Navlarga ajratish. Xom ashyo sifati uning pishganlik darajasiga qarab navlarga ajratiladi. Navlarga ajratish maxsus nazorat transportyorlarda, qo’l kuchi orqali amalga oshiriladi.
O’lchamlari bo’yicha saralash. O’riklar o’lchamlari jixatidan bir necha fraksiyalarga ajratiladi.
O’lchamlarga qarab ajralish maxsus kalibrlovchi mashinalarida olib boriladi. Saralangan xom ashyo
o’lchamlariga qarab xar xil maxsulot ishlab chiqarish sexlari uchun yuboriladi.
Yuvish. Mevalar yuzsidagi mexanik iflosliklarni, mikroorganiklarni va kimyoviy zaharli moddalarni tozalash maqsadida xom ashyo maxsus yuvish mashinalarida suv bilan olib boriladi. Dumchalarni tozalash. O’rik mevalaridan dumchalarini tozalash maxsus mashinalarida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |