Chov churralari. Keksayib qolgan kishilarda chov churrasi bolalar va o'smirlarga nisbatan ko'p uchraydi. Ular asosan erkaklarda kuzatiladi. Kelib chiqishiga ko'ra tug'ma va orttirilgan chov churralari farq qilinadi. Chov kanali elementlariga nisbati bo'yicha qiyshiq va to'g'ri turlarga bo'linadi. Chov churrasi bir tomonlama va ikki tomonlama bo'lishi mumkin.
Qiyshiq chov churrasi eng ko'p tarqalgan. Chov kanali-ning ichki teshigida qorin pardasining do'ppayib chiqishidan boshlanib, u urug' tizimchasi bilan parallel boradi va u bilan birga chov kanalining tashqi teshigi orqali chiqadi. Churra kattalashib, erkaklarda yorg'oqqa, ayollarda katta jinsiy labga tushishi mumkin. Orittirilgan turida churra xaltasi urug' tizimchasi va moyakdan alohida joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |