Normativlarda qabul qilingan o‘tmaslanish mezonlari. Kesish meromlari bo‘yicha normativlarda xamma texnik va iqtisodiy faktorlarni xisobga olgan holda, turli xil kesuvchi asboblar uchun o‘tmaslanish mezonlari sifatida qabul qilingan, ketingi yuzabo‘yicha ruxsat etilgan yeyilishning o‘rtacha xisobiy qiymatlari keltirilgan.
Misol tariqasida normativlarda qabul qilingan o‘tuvchi, yo‘nib kertuvchi va kesuvchi tokorlik keskichlarini ruxsat etilgan yeyilish qiymatlarini keltiramiz.
Qobiq bo‘yicha quymani 3 mm gacha bo‘lgan kesish chukurligida obdirka qilishda ( po‘stini tozalashda ) ketingi qirra bo‘yicha ruxsat etilgan yeyilish 1 - jadvalda ko‘rsatilgan qiymatdan 1,5 marta katta bo‘ladi.
Po‘latlarni tezkesar keskichlar bilan sovitishsiz yo‘nishda ketingi yuza bo‘yicha yeyilish keskichni o‘tmaslanish momentiga qadar katta emas (0,30,5 mm) Lekin oldingi yuzada chuqurligi 0,50,6 mm bo‘lgan chuqurga hosil bo‘ladi va o‘tmaslanish mezoni sifatida qabul qilinadi. Po‘latlarni qattiq qotishmali keskichlar bilan qora yo‘nishda ketingi yuza bo‘yicha 1mm ga yeyilganda chuqurchalar chuqurligi 0,20, 3 mm dan katta bo‘lmasligi kerak.
jadval-1
Keskichning kesuvchi qismini materiali
|
Ishlov beriladigan material
|
Ishlov berish harakteri
|
Ketingi yuza bo‘yicha ruxsat etilgan yeyilish mm
|
Tezkesar po‘lat
|
Uglerodli va metrlangan po‘lat. Issiqbardosh, zanglamaydigan po‘latlar va qotishmalar
|
Qora va toza
|
1,5-2,0
1,0
|
Qattiq qotishma
|
Uglerodli va letrlangan po‘latlar. Issiqbardosh, zanglamaydigan po‘latlar va qotishmalar. Cho‘yan
|
Qora
Toza
Qora
Toza
Qora
Toza
|
1,0-1,4
0,4-0,6
1,0
0,8-1,0
0,6-0,8
|
1-jadvaldan foydalanib kesuvchi platinka tomonidan bardosh beruvchi charxlashlar miqdorini hisoblash mumkin.
Turli keskich turlari uchun (o‘tuvchi, kesuvchi, kesib tashlovchi va xokazo) charxlash miqdorlari turlicha bo‘ladi, shuningdek u kesuvchi material plastinkasining shakli va o‘lchamlariga, uning yeyilish turiga, ishlov berish haraklariga bog‘liq bo‘ladi. Charxlash miqdorlari xaqidagi to‘liq ma’lumotlar normativlarida keltirilgan bo‘ladi.
Misol tariqasida 01 formada qattiq qotishmali platinkalar bilan qoplangan bukilgan o‘tuvchi tekisliklarning yuritadigan o‘lchamlari uchun o‘rtacha qiymatlarni keltiramiz (2 - jadval).
Jadval-2
Keskich ushlamchi kesimning o‘lchamlari VXN. mm
|
Yo‘nishdagi keskich tomonidan bardosh beruvchi charxlashlar miqdori
|
Qora
|
Yarim toza
|
Toza
|
16*25
20*30
25*40
|
11
13
14
|
16
18
18
|
19
22
22
|
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Avagimov V.D. Mashinasozlik materiallarini kesib ishlash. «O’qituvchi» nashriyoti, Toshkent, 1971.
2. Avakov A.A. Fizicheskie osnov teorii stoykosti rejuix instrumentov. M. «Mashgiz», 1960.
3.Bobrov V.F.i dr. Razvitie nauki o rezanii metallov. Pod redaksiey. Zoreva N.N. M. «Mashinostroenie», 1967.
4. Vulgf A.M. Rezanie metallov. M. «Mashgiz», 1963.
Do'stlaringiz bilan baham: |