Tajribadan koʻzlangan maqsad:
Yerga tutashuv holatida izolyatsiyalangan neytralli uzatish liniyasining samaradorligini tadqiq qilish.
Yerga tutashuv toki va ishga yaroqli fazalar kuchlanishi oshishi oʻlchovlarini oʻtkazish.
Yerga tutashuv koeffisiyentini aniqlash.
Nazariy qism
Uch fazali tarmoqlarda neytral turli usullar bilan yerga ulanishi mumkin. Izolyatsiyalangan neytralli tizimlar (ya’ni, ulanmagan), yerga ulangan neytralli tizimlar va quyi yoki vaqtincha quyi qarshilikka ega yerga ulangan neytralli tizimlar ajratib koʻrsatiladi.
Neytralning yerga ulanishi, agar u yerga ulanish qarshiligidan tashqari qoʻshimcha rezistorlarni oʻz ichiga olmasa, bevosita ulanish hisoblanadi. Boshqa holatda, agar yerga ulanuvchi oʻtkazgichga tokni cheklaydigan rezistorlar yoki induktorlar ulangan boʻlsa, bu bilvosita ulanish hisoblanadi. Boshqa tomondan, tizimning neytral nuqtasi, agar u yuqori Om oʻlchov va himoya qurilmalari yoki ortiqcha kuchlanishdan himoya qurilmalari yordamida yerga ulangan boʻlsa, hamon izolyatsiyalangan hisoblanadi.
Neytral nuqtani ulash usuli simmetrik kuchlanishlar va toklarga ega tarmoqlarning me’yoriy ishlashida ahamiyatga ega emas, chunki teskari oʻtkazgich (neytral yoki yer) ushbu holatda doimiy toksizlantirilgan boʻladi. Yer bilan kontaktli assimmetrik tutashuv yuz byergan holatdagina (yerga ulanish usuliga qarab, yerga tutashuv yoki yerga qisqa tutashuv deb ataladi) aktual usul tarmoqdagi kuchlanish darajalariga bogʻliq boʻladi; ular nosozliklar va bu bilan bogʻliq xavflar davri mobaynidagi tavsiflarga bogʻliq, yanada ahamiyatli boʻladi. Bu yerga tutashuv yoki yerga qisqa tutashuv holatida, shuningdek tutashuvga daxldor boʻlmagan fazalarda (“ishga yaroqli”) kuchlanish koʻpaygan holatda qisqa tutashuv toki miqdoriga nisbatan ayniqsa muhimdir.
Eng koʻp tarqalgan nosozliklar yerga tutashuv va yerga qisqa tutashuvdan iboratliligi tufayli ushbu holat uchun afzal neytral nuqta ulanishining turli variantlari samaralarini hisobga olish va bir-biri bilan solishtirish kerak.
Tizim neytral nuqtasining miqdoriy ulanishi yerga tutashuv koeffisiyenti bilan tavsiflanadi 0: 0 – ULE (oʻtkazgichning yerga tutashuvi boʻlgan holatda shikastlanmagan tashqi oʻtkazgich va yer oʻrtasidagi kuchlanish) va (avariyasiz ishlashda tarmoqning bir joyidagi faza kuchlanishi) boʻlinmasidan iborat:
2.1-rasm: Yerga tutashuv koeffisiyentini aniqlash uchun (mm = yer).
Yerga tutashuv koeffisiyenti qanchalik yuqori boʻlsa, yer bilan bir liniyali ulanishda daxlsiz fazalarda kuchlanish kuchi shunchalik yuqori boʻladi.
Izolyatsiyaga yuqori talablar tufayli yerga tutashuv koeffisiyenti imkon darajada, hech boʻlmaganda, oʻta yuqori kuchlanishli tizimlar sohasida boʻlishiga harakat qilinadi. Boshqa tomondan, yerga tutashuvning kichik koeffisiyenti yuqori tutashuv tokiga olib keladi, bu tarmoq himoyasi bilan aniqlanishi va imkon darajada tezroq uzib qoʻyilishi kerak.
Bir-biridan galvanik izolyatsiya qilingan transformatorlar orqali ulangan tarmoqlarda, tegishli ravishda, turli xil neytral nuqta ulanishiga yoʻl qoʻyiladi; alohida neytral nuqtalarga ulanish bilan shu tarzda qurilgan alohida qisman tarmoqlar – qisman tarmoqlar sifatida tavsiflanadi.
Kommunal elektr ta’minot tizimlari sohasida; Germaniyada quyidagi neytral nuqtalar usullari oʻz samarasini koʻrsatgan:
Izolyatsiyalangan neytralli energiya tizimlarida yerga tutashuv holatida faqat kuchsiz tok oʻtadi. Bu yerga tutashuv toki deb ataladi. Tizim yerga tutashuv bilan qisqa davrli vaqt mobaynida ishlashi mumkin; havo elektr uzatish liniyalariga ega tizimlarda shikastlanishni paydo qilgan elektr yoyi, koʻpincha, avtomatik ravishda soʻnadi. Qisqa tutashuvda daxlsiz fazalarda kuchlanish oshishi kamchilik hisoblanadi. Quyidagi rasmda koʻrsatilganidek, yerga tutashuv tokining miqdori, asosan, faqat liniyaning CE yerga ulanish sigʻimi bilan aniqlanadi:
2.2-rasm: Izolyatsiyalangan neytral nuqtali tarmoqda yerga tutashuv.
Ta’minot liniyasining ekvivalent qarshiligi e’tiborga olinmaydigan sharoitda, yerga tutashuv tokining miqdorlari uchun quyidagi formula qoʻllaniladi:
bunda U ≈ UN = yuzaga kelgunga qadar shikastlangan joydagi kuchlanish. (Ushbu oʻzaro bogʻliqlikka nisbatan har qanday xulosa faqat simmetrik tarkibiy qismlar usulidan foydalanilgan holda chiqarilishi mumkin. Ushbu usul navbatdagi bobda taqdim qilingan va assimmetrik nosozliklarni tadqiq qilishda qoʻllaniladi).
Yerga ulanish sigʻimining liniya uzunligiga mutanosibligi tufayli yerga tutashuv toki energiya tizimining uzunligi oshishi bilan koʻpayib boradi (ushbu oʻrinda transformatorlar va iste’molchilar sigʻimlarini e’tiborga olmaslik mumkin). Natijada izolyatsiyalangan neytral nuqta ulangan tizimlar faqat cheklangan darajaga ega boʻlishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan talablar qoʻllaniladigan elektr stansiyalaridagi yordamchi tizimlar ushbu turdagi neytral nuqta ulanishining qoʻllanilishiga namunaviy misol hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |