Texnologik sxemani tanlash. Texnologik sxemalarni tanlashda asosiy shartlar.
Loyihaning texnologik qismi texnik-iqtisodiy asoslash qismi, tayyorlanadigan
mahsulotning assortimenti aniqlangandan keyin ishlab chiqariladi. Birinchi navbatda
bitta mahsulotni tayyorlash uchun texnologik tizimlar va ishlab chiqarish tizimlari tanlanadi.
Texnologik sxemalarni tanlashda asosiy shartlari
Texnologik tizimlar tasdiqlangan ishlab chiqarish yo‘riqnomalari, tegishli adabiyotlar va ilg‘or
korxonalarning yutuqlari asosida tanlab olinadi. Loyihalanadigan texnologiya eng avval
mahsulotni yuqori sifatini ta’minlash lozim.Mevali sharbatni (etsiz) presslash
yoki diffo‘zion usul bilan tayyorlash mumkin. Diffo‘zion usulda sharbat ko‘p miqdorda
olinadi, lekin uning sifati presslangan sharbatning sifatidan ancha past bo‘ladi. Shu
sababli ichimlik sharbatlar faqat presslash usuli bilan, yarimfabrikat sharbatlar esa
diffo‘zion usul bilan olinadi.
Muhim ko‘rsatkichlardan biri mahsulotning chiqishi. Yuqori sifatli mahsulot
ishlab chiqarishi bilan chiqindilar va yo‘qotishlar kam bo‘lganligi, texnologik tizimi
yaxshi tanlanganligini ko‘rsatadi. Uzluksiz ishlash tizimi davriy tizimdan qulayroqdir. Uzluksiz tizimda texnologik
uskunalarning uzliksiz ishlashi sababli korxonaning ishlab chiqarish quvvati oshadi,
xom ashyolarni o‘z vaqtida qayta ishlanganligi sababli yo‘qotishlarning umumiy miqdori kamayadi.
Tanlangan texnologik tizim to‘liq yoki qisman mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan bo‘lishi shart.
Keyingi shart - texnologik tizimlar ratsional bo‘lishi kerak, ya’ni elektr energiya,
bug‘, suv, sovuqlik, ishchi kuchi minimal miqdorda talab qilinishi kerak.
Ishlab chiqarishda - ko‘p korpusli bug‘latgichlarda mahsulotdan ajralgan
bug‘lardan foydalanish - ratsional texnologik tizim bo‘lib bug‘ sarfini kamaytirishga imkon beradi.
Texnologik tizimlarda barcha jarayonlar ketma-ket ya‘ni qo‘shimcha komponentlar, konserva idishlarning kelishi, chiqindilarning olib ketilishi ham
ko‘rsatiladi.
Texnologik sxema:
Keltirish
Qabul qilish
Saqlash
Sartirovka
Navlarga ajratish
Kalibrovka
O’lchamlari bo’yicha saralash
Dumchalarini tozalash
Blanshirovka
Sirop tayyorlash
Idishga joylash
Berkitish
Sterizatsiya
Shisha tarani tayyorlash
Qapqoqlarni tayyorlash
Saqlashga jo’natish
O’rik sharbati uchun texnologik jarayonlarni tavsifi. xom ashyoni keltirish. Xam ashyo zavodga asosan avtotransportlar yordamida olib boriladi. Xom ashyoni tashishda o’rik uchun 15 kg sig’imga ega panjarali yashiklar qo’llaniladi.O’rik korxonaga 1iyuldan 25 iyulgacha bo’lgan muddatda keltiriladi.
Qabul qilish. Xom ashyoni qabul kilishda uning og irligi, sifati aniqlanadi. Og’irlikning o’lchamda xom ashyo transport vositasi bilan avtotarozida o’lchanadi. Sifati esa tashqi ko rinishi o lchamlari, rangi, ruxsat etilgan defektlarga qarab xom ashyo navi aniqlanadi. Saqlash. Xom ashyoni saqlash xom ashyo maydonchasida olib boriladi. O’rikni xom ashyo maydonchasida saqlash muddati 12 soatgacha bo’ladi. Agar xom ashyo maxsus sovutgichlarda saqlansa va sovutgich harorati 0,5 0C va sovutgichdagi nisbiy namlik φ=88-92%ni tashkil qilingan xolda maxsulotni bir oygacha saqlash mumkun.
Do'stlaringiz bilan baham: |