Changga qarshi qaratilgan chora tadbirlar.
Boyitish fabrikasida rudalarni boyitishda ma’lum miqdorda chang hosil bo‘ladi va havoga ko‘tariladi. Bu changlar asosan maydalash va quritish jarayonida hosil bo‘ladi.
Changsizlantirish – qattiq zarrachali changlarni ventilyator yordamida surib ushlash jarayoniga aytiladi. Chang - deb o‘z tarkibida qattiq moddaning mayda
zarrachalarini tutgan gaz sistemalariga aytiladi, chang odatda qattiq moddalarni mexanik usullar bilan maydalash, yanchish va bir joydan ikkinchi joyga uzatish vaqtida hosil bo‘ladi. Sanoat changlarining o‘lchami 0,001 dan 0,1 gacha bo‘ladi.
Tutunlar tarkibida o‘lchami 0,3 - 5mkm ga teng bo‘lgan qattiq modda zarrachalari bo‘ladi. Tutunlar bug‘ yoki gazlarning suyuq yoki qattiq holatiga, kondensatsiyalanish jarayoni orqali o‘tishdan hosil bo‘ladi. Bundan tashqari tutunlar qattiq yoqilg‘ilarning yonishi paytida hosil bo‘ladi. Chang tutun, tumanlar, aerodispers sistemalar yoki aerozollar deb yuritiladi.
Boyitish fabrikalari bo‘limlarida asosan tayyorlash jarayonida texnologik changlar paydo bo‘ladi, ular asosan shu qazilma boyliklarining juda kichik zarrachalari hisoblanib, havoda muallaq harakatlanadi.
Changlar birlamchi va ikkilamchi changlarga bo‘linadi.
Birlamchi chang bu texnologik va transport dastgohlarida ish vaqtida ajraladigan chang bo‘lsa.
Ikkilamchi changlar bo‘lsa, dastgohlarda o‘tirib qolgan changlardir. Ko‘pchilik fabrikalarda, ayniqsa quruq usulda boyitish fabrikalarida foydali qazilmalarni qayta ishlashning hamma jarayonlari katta miqdorda chang ajralishi bilan olib boriladi. Ishlab chiqarish korxonalarida changlar asosan derazalarda, pollarda, metall konstruksiyalarda va dastgohlarda o‘tirib qoladi, bu esa dastgohlarni xizmat ko‘rsatish muddatini qisqarishiga hamda moylarning ko‘p miqdorda sarflanishiga olib keladi, shuningdek, derazaga o‘tirgan changlar ishchi o‘rinlarga tushayotgan yorug‘likni to‘sadi. Ba’zi mayda dispers zarrachalarda tashkil topgan changlarni havo bilan aralashishi natijasida portlovchi aralashma hosil bo‘lishi mumkin. Uning hosil bo‘lishi shu aralashmadagi changlarni konsentratsiyasiga, chang zarrachalarining yirikligiga, havodagi kislorodning miqdoriga va boshqa omillarga bog‘liq. Shuningdek yirikligi 0,07–0,1 mm changli havo portlashdan xavfli hisoblanadi. Masalan: bunday yiriklikdagi toshko‘mirning havo bilan aralashmasida changning miqdori 35–500 gr / m3 bo‘lganda portlashga moyilligi yuqori bo‘ladi va harorati 700–750 0С bo‘lganda ham portlash hodisasi yuz berishi mumkin.
Quyidagi jadvalda ayrim foydali qazilmalarni portlashdan xavfsiz bo‘lgan konsentratsiyasi miqdori keltirilgan.
Changlar granulometrik tarkibiga ko‘ra: yirik, mayda, mayin, juda mayin changlarga bo‘linadi.
1.Yirik changlar: o‘lchami 100-500 mkm.
2.Mayda changlar: o‘lchami 10- 100 mkm.
3.Mayin changlar: o‘lchami 0,1-10mkm.
4.O‘ta mayin changlar: <0,1mkm.
Havodagi changlar yirikligiga qarab quyidagi usullarda tutiladi:
1.Gravitatsion kuch ta’sirida
2.Markazdan qochma kuch ta’sirida.
Do'stlaringiz bilan baham: |