To'g'ri chov churrasi. Churralarning taxminan 5—10% hol-larida uchraydi. Bu churralar aksariyat qorin devori sust rivojlangan yoshi ulg'aygan va keksa kishilarda bo'ladi.
To'g'ri chov churrasi chov kanalining orqa devoridan un-chalik katta bo'lmagan bo'rtma ko'rinishida boshlanadi va uning tashqi teshigi orqali chiqadi. Qorin pardasi bilan birga churra xaltasini
tashqi tomondan qoplab turadigan ko'ndalang fassiya ham bo'rtib chiqadi. Shu sababli to'g'ri chov churrasi odatda yorg'oqqa yoki jinsiy labga tushmaydi. To'g'ri churralarga sirpanuvchan tusga kirish xos bo'lib, bu holda qovuq, ko'richak, ba'zan siydik yo'li churra ichidagi organ bo'lishi mumkin. Qorin mushaklarining kuchsizligi tufayli to'g'ri churra qaytalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |