Otmk "AJ" mbf-1 to’g’risida umumiy ma’lumot otmk "AJ" mbf-1 maydalash jihozlari haqida ma’lumot



Download 5,4 Mb.
bet1/19
Sana12.01.2022
Hajmi5,4 Mb.
#337931
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
hisobot


MUNDARIJA:

  1. Kirish

  2. OTMK “AJ” MBF-1 to’g’risida umumiy ma’lumot

  3. OTMK “AJ” MBF-1 maydalash jihozlari haqida ma’lumot.

  4. OTMK “AJ” MBF-1yanchish va flotatsiyalash haqida ma’lumot.

  5. Xayot faoliyati va tehnika havfsizligi.

  6. Xulosa

  7. Foydalanilgan adabiyotlar



CS1

40

18

2

0.1

6RU8

8RU4

9

8РУ4

I.Kirish.

O’zbekiston Respublikasining 2017−2021-yillarga mo'ljallangan strategiyadan ko'zlangan maqsad — olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko'tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo'yicha eng muhim ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirishdan iborat. Hujjatda qayd etilishicha, mamlakat bosib o'tgan taraqqiyot yo'lining chuqur tahlili bugungi kunda jahonbozorida kon'yunktura o'zgarib, raqobat tobora kuchayib borayotganini har tomonlama hisobga olishni, shu asosda davlatni yanada barqaror va jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha strategik yondashuv va tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda.



Strategiya quyidagi beshta ustuvor yo'nalishni o'z ichiga oladi:

  • demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatimizni modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi va davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish borasidagi funksiyalarini qisqartirish,"yagona oyna" tamoyili bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimini keng joriy etish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish va fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish yo'lida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish:

  • sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlash, yurtdoshlarimiz tomonidan odil sudlovga erishish darajasini oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to'laqonli joriy etish, yuridik yordam va xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash uchun qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishgae'tiborni yanada kuchaytirish;

  • iqtisodiyotning ochiqligi va raqobatdoshligini oshirish,iqtisodiy mustaqillikni kuchaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish, yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya va faol diversifikatsiya qilish, moliya-bank sohasini tubdan isloh etish, xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama himoya qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, turizm tarmog'inisamarali rivojlantirish, qishloq xo'jaligida tarkibiy o'zgartirishlarni amalga oshirish maqsadida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;

  • ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini bosqichma-bosqich oshirish, aholi bandligini ta'minlash masalasini samarali hal etish, fuqarolarni zamonaviy va arzon uy-joylar bilan ta'minlash, uy-joy va kommunal xo'jaligini, sotsial infratuzilma ob'ektlarini modernizatsiya qilish, aholini ijtimoiy himoya qilish va sog'liqni saqlash, ilm-fan, ta'lim-tarbiya tizimini, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish yo'lidaijtimoiy sohani rivojlantirish;

  • davlatning mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mintaqamizda xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo'shnichilik muhitini vujudga keltirish, jahon hamjamiyatida mamlakatimizning ijobiy xalqaro nufuzini mustahkamlash yo'lida xavfsizlik, diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada kuchaytirish hamda chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni yuritish.

Loyihada 2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Milliy komissiya hamda Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O'zbekistonni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini amalga oshirish bo'yicha komissiyalarni tuzish taklif qilingan.

Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, kelgusi besh yilda mamlakatda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqqan, har bir yil bo'yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda, amalga oshiriladi.



OTMK “AJ” MBF-1 to’g’risida ma’lumot
Mis boyitish fabrikasi 1961-yilda ishga tushirilgan.Fabrikaning asosiy faoliyati “Qalmoqir” va “Sariq-Cho’qqi” konlarining sulfidli mis-molibden rudalaridan mis boyitmasi va molibden yarim tayyor mahsulotlarini ajratib olishdan iborat.

Mis boyitish fabrikasining maydalash va yanchish bo’linmasini rekonstruksiya qilish bo’yicha investitsiya loyihasining amalga oshirilishi natijasida ,fabrikaning ma’danni qayta ishlash loyihaviy quvvatini yiliga 35 mln tonnage oshirilishiga erishildi/Hozirgi vaqtda fabrika tarkibiga ikkita maydalash sexi,o’n ikkita texnologik seksiyalarga ega bo’lgan maydalash va flotatsiya,mis va molibden boyitmalari selleksiyasi va quritish sexlari kiradi.

Mis boyitmasi suvsizlantirish va quritishdan keyin Mis eritish zavodining Metallurgiya bo’linmasiga , molibdenli yarim tayyor maxsuloti esa kuydirib okdidlash uchun nodir metallar ishlab chiqarish sexiga jo’natiladi.Kuydirilgan molibden yarimtayyor maxsuloti Chirchiq shaxrida joylashgan "Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga yuboriladi.

Mis boyitish fabrikasida mis va molibden konsentratlari ishlab chiqariladi.Bu konsentratlardan mis va molibdendan tashqari oltin, kumush, reniy,selen va tellur kabi qimmatbaho va nodir metallar ajratib olinadi.

2013-2015 yillarda Mis boyitish fabrikasida parchalash va maydalash bo’linmalarining keng miqiyosli rekonstruksiyasi amalga oshirildi,natijada ilgari nafaqat OKMK da balki butun O’zbekistonda ham umuman ishlatilmagan va ishlab chiqarish quvvati sezilarli darajada ko’paytirilgan zamonaviy - noyob uskunalar majmui ishga tushgan.Ushbu yangi uskunalar (MPSI , ikkita sharli tegirmon , avtomatlashtirilgan konveyer majmui va batareyali gidrosiklon va h.k) foydalanishga topshirilishi flotatsiya jarayonida ajratib olinayotgan metal salmog’ini oshirish imkonini berdi.

2015-yilda Mis rudasining 33.2 mln .t ga teng record miqdori qayta ishlandi .Bu 1991-yildagi ko’rsatgichga nisbatan 28,7 % ga yani 7.4 mln.t ga ko’pdir




OTMK “AJ” MBF-1 maydalash jihozlari haqida ma’lumot.

Mis boyitish fabrikasining Maydalash sexi-1 da GBA sxema bo’yicha ruda maydalanadi. Asosan Qalmoqqir va Sariq-Cho’qqi konlaridan ruda keladi ,kelayotgan rudaning o’lchami D=1200-1500 mm.Birinchi bosqich maydalash KKD(2 ta) ,ikkinchi boshqich KCD (16 ta), uchinchi bosqich KMD (16 ta) maydalash dastgohlarida amalga oshiriladi,MS-1 ning yillik ishlab chiqarish unumdorligi Q=22.7 mln . t

Rudalarni maydalash uchun ishlatiladigan dastgoh va shu dastgohlar yordamida maydalash bir yoki bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi.

Maydalash va yanchish jarayonlari yordamida foydali qazilma yoki ruda bo‘laklari o‘zining tashqi kuchlar va minerallarning ichki urilish kuchlari ta’sirida maydalanadi. Maydalash jarayoni bilan yanchish bir birovidan o‘zaro farqlanib, maydalangan mahsulot 5mm va undan katta o‘lchamlarda chiqadi. Yanchilgan mahsulotning yirigi 5mm gacha bo‘lishi mumkin. Maydalash jarayonlari gidrometallurgiya zavodlari va boyitish fabrikalarida foydali qazilmalarni maydalash maqsadida qo‘llanilib, bu jarayon tayyorlov jarayonlariga mansubdir, ya’ni ruda bo‘laklari tarkibidan qimmatbaho komponent va minerallarni maydalab, ajratib boyitish uchun tayyorlab beradi. Maydalash vaqtida qattiqligi yuqori bo‘lgan rudalarning maydalanishi anchagina qiyin kechadi va ma’lum bir kattalikdagi o‘lcham­larga bo‘linadi. G‘ovak, mo‘rt va yumshoq tog‘ jinslari tezda maydalanadi va o‘lchamlari juda ham kichik bo‘ladi.

Maydalash jarayonlari nafaqat boyitish fabrikalarida, balki elektrostansiyalarda ko‘mir yoki slanetslarni maydalashda; kokslash zavodida sifatida dolomitlar va ohaktoshni maydalashda; yo‘l qurilishlari uchun har xil kattalikdagi toshlarni maydalashda ishlatiladi.

1-sxema Uch bosqichli maydalash sxemasi




Download 5,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish