Ishlab chiqarishning iqtisodiy o‘tmaslanish mezonlari. Bu uslubda va unga asoslangan o‘tmaslanish mezonlariga batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.
Har bir mustahkamlik tajribasini o‘tkazishda, keyingi va oldingi yuzalar bo‘yicha yeyilishning o‘suvchi chiziqli qiymatlarini (h3 hl) davriy o‘lchash va koordinatalarda yeyilish grafigini qurish h3=f() va hl=f() tavsiya etiladi, bu yerda -kesish boshidan yeyilishini o‘lchash momentiga bo‘lgan keskichni ishlash davomiyligi.
h3 va hl qiymatlar bilan kesuvchi asbobni charxlashdagi olib tashlashga tegishli bo‘lgan qatlam qalinligi S1. Shuningdek keskichning kesuvchi qismi tomonidan bardosh beruvchi charxlashlar miqdori aniqlanadi. Ketingi yuza bo‘yicha yeyilishda charxlashdagi olib tashlashga tegishli bo‘lgan qatlamning minimal qalinligi S, oldingi qirra bo‘yicha asosiy kesuvchi qirraga perpendikulyar ravishda o‘lchanadi va quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
yoki taqribiy
C1=h3tg
Oldingi yuza bo‘ycha yeyilishda C1=hl.
1-rasm. Charxlashdagi minimal qalinlikni aniqlash sxemasi
Haqiqiy charxlash qiymati S bir marta charxlashda hamma vaqt minimal zaruriy qiymatdan S birmuncha katta bo‘ladi, chunki charxlashda bu qiymatni mutloqo aniq saqlab turish mumkin emas, yemirilgan strukturali qatlamni to‘lasiga olib tashlash zarur:
S0=S1+
bu yerda -qo‘shimcha charxlash qiymati, u 0,1 0,2 ga teng deb qabul qilinadi.
Bitta charxlashda olib tashlanadigan qatlam eni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
a) ketingi yuza bo‘yicha yeyilishda
C0=h3tg+,
b) oldingi yuza bo‘yicha yeyilishda
C0=hl+ ,
Bu formulalar bittaga birlashgan bo‘lishi mumkin:
C=mW+ ,
bu yerda W=h3, m=tg - ketingi yuza bo‘yicha yeyilishda.
W=hl, m=1- oldingi yuza bo‘yicha yeyilishda kesuvchi plastinka tomonidan charxlashlar miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlangan bo‘lishi mumkin:
bu yerda K`-keskichning kesuvchi qismini umumiy ruxsat etilgan charxlash qiymati.
Ketingi yuza bo‘yicha keskichlarni charxlashda K`=0,8 K, bu yerda K`-kesuvchi qirraga perpendikulyar yo‘nalishda o‘lchanuvchi plastinka eni.
Oldingi yuza bo‘yicha charxlashda charxlashlar miqdori plastinka qalinligi S bilan limitlanadi, shu bilan birga K`=C-2
2-rasm. Ketingi va oldingi yuzalardagi yemirilishini charxlash hisobiy qalinligini aniqlash sxemasi.
Har qanday o‘lchangan qiymatlar uchun keskichning yeyilish grafigi bo‘yicha ishlash davomiyligini va uning chidamligini aniqlash mumkin:
(111)
bu yerda-tasodifiy kamayish yoki kesuvchi asbobning avariyali yemirilishi koeffitsienti, u 0,80,9 ga teng bo‘ladi. (74) formula va berilgan tajriba bo‘yicha xisoblar, ruxsat etilgan yeyilishni oshishida kesuvchi asbobning kesuvchi qismi chidamliligi ma’lum chegaragacha o‘sadi, so‘ngra kamaya boshlashini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |