Klinik ko‘rinishi anginoz xurujni kuchli ifodalangan tusda uzoq (>15 daq) ifodalanishi bilan tavsiflanadi. To‘sh orti og‘riqlari xurujlarini qaytalanishi xam mumkin.
Tashxisoti OKS tashxisi klinik va EKG-alomatlar bo‘yicha vaqtni boy bermasdan to nostabil stenokardiya (va uning qaysi shakli) yoki miokard infarkti ajratilguncha qo‘yiladi. Nostabil stenokardiya yoki miokard infarktiga aniqlik kiritib qo‘yish uchun bexuda vaqt ketkazishga xojat bo‘lmaydi. Birinchi 2-3 sutkada YuIK turlariga oxirgi tashxis qo‘yiladi. OKS tashxisidan maqsad-miokard infarkti va o‘lim bilan tugaydigan xavfli asoratlar rivojini oldini olish uchun shoshilinch tezkor tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishdir.
EKG –OKS bilan bemorlarni baxolashni asosiy usuli. Iloji boricha og‘riq xuruji paytidagi yoki darxol olingan undan keyingi EKG ilgari qayd etilgan mijoz EKG si bilan qiyoslanishi lozim. Nostabil YuIK EKG-alomatlari-ST segmentini siljuvi va T tishchasini o‘zgarishi. Ikkita yoki undan ortiq qo‘shni ulanishlarda ST segmenitining 1 mm dan ziyod depressiyasi yoxud elevatsiyasi ayniqsa muxim tashxisiy ma’lumot bo‘lib xisoblanadi.
T va I yurak troponinlarini aniqlash uchun bioximik taxlil bajariladi. Ular KFK va uning MV-shakliga qaraganda miokard nekrozining nisbatan spetsifik markerlari bo‘lib sanalishadi. Troponin T yoki I miqdorlarini yuqori bo‘lishi miokard xujayrasining nekrozini aks etdiradi. Miokard xastalanganligini aniqlash yoki istisno qilish uchun qaytadan qon olish darkor va kasalxonaga tushgandan keyin 6-12 soat davomida o‘lchanishi kerak yoki xar qanday ko‘krak kafasida bo‘lib o‘tgan kuchli og‘riq daqiqalaridan so‘ng xam albatta bu sinama takrorlanishi lozim.
Troponinlar bir-ikki xafta davomida yuqori miqdorda saqlanib qolinishliliklari mumkin va bu yaqinda bo‘lib o‘tgan MI dan keyin bemorlarda sodir bo‘lgan takroriy nekrozni tashxislashni qiyinlashtiradi.
ExoKG chap qorinchaning sistolik faoliyati xolatini baxolash chap qorincha devorining maxalliy gipokineziyasi yoki akineziyasini aniqlash va ishemiya bartaraf bo‘lagnidan so‘ng me’yordagi qisqaruvchanlikning tiklanishi baxolash imkoniyatlarini beradi.
Cho‘zilib ketuvchi to‘shorti og‘riqlarida koronarografiya qilishga zaruriyat bo‘ladi va ayniqsa unga extiyoj zudlik bilan koronar muolajalar (stentlash yoki AKSh)ni amalga oshirish ko‘zda tutilganda yanada ortadi.