EKG bo‘yicha miokard infarktining joylashuvini aniqlash.
Joylashuvi
|
EKG ulanishlari
|
Oldingi to‘siqlararo
|
V1-V2 (V3)
|
Oldingi devorda
|
V3-V4, A
|
Oldingi yonbosh
|
V5-V6, I, aVL
|
Oldingi tarqoqlashgan
|
I, aVL, V1-V6, A, I
|
Yuqori oldingi
|
aVL, V2,4-V2,6
|
Orqangidiafragmal (pastki)
|
II, III, aVF, D
|
Orqangi yonbosh
|
II, III, aVF, V5-V6
|
Orqangi tarqoqlashgan
|
II, III, aVF, V5-V9
|
Sirkulyarli (oldingi-orqa)
|
|
Q tishchali MI da EKG o‘zgarishlarining an’anaviy bosqichma-bosqichligi yaxshi ko‘zga tashlanadi. Birinchi bir necha soat davomida o‘ta o‘tkir bosqich ST segmentini ko‘tarilishi va yuqori tomon o‘tkirlashib ko‘tarilgan T tishchasi tarzida cho‘ziladi. Keyingi o‘tkir bosqich14-16 sutka davom etadi va nekroz shakllanishi bilan tasvirlanadi (Q tishchasi yoki QS kopleksi), monofaz egrilik xosil bo‘ladi (ST ko‘tarilishi va T qo‘shilishib ketadi), so‘ngra T tishchasi manfiylashadi. Nimo‘tkir bosqich (infarkt boshlanishidan to 1,5-2 oygacha muddatni o‘z ichiga oladi) zararlanish xududini yo‘qolib ketishi (ST segmenti izoliniyaga qaytadi), manfiylashgan T tishcha amplitudasini kichrayishi bilan tavsiflanadi. Chandiqlanish bosqichida ko‘p yillar davomida yoki bemorning qolgan butun umri davomida patologik . Q tishchasining yoki QS kompleksini saqlanib qolishi va kuchsizmanfiy, yassilashgan yoki musbat T tishchasini bo‘lishi qayd etiladi.
MI ning laborator alomatlaridan quyidagilarni aloxida ajratish mumkin. Birinchi 2-4 sutka davomida leykotsitoz qayd etilishi mumkin. EChT faqat 2-3 kundan boshlab ko‘tarila boshlaydi va maksimal darajalariga kasallikning 2-chi xaftasida yetadi. MI uchun egriliklarni “kesishish simptomi” xarakterli bo‘ladi va u leykotsitoz xamda EChT ko‘rsatkichlarini aks etdiradi.
Miokard nekrozining bioximik alomatlari bo‘lib troponin T va I, oqsillari, mioglobin va, kam darajada, KFK, RFK-MV fraksiyasi xisoblanishadi. Troponinlar kasallikni 2-6 soatlaridan boshlab ko‘tarilishadi, maksimum darajasi 12-24 soat o‘tib kuzatiladi va 3-4 sutkadan keyin me’yorlashadi. Nekrozni aniqlash uchun yuqori aniqlikka ushbu ko‘rsatkichlarni takroran tekshiruvda ko‘tarilishi dinamikasini baxolash yo‘li bilan erishiladi.
Kuchli og‘riq retsidivlanishi va EKG da yomon tomonga o‘zgarishlarga qo‘shilishib bemorlarda fermentlarni qaytadan kasallikning 3 sutkasidan boshlab takroran ko‘tarilishi MI ning retsidivlanishidan guvoxlik beradi, oy o‘tib kuzatilsa esa-takroriy MI dan darak beradi.
Miokard infarkti boshdan o‘tkazilganidan keyin kelib chiqqan chap qorincha anevrizmasi yurak yetishmovchiligining avjlanib borishi bilan, III—IV qovurg‘alar orasida, chap tomonda to‘sholdi va o‘rta-o‘mrov chiziqlari oraligida yurak konturi bo‘ylab pulsatsiya bilan ifodalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |