaga sarflanadigan energiya 40-50% ga kam; bo‘tana oqimining yuqori tezligida ishlash mumkin; bo‘tanani havo bilan to‘yintirishni keng chegarada boshqarish (1,5-1,8 m3/daqiqa) mumkin.
Pnevmatik flotatsiya mashinalaridan ayerolift mashinalar eng ko‘p tarqalgan. Ular sodda tuzilishga ega va arzon, yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga ega energiya sarfi arzimas, polning sathini mexanik mashinalarga nisbatan kamroq egallaydi. Ayerolift flotatsiya mashinalarining kamchiliklari quyidagilardan iborat: qiyin flotatsiyalanuvchi rudalarni flotatsiyalashda etarli darajada barqaror bo‘lmagan texnologik ko‘rsatkichlar va yuqori namlikdagi boyitmalar olinadi, vannaning tubiga yirik va zichligi nisbatan yuqori zarrachalarning cho‘kish xavfi yoki bo‘tanani jadal aralashtirmasligi tufayli bunday zarrachalarning vannaning pastki qismida to‘planishi; oraliq mahsulotni chiqarib olishning imkoni yo‘qligi, bu esa murakkab boyitish sxemalarda ko‘p sonli nasoslarni o‘rnatishni talab qiladi.
Pnevmatik flotatsiya mashinalarni quyidagi sharoitlar bilan birgalikda qo‘llash tavsiya qilinadi: foydali qazilma oson flotatsiyalanganda, uning kichik yoki o‘rtacha zichligida, sodda boyitish sxemasida, boyitmaning chiqishi kattaroq bo‘lganda. Boshqa sharoitlarda ko‘pincha pnevmomexanik mashinalar tanlanadi. Biroq texnologik sabablarga ko‘ra flotatsiya jarayonini jadallashtirishning imkoni bo‘lmasa, mexanik mashinalar nisbatan tejamliroq bo‘lishi mumkin.
TEXNIKA VA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI.
Hayot faoliyat xavfsizligi ish jarayonida insonning mehnat qobiliyatini, sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlash uchun yo‘naltirilgan qonunlar majmuasi, sotsial-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigiyenik, profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga qamrab olgan. «Hayot faoliyati xavfsizligi» ijtimoiy – huquqiy masalalarni o‘z ichiga olgan muhandislik fani bo‘lib, klassik fanlar bo‘lmish fizika, kimyo va matematika bilan birga amaliy mehnat gigiyenasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat psixologiyasi, umumiy muhandislik, yong‘in texnikasi, ergonomika, sanoat estetikasi va boshqa fanlar bilan hamohangdir.
Tashkilotlarda hayot faoliyat xavfsizligiga doir barcha qaror va hujjatlarni tahlil qilish, kelgusida hayot faoliyat xavfsizligi darajasini ko‘tarish, ish yuritishda texnika xavfizligi mashg‘ulotlarini o‘tkazish, hayot faoliyat xavfsizligi ishlarini tashkil etish, o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, talabalari, xizmatchi va ishchilari o‘rtasida shikastlanishning oldini olish hamda davlat standarti masalalari talalariga rioya etish maqsadida «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. Bu qonun asoslari mazmun jihatidan juda keng qamrovli bo‘lib, o‘z tarkibida jamoa shartnomasi, mehnat shartnomasi, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, mehnat intizomi, ayollar va bolalar mehnati, ijtimoiy himoya hamda boshqa masalalarni mujassamlashtirgan.
«Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonun asosida ishlab chiqarishdagi inson sog‘ligi uchun zararli bo‘lgan omillarni bartaraf qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olish va ish joylarining sanitariya-gigienik jihatidan qoniqarli holatda bo‘lishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish ma’suliyati ma’muriyat zimmasiga yuklatilganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Kasbiy zararlanishlar mavjud bo‘lgan hududlarda mehnat qiladigan ishchilar uchun qisqartirilgan ish kuni, qo‘shimcha dam olish kunlari joriy qilishi, zararli ish joylarida ishlaganlarga, ya’ni juda issiq haroratli, sovuq, zah va sog‘liq uchun zararli sharoitda mehnat qilayotganlar uchun maxsus ustama haq hamda himoya kiyimlari berilishi ko‘zda tutiladi. Kasbiy kasalliklarning oldini olish, ishchilarning sog‘ligini mustahkamlash maqsadida ularni o‘rnatilgan tartib asosida sut, parhez taomlar bilan ta’minlash tartibi joriy etilgan.
Ishlab chiqarish korxonalarida «Mehnat kodeksi» va «Mehnatni muhofaza qilish» to‘g‘risidagi me’yorlarni buzishda ayblangan rahbar shaxslar ma’muriy, moddiy va jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ma’muriy javobgarlik - hodimga hayfsan berish, ishdan chetlashtirish, o‘rtacha oylik ish haqining yigirma foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish va mehnat sharnomasini bekor qilishdan iborat. Moddiy javobgarlik ega «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunni buzgan shaxslarni nazorat tashkilotlari tomonidan belgilangan miqdorda jarima to‘lashga yoki keltirilgan moddiy zararni qoplashga majbur qilishdan iborat. «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunni buzish baxtsizlik yoki o‘limga sabab bo‘lsa, aybdor shaxslar belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Mehnat Kodeksiga o‘smirlar mehnatiga alohida e’tibor berilgan. 18 yoshga to‘lmagan yigit-qizlarni ishga qabul qilishda ularning xohishiga qarab, yilning istalgan vaqtida bir oylik mehnat ta’tili berilishi belgilangan. O‘smirlar fabrika, zavod, kasaba qo‘mitalari ruxsatisiz qo‘shimcha ishlarni bajarishga jalb qilinmaydi. Agar o‘smirlarni bajarayotgan yumushlari ularning sog‘ligiga ta’sir qilayotganligi sezilsa, u holda shifokor maslahati va tegishli hujjatga asosan boshqa ishga o‘tkaziladi.
Sanoat korxonalarining ish jarayonida shikastlanish va kasbiy kasalliklarni kamaytirish davlat miqyosidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib, mehnat muhofazasi bo‘limi rahbariyat va kasaba uyushmalari bilan hamkorlikda chora-tadbir belgilaydi. Sanoat korxonalarida Qonun asosida mehnatni muhofaza etish masalalarini hal qilish maqsadida, har yili kasaba uyushmasi tashkilotlari bilan hamkorlikda mehnat muhofazasi chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.
Mehnat sharoitining yaxshilanishiga olib keladigan jami tadbirlar mazmuni bo‘yicha quydagilarga bo‘linadi:
-baxtsiz hodisalarning oldini olish chora-tadbirlari. Bularga zaharli va yengil alanganuvchi suyuqliklarni saqlash jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, himoya moslamalari, to‘siqlar, avtomatik himoya vositalari, signal moslamalari, masofadan boshqarish asboblarini qo‘shimcha o‘rnatish va boshqalar kiradi;
-mehnat sharoitini umumiy yaxshilash chora-tadbirlari. Bunga mehnatni muhofaza qilish masalarini yorituvchi ko‘rgazmali xonalar, burchaklar tashkil qilish, ish joylarini unumli yoritish, shovqin va tebranishlarga qarshi umumiy chora-tadbirlar, maxsus yechinish, yuvinish, kir yuvish, kimyoviy tozalash, kiyimlarni maxsus tikish xonalarini tashkil etish kiradi;
-ishlab chiqarishda kasb kasalliklari oldini olish chora-tadbirlari. Unga ishchilarni har xil kasbiy zararlar ta’siridan himoyalovchi moslama, jihozlarni tayyorlash, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, xonalarni shamollatib turish moslamalarini o‘rnatish hamda ishlab turgan moslamalarni o‘z vaqtida ta’mirlash, havo tarkibini tekshirish hamda nazorat o‘rnatish uchun asbob-uskunalar olish, o‘rnatish va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarishda yangi texnologik jarayonlar tatbiq etish va umumiy rekonstruksiya qilish ham mehnat sharoitini yaxshilash chora-tadbirlariga kiradi. Bundan tashqari, korxona jamoasi, rahbarlari, tarmoq vazirliklari hamkorligida mehnatni muhofaza qilish, mehnat sharoitini yaxshilash va sanitariya-gigiyena chora-tadbirlarini ishlab chiqib, tarmoq markaziy kasaba qo‘mitalari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Korxona va ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarda, jihozlar ishlayotganida shovqin va titrash paydo bo‘ladi. Ishlayotgan tosh maydalagichlar, tegirmonlar, kompressorlar va ventilyatsiya qurilmalari, mexanizatsiyalashtirilgan asboblar va boshqa jihozlar shovqin va titrashning asosiy manbalaridir.
Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida sanoat korxonalarda shovqinga qarshi kurash masalalari muhim muammolar qatoriga kiradi.
Shovqinning oqibatlari ma’lum. U birinchi navbatda ishlab chiqarishda mehnat qilayotgan kishilarni ma’naviy toliqtiradi, shovqin chiqarish jarayonini boshqarayotgan operatorlar ishiga halal berib, ularni har xil xatolarga yo‘l qo‘yishlariga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarish jarohatlanishlari kelib chiqishining asosiy manbai hisoblanadi.
Katta shovqin ta’sirida insonning asab tizimlari charchab, eshitish faoliyati susayib ketadi. Shuning uchun ham sanoat korxonalarida shovqinni kamaytirish chora-tadbirlarini belgilash inson salomatligini saqlashdek juda muhim ijtimoiy ahamiyatga molikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |